O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsusta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix18.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#116340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
abdulhamid cholponning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasini mujassamlashishi.

 
 
 
 
 
 
 
 


70 
XULOSA 
Xalqimiz ma‟naviy yuksalishida muhim o„rin tutgan Abdulhamid Sulaymon 
o„g„li Cho„lpon ijodini g„oyaviy tafakkurning o„ziga xos g„oyaviy-ma‟naviy 
in‟ikosi deyish mumkin. Zero, ma‟rifatchilik harakati va jadid adabiyoti 
Turkistonning XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy va ma‟naviy hayotida tarixiy 
vazifani bajardi. Bu davrda madaniy jarayonning mavzu doiralari kengaydi, 
bevosita millat va mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan bog„liq voqealarni aks 
ettira boshladi.
XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-tarixiy muhit yangicha 
fikrlaydigan, millat va mamlakat taqdiriga befarq qaramaydigan ijodkorlarni 
shakllantirdi. Cho„lpon ana shu muhitda ulg„ayib, so„ngra o„zining yangi ijodiy 
yo„li va obrazlar dunyosiga hamda mustaqil ma‟naviy qarashlariga ega bo„lgan 
ijodkor sifatida namoyon bo„ldi. U o„zbek xalqining XX asr birinchi yarmida ijod 
qilgan adiblari orasida original falsafiy ifoda imkoniyatlariga ega bo„lgan shaxs 
sifatida tarixda qoldi, sharq va g„arb falsafiy tafakkurining romantik 
chashmalaridan bahramand bo„lgani holda falsafiy ijodda serqirra va sermazmun 
ma‟naviy meros qoldirdi.
Cho„lpon ilmiy-ma‟rifiy merosimiz uchun «Kecha va kunduz» singari ajoyib 
roman, «Yorqinoy» kabi romantik drama qoldirgan bo„lsada, u asosan, ruhiyat 
mutafakkiri, orzular kuychisi, erksevar adib sifatida mashhurdir. Uning falsafiy 
qarashlari asosan poeziyasida, ijodiy uslubidagi romantik tasvir vositalari esa erk, 
istiqlol, ozodlik kabi ulug„vor g„oyalar bilan sug„orilgan ijodiy faoliyatida aks 
etadi.
Cho„lpon qarashlarining nazariy-g„oyaviy asoslari jadid-ma‟rifatchilik 
harakatining asosiy maqsadlari bilan uyg„un bo„lib, uning ijodkor sifatida 
shakllanishidagi ob‟ektiv va sub‟ektiv omillar hamda g„oyaviy tamoyillari 
quyidagi jihatlar bilan ajralib turadi: 
Birinchidan, Abdulhamid Cho„lpon sharq mumtoz she‟riyatida aks etgan 
voqelikdagi ruh, tuyg„u va g„oyalar ifodasini ramziy obrazlar, tashbehlar va 


71 
tasvirlar orqali berishga asoslangan romantik ifoda uslubini XX asr ijtimoiy-tarixiy 
voqealarini aks ettirishda qo„lladi va bu uslubda original asarlar yaratishga erishdi. 
Ikkinchdan, Cho„lpon «sharq» atamasidan umumlashma obraz sifatida, ya‟ni 
mustamlakachilikdan azob chekayotgan mamlakatlar, xususan, Turkiston taqdiri va 
ahvolini ijtimoiy-g„oyaviy jihatdan tasvirlash vositasi sifatida foydalanadi. Xuddi 
shuningdek, «G„arb» ham ko„hna sharqni xo„rlayotgan obraz sifatida ta‟riflanadi. 
Mutafakkirning sharq va g„arbga bag„ishlagan she‟rlarida romantik uslubga xos 
tasvirlashdan ko„ra, ta‟kidlash tamoyili ustuvorroqdir. 
Uchinchidan, «Sharq» va «G„arb» obrazlariga bag„ishlangan she‟rlarining 
romantik uslubida mutafakkirning vatanparvarlik jasorati, xususan, sharq 
timsolidagi Turkiston xalqlarining iztirobi va mustaqillik uchun kurashga 
chorlovchi chaqiriqlar poetik ohang va ijtimoiy-g„oyaviy g„oyalar bilan 
yo„g„rilgan. 
To„rtinchidan, Cho„lpon ijtimoiy-g„oyaviy olami tor mahalliychilik va 
millatchilikdan ko„ra, xalq ma‟naviyatini yuksaltirish, uni jahon falsafiy 
madaniyatidan bahramand etuvchi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni 
uyg„unlashtirishga qaratilgan. U madaniyatlar taraqqiyotidagi eng asosiy tamoyil – 
bu xalqlar va mamlakatlar milliy merosining o„zaro ta‟siri va boyishidir, deb bildi. 
Zero, Shekspirning shoh asari «Gamlet» ning Cho„lpon tomonidan o„zbek tiliga 
tarjima qilinishi buning isbotidir. 
Ushbu xulosalar asosida dissertatsiya natijalaridan foydalanish bo„yicha 
quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi: 
1. Cho„lpon chet ellardagi san‟at taraqqiyoti, ayniqsa, Moskva ijtimoiy
muhiti bilan yaqindan tanish bo„lgani holda Meyyorxold teatrini yangi davrning 
yangi teatri, istiqbol san‟ati sifatida e‟tirof etadi. Binobarin, Cho„lpon 20-
yillardayoq ijod individualligi va uslubiy rang-barangligini chinakam ijodkor 
nuqtai nazaridan idrok qiladi. Mazkur masalaning ijtimoiy-g„oyaviy qimmati esa 
teatr tarixi rivoji uchun ahamiyatlidir. Shu bois Cho„lponing obraz yaratishdagi 
mahoratini o„rganish bugungi kunda dramaturgiya sohasini rivojlantirishda 
samarali natija berishi mumkin. 


72 
2. Cho„lpon poeziyasi hayot va go„zallik, erk va ozodlik singari ezgu 
orzularni ifodalaydi. Cho„lpon she‟riyatida chinakam poetik-romantik ruh va 
olijanob inson orzu-umidlari in‟ikos etgan. Mutafakkir ma‟naviy olami o„zining 
romantik ulug„vorligi va gumanizmi bilan ajralib turadi. Shu bois ta‟lim 
muassasalarida Cho„lpon ijodining g„oyaviy tamoyillarini kengroq o„rganish 
masalalariga jiddiy e‟tibor qaratish maqsadga muvofiq. 
3. Cho„lpon poetik san‟atining xalqchilligi uning xalq ruhiga, tafakkuriga 
yaqinligidadir. Uning poeziyasi siyqa tashbehlardan yiroqligi, barchaning ijtimoiy-
falsafiy tasavvurlariga birdek ta‟sir etishi bilan xarakterlidir. Ayniqsa xotin-qizlar 
masalasiga bag„ishlangan she‟rlari xalq laparlari, termalari ruhida yozilgan bo„lib, 
ularning asosiy ijtimoiy-falsafiy motivi inson erki, baxti va saodatiga asoslanadi. 
Bu ma‟rifiy g„oyani barkamol avlodni tarbiyalashga doir olib borilayotgan 
ishlarning mazmuniga singdirish va bu borda amaliy tadbirlar rejasini ishlab 
chiqish ta‟lim bilan tarbiyani uzviyligini ta‟minlashda muhim ahamiyatga ega. 
4. Cho„lpon 
an‟anaviy usulidan foydalanib tabiat manzaralariga 
bag„ishlangan she‟rlari orqali XX asr o„zbek she‟riyatiga yangilik kiritdi. Bu 
she‟riyatning g„oyaviy-badiiy ramzi bo„lgan mutafakkirning falsafiy ideali esa yurt 
go„zalligi va xalq kamoloti bilan bog„liq bo„lganligidan dalolat beradi. San‟at 
turlarining o„zaro integratsiyasi kuzatilayotgan bugungi globallaShuv davrida 
ijtimoiy jarayonlarini tashkil etish va yo„lga qo„yishda mutafakkirning yuqoridagi 
qarashlarini asos sifatida ijtimoiy munosabatlar tizimiga qo„llash maqsadga 
muvofiq. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin