O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsusta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti tarix fakulteti


 Abdulhamid Cho„lponning ma‟naviy-ma‟rifiy g„oyalari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix18.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#116340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
abdulhamid cholponning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasini mujassamlashishi.

1.2. Abdulhamid Cho„lponning ma‟naviy-ma‟rifiy g„oyalari 
Uzoq yillar mobaynida Abdulhamid Sulaymon o„g„li Cho„lpon «jadid», 
«mafkurasi buzuq», «millatchi», «burjua Mutafakkiri», «bosmachilar kuychisi», 
«yig„loqi Mutafakkir», «aksilinqilobchi», «Oktabr inqilobini tuShunmagan ovsar», 
«yoshlar ongini zaharlovchi yot unsur» va nihoyat «xalq dushmani» sifatida tanqid 
qilindi. To„g„ri, Zarif Bashiriy «Turkiston» gazetasining 1923 yil 2-may sonida 
Cho„lponning «Uyg„onish» to„plamiga taqriz yozib, Mutafakkirni «keyingi 
1
Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. -Т.:Ўзбекистон,2011. -20-21-бетлар. 
2
Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз.7-жилд,-Т.: “Ўзбекистон”, 1999 й, 135-бет. 


27 
davrdagi o„zbek Mutafakkirlaridan eng oldingisi va chin ma‟nosi bilan Mutafakkir 
deb atalishga loyiq» ekanligini tan oladi; «Zarafshon» gazetasining 1924 yilgi ikki 
sonida bosilgan maqolada A.Sa‟diy Cho„lponni «yonuvchi va yondiruvchi», «chin 
ma‟nosi bilan romantik bir yurak Mutafakkiri» sifatida ta‟riflaydi. 
Mutafakkir ijodiga berilgan ilk baholarda Zarif Bashiriy hamda A.Sa‟diylar 
Cho„lpon asarlarining xalq ommasi uchun emas, ziyolilarga mo„ljallab yozilganini 
ta‟kidlagan edilar: «Cho„lpon o„rtoq «el» va «xalq» so„zlarini qancha ko„p yozsa 
va so„zlasa ham, ul xalq Mutafakkiri emas, xalqqa yaqin bo„lgan ziyolilar 
Mutafakkiridir. Uning uslub va ruhida xalqchillik juda oz». (Z.Bashir); «Cho„lpon 
omma-xalq Mutafakkiri emas, o„qimishlilar, ziyolilar Mutafakkiridir. Uni omma-
yalpi xalq tez anglaydi. Lekin Shuning barobarinda, u xalq qayg„usi bilan (faqat 
hech bir sinfga ayirmasdan) yozg„uvchi «xalqchil» «narodnik») bir Mutafakkirdir. 
Cho„lponda asl ko„zga qattig„ berilib turg„on tub xususiyat ham Shundadir» 
(A.Sa‟diy)
1

Shuningdek, Olim Sharafiddinov o„tgan asrning 20-yillarida birinchilardan 
bo„lib Cho„lponga «hujum darvozasi»ni ochib berdi. «Qizil O„zbekiston»ning 
1927 yil 6 iyun sonida Komiljon Aliev Cho„lponni millatchilikka og„ib ketganini 
ta‟kidladi, u «Aqlli jinni («Qizil O„zbekiston, 1927 yil 12 oktabr) va «Qora 
kiyingan qizil to„y» («Qizil O„zbekiston» 1928 yil 27 iyun) feletonlarini e‟lon 
qildi. 
Cho„lponga qarshi o„ngdan va so„ldan tosh otishlar ayni kuchaygan davrda 
Abdulla Qodiriy va Oybeklar uni himoya qilib chiqdilar. Abdulla Qodiriy 1926 yili 
nashr etilgan Cho„lponning «Tong sirlari» to„plamiga yozgan so„z boshisida 
Mutafakkirni yig„loqi deguvchilardan himoya qiladi. Oybekning ikkita maqolasi 
Cho„lpon haqidagi 20-yillardayoq bayon etilgan chuqur va odilona tadqiqotlar edi. 
Oybek birinchi maqolasida («Cho„lpon Mutafakkirni qanday tekshirish kerak?»), 
«Qizil O„zbekistonning 1927 yil 37-sonida e‟lon qilingan «Ayn» (Olim 
Sharafiddinov) ning «O„zbek yosh Mutafakkirlari» maqolasida Cho„lponni 
noto„g„ri metodologiyaga asoslanib tekshirmoqchi bo„lganini ta‟kidlaydi. 
1
Қаранг: Шарафиддинов Озод. Маънавий камолот йўлларида. –Тошкент: Маънавият, 2001. -Б. 155-156. 


28 
Usmonjon Eshonxo„jaevning «Qizil O„zbekiston»da bosilgan «Munaqqidning 
«munaqqidi» maqolasi egasiga» javobida «adabiy asarlarni tekshirgan vaqtda ham 
shaxsiy orzu va tilaklarni bir tomonga yig„ishtirib qo„yib, masalaga ob‟ektiv qarash 
zarurligini uqtiradi.
1
«Pravda Vostoka» gazetasining 1931 yil 14 yanvar sonidagi «O„qituvchi» 
imzosi 
bilan 
bosilgan 
«Madaniy 
jabhadagi 
o„pirilish» 
maqolasida 
Gramatovichning «O„zbek tili» darsligi kitobida keltirilgan Cho„lponning 
«Go„zal» she‟ri qattiq tanqidga uchraydi. Mixail Sheverdin «O„zbek yo„qsul 
adabiyotining ilk katta asari» («Pravda Vostoka», 1931 yil, 15 yanvar) maqolasida 
Umarjon Ismoilov bilan Cho„lpon ijodlarini bir-biriga qiyoslab, birinchisi o„zbek 
yo„qsul adabiyotining yuksak namunasi, Cho„lpon va Fitrat dramalarini esa aksil 
inqilobiy adabiyotning ko„rinishlari tarzida baholaydi. U «Pravda Vostoka»ning 
1931 yil 31 dekabr sonida bosilgan «Falsafiy adabiyotdagi chirkin liberalizmga 
qarshi» maqolasida adabiyot va ijtimoiy hayotdagi «Cho„lponchilik»ning jamiyat 
uchun nechog„lik zararli ekanligini uqtiradi. Abdurahmon Sa‟diyning «O„zbek 
nafis adabiyotida millatchi aksilinqilobchilik» («Uzbekistanskaya pravda», 1931 
yil, 24-25 mart) maqolasida Mutafakkir to„g„ridan-to„g„ri bolshevizm va Sho„rolar 
dushmani sifatida ko„rsatiladi. Miyonbuzruk Solihov o„zining «O„zbek adabiyotida 
millatchilik ko„rinishlari» kitobida (1933 yil) Cho„lpon ijodining g„oyaviy jihatdan 
zararli va xavfli ekanligini nazariy asoslab berishga harakat qiladi. Cho„lponning 
«Xalq» she‟rini tahlil qilar ekan, unga Shunday baho beradi: «Tabiiyki, bundagi 
xalqni proletar ommasi deb o„ylashga imkon yo„q. Bu xalq milliy 
demokratchilarning o„ylaganlaricha boy, ruhoniy va bosmachi, mushtumzo„rlarni 
o„z ichiga olgan bir xalqdir»
2

Falsafiy asarni bu tariqa sub‟ektiv tarzda tahlil qilish, ayniqsa, siyosiy 
tuShunchalar va qarashlarni obrazlar ruhi va olamidan to„g„ridan-to„g„ri talab 
etish, pirovardida, ijodkorni siyosiy kaltabinlikda va nazariy jihatdan chalkashlikda 
ayblash hukmron mafkura uchun juda qo„l kelar edi. Shu tariqa 20-30-yillardayoq 
1
Ойбек. Мунаққиднинг «мунаққиди» мақоласининг эгасига // Шарқ Юлдузи. –Тошкент, 1989. -№ 6. -190 б. 
2
Қаранг: Шарафиддинов О.. Маънавий камолот йўлларида. –Тошкент: Маънавият, 2001. – 174 б. 


29 
tanqidchilardan Sharif Bashariy, Olim Sharafiddinov, Otajon Hoshim, 
Abdurahmon Sa‟diy, Sotti Husayn, Miyonbuzruk Solihov, Anqaboy, Kashshof 
Treg„ulovlar Cho„lponga «jadid», «millatchi», «vatanparast», «tuzumga qarshi 
turuvchi» tamg„alarini yopishtirishga erishdilar. Ayniqsa, Rahmat Majidiy o„zbek 
sovet yozuvchilarining ikkinchi plenumi (1936 yil) da qilgan ma‟ruzasida 
«Cho„lponning qarashi, uning g„oyasi mahalliy burjuaziyaning g„oyalari edi. 
Cho„lpon shaxs, Mutafakkir sifatida bu burjuaziyaning g„oyasini ifoda qiladi»
1

deb bo„layotgan munozaraga yakun yasaydi. Bundan tashqari, T.Sobirov «O„zbek 
sovet dramaturgiyasi» kitobida «Fitrat, Cho„lpon, G„ozi Yunus kabi yozuvchilar, 
ular mustamlaka Turkiston bilan sotsialistik Turkistonning bir-biridan farqini ajrata 
olmadilar… Ular o„z asarlarida burjuacha «ozodlik»ni ifodaladilar, Shuningdek, 
panturkizm g„oyasini targ„ib va tashviq qildilar»
2
, - degan xulosa chiqaradi. 
Nihoyat Ozod Sharofiddinov, Erik Karimov, Ahmad Aliev kabi adabiyotShunos 
olimlarning o„zbek adabiyotida realizm taraqqiyoti muammolariga bag„ishlangan 
ilmiy ishlarida Fitrat va Cho„lponlarga bo„lgan munosabat ruhi o„zgara boshladi.
Shuni ta‟kidlash zarurki, Cho„lpon va Fitratlarga bo„lgan munosabat to„g„ri 
yo„lga birdaniga o„zgargani yo„q. Bu borada ikki holat ko„zga tashlanadi. 
Birinchisi - Cho„lpon, Fitrat, Elbeklarni oqlash va himoya qilish asosan deklorativ 
tarzda, faqat maqtov hamda asarlarini yuzaki bayon etib, ularning haqiqatan buyuk 
Mutafakkir bo„lganliklarini tasdiqlash. Bunday chiqishlarda adiblar ijodining 
falsafiy-falsafiy mohiyatini keng va chuqur tahlil qilishdan ko„ra, ularning fojiyali 
qismatidan achinish hamda rahmdillik bilan xaspo„shlash alomatlari seziladi. 
Aynan mana Shu yo„l Cho„lpon, Fitrat, Elbeklar ijodi haqida fundamental 
tadqiqotlarning vujudga kelishi uchun zamin tayyorladi.
Ikkinchisi – jadid-ma‟rifatchilarining asarlari haqida gap ketganda, tuhmat va 
nadomatlarni inkor etmagan xolda, ularni yumshatib, zamonga moslashtirish. Bu 
yo„l ko„proq o„zni oqlashga qaratilgan bo„lib, aslida eski mulohazalarni 
tasdiqlashga urinish, Chunonchi, «millatchi», «panturkist», «inqilob dushmani» 
1
Раҳмат Мажидий. Истеъдод ва бурч. –Тошкент: Меҳнат нашриѐти, 1974. -56 б. 
2
Собиров Т.. Ўзбек совет драматургияси. –Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги Адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1973. -
82 б. 


30 
kabi tuhmatlar o„rniga «murakkab», «jumboqli», «qaltisroq», «tanqidiy o„rganish 
zarur», «Cho„lpon ijodining ikki davri» singari mavhum hadiksirashlardan iborat 
bo„ldi. 
Nihoyat, mamlakatimiz o„z mustaqilligini qo„lga kiritgach, ma‟naviy 
qadriyatlarimiz, tariximiz va o„tmish ajdodlarimiz faoliyati, ijodi va taqdiriga 
bo„lgan munosabat o„zgardi. Shu jumladan, Cho„lponning hayoti va ijodiga doir 
yangi va xolis materiallar bilan tanishish imkoniyati vujudga keldi. Bu borada 
tadqiqotchi Murtazo Qarshiboevning xizmatlarini alohida e‟tirof etish mumkin. U 
jadidlar ustidan qo„zg„atilgan «jinoiy ish»larni o„rganib chiqib, ularning 
qonunchilikka zid tarzda olib borilgani, ularda adolatdan ko„ra siyosiy-mafkuraviy 
«uydirmachilik» ustun bo„lganligini asoslab berdi.
1
. M.Qarshiboev arxiv 
materiallari asosida Cho„lponga qo„yilgan «ayb»larni kuyidagi ko„rinishda 
tartiblaydi:
1. Inqilobning birinchi kunlaridanoq aksil inqilobiy kuchlar tomoniga o„tib 
olgan, «Milliy ittihod» aksilinqilobiy tashkilotiga a‟zo bo„lib, aksilSho„roviy 
faoliyat bilan Shug„ullangan.
2. Sgo„rolar hukumatiga qarshi qaratilgan hamma ishlarda (Turkistonning 
mustaqilligi uchun kurashda, bosmachilik harakatini tashkil qilishda, mafkura 
jabhasidagi kurashda) faol ishtirok etgan.
3. Millatchilikni tashlayman deb, Sho„ro hukumatini aldagan va so„nggi 
vaqtlargacha aksil inqilobiy millatchilik ishlarini olib borgan.
4. O„zining she‟rlarida aksilinqilobiy millatchilikni ko„kka ko„tarib 
maqtagan, aksilinqilobiy she‟rlar yozgan va tarqatgan, aksilSho„roviy gaplar 
aytgan.
5. Xorij razvedkasi bilan aloqada bo„lgan va hokazo.
Millatchilik g„oyasining asosida bir xalqning boshqa xalqdan, bir 
mamlakatning boshqa mamlakatdan ustunligini ta‟kidlashga urinish, o„zga xalqlar 
va mamlakatlarni tahqirlash yoki kamsitish tamoyili yotadi. Bunda «millatchilik» 
1
Қаранг: Қаршибоев Муртазо. Чўлпоннинг «жиноий иши» // Санъат. –Тошкент, 1990. -№ 8. –Б. 4-7; 
Қаршибоев Муртазо. Муҳит эркидаги тутқинлик. // Шарқ Юлдузи. –Тошкент, 1990. -№10.


31 
muayyan millat va mamlakat afzalligini boshqa xalq va mamlakatlarni kamsitish 
evaziga ideallashtirish tamoyili sifatida ko„zga tashlanadi.
Faylasuf olim Sadulla Otamuratov millatchilik va uning salbiy oqibatlari 
xususida fikr bildirib, sobiq sovet tuzumining bu boradagi kirdikorlarini fosh etadi. 
Bu borada, sobiq ittifoqdosh respublikalarning o„z millatini «millatchilik»da 
ayblash davlat siyosati darajasiga ko„tarilib, ularni markazga iotatda bo„lishni 
ta‟minlashning o„z milliy madaniyatlaridan mahrum etilishining va rus 
madaniyatini «o„zlashtirishga» majbur etishning qudratli vositasi sifatida 
foydalanib kelinganligini ta‟kidlab, «Sovet davlatining vujudga kelishi jarayonidan 
tortib to uning halokatga uchraganiga qadar faqat milliy respublikalardan chiqqan 
millatparvarlarni qirish, ular ongiga baynalminallikni singdirish davom ettirildi. 
Millatparvarlar 
«millatchilik»da, shovinistlar esa «baynalminalchi» deb 
ayblangandi», deydi.
1
Mazkur fikrning mohiyati o„z navbatida, Cho„lpon va butun 
jadid-ma‟rifatchilariga qilingan munosabatning nechog„li g„ayrinsoniy ekanligini 
ham tasdiqlaydi.
Mustaqillik sharofati bilan Cho„lponga qo„yilgan «ayb»larning butunlay 
bo„hton ekanligi o„z isbotini topdi. Shu ma‟noda Cho„lpon ijodiga nazar 
tashlaydigan bo„lsak, uning falsafiy dunyoqarashi shakllanishining obektiv va 
subektiv omillarini quyidagi jihatlar bilan izohlash mumkin.
Birinchidan, Cho„lpon yashagan davr nihoyatda murakkab va ziddiyatli edi. 
Ana Shunday ijtimoiy-siyosiy muhitda u o„z davrining ilg„or g„oyalariga ergashdi. 
U Behbudiy, Munavvar qori, Fitrat, Qodiriy singari xalqparvar ziyolilar yo„lidan 
borib, iqtidorini yurt ozodligi va erki uchun safarbar qildi. Barcha ma‟rifatparvarlar 
singari u ham falsafiy mushohadalari va falsafiy tasavvuri orqali davr 
muammolarini ifodalashga intildi. 
Ikkinchidan, Cho„lpon jahon madaniyati tarixi va falsafiy ijodiyoti 
xazinasidan bahramand bo„lgan yetuk ziyoli va zukko ma‟rifatchi edi. Bu xolat 
uning tarjima faoliyatida yaqqol ko„zga tashlanadi. Shunga ko„ra, uni Sharq 
1
Отамуратов С. Глобаллашув ва миллат. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2008. -147 б. 


32 
madaniyati, adabiyoti va xususan poeziyasini chuqur egallagan, o„tmish ideali 
bilan emas, kelajak ideallari sari qadam tashlay olgan Mutafakkir, deyish mumkin. 
Uchinchidan, Cho„lpon mumtoz Mutafakkirlarga bo„lgan munosabatidayoq 
tamomila yangi yo„l tanlagani, o„zbek poeziyasi va zamonaviy adabiyotga 
yangicha qaray boshlaganini bildirgan edi. Bu haqda Cho„lpon «Navoiy, Lutfiy, 
Boyqaro, Mashrab, Umarxon, Fazliy, Furqat, Muqimiylarni o„qiymen: bir xil, bir 
xil, bir xil! Ko„ngil boshqa narsa – yangilik qidiradir: Botu, G„ayratiy, Oltoy, 
Oybek, Julqunboylarni o„qiymen, quvontiradir, xolos! Ular men uchun yolg„on 
chiroqlar bo„lsa ham, mening ertam uchun! Avloniy, Tavallo, Siddiqiy va 
Hakimzodalarni o„qimaymen, o„qimaymen, meni Shu holga solgan o„shalar!...», 
deb yozgan edi.
1
Shuni alohida ta‟kidlash zarurki, Mutafakkirning o„tmish va 
zamonaviy Mutafakkirlarga bunday munosabati uning boshqa ijodkorlarni 
mensimaslik alomati emas edi. Bu yuragi pok insonning o„z vijdoni oldidagi dil 
izhori, an‟ana va vorisiylikni o„zicha tuShunish va talqin etish edi. Cho„lpon 
maqolasidagi «ko„ngil qidiradir», quvontirar, xolos. «Ular men uchun yolg„on 
chiroqlar», «mening ertam uchun», «meni Shu holga solgan o„shalar» degan 
iboralariga e‟tibor berilsa, ularning tagida juda ko„p aytilmagan ma‟nolar borligini 
his qilish qiyin emas. Bunday kayfiyatlar ma‟rifatparvarlik g„oyalaridan o„zib 
ketib, yangi fikr va yangicha dunyoqarashga intilgan ziddiyatli ruhiy tuyg„ularni 
ifodalaydi. Bu hayot bilan hayol o„rtasidagi tafovutlarni qanday qilib obrazlar tiliga 
ko„chirish ustida tafakkur qilayotganidan darak beradi.
To„rtinchidan, o„z davrining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma‟naviy 
jarayonlari bilan bevosita bog„liq bo„lgan mutafakkir uchun o„tmish Mutafakkirlar 
maktabi, ideali, o„giti va obrazlar dunyosi osmondagi charaqlagan yulduzday 
tuyulgan edi. Uning uchun xalq qalbi va yo„lini yoritadigan chiroqday bo„lsa ham 
insonga iliq nur taratadigan yorug„lik, xalqqa yaqin aniq poetik obrazlar zarur edi. 
Cho„lponning yuqoridagi fikrini ana shunday tushunmoq zarur. Cho„lpon mumtoz 
adabiyotimizni mensimaydi emas, balki uning ritmik va qat‟iy shakl tizimlaridagi 
mutlaq qonuniyatlar, obrazlar turkumidagi mushtaraklik XX asr boshlaridagi 
1
Чўлпон. Яна олдим созимни. –Тошкент: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриѐти, 1994. -237 б. 


33 
ijtimoiy hayot manzarasini falsafiy tasvirlash imkoniyati yetarli emasligini 
ta‟kidlamoqchi bo„ladi. 
Cho„lpon an‟anaviy o„zbek she‟riyatini bilgan holda har qanday ulug„ ijodkor 
singari unchaga va undan keyin ham boshqalardan ajralib turgan san‟atkor 
dunyosini ifoda etuvchi original falsafiy-falsafiy olamni hamda ham mazmun, ham 
shakl jihatidan ajralib turuvchi g„oyaviy-falsafiy yuksak darajadagi she‟riyat 
turkumlarini yaratdi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin