O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsusta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix18.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#116340
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
abdulhamid cholponning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasini mujassamlashishi.




 
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O„RTA MAXSUSTA‟LIM VAZIRLIGI 
 
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI 
 
TARIX FAKULTETI 
 
133 – MG` GURUHI TALABASI
ZARIFOV JO„RABEK MURATOVICHNING 
 
5111600 “MILLIY G„OYA, MA‟NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ 
TA‟LIMI” YO„NALISHI BO„YICHA BAKALAVR DARAJASINI OLISH 
UCHUN 
MAVZU: ABDULHAMID CHO„LPONNING IJTIMOIY-FALSAFIY 
QARASHLARIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR 
DIALEKTIKASINI MUJASSAMLASHISHI. 
 
 
ILMIY RAHBAR: 
 
 
F.F.D. DOTS. M. XAJIYEVA 
 
 
 
 
BITIRUV MALAKAVIY
ISHI 


16 
MUNDARIJA: 
 
 
KIRISH……………………………………………………. 
2-4 
I-BOB 
ABDULHAMID 
CHO„LPON 
IJODINI 
O„RGANISHNING 
NAZARIY-METODOLOGIK
ASOSLARI………………………………………………… 
 
1.1. 
Abdulhamid Cho„lpon merosining nazariy-g„oyaviy 
asoslari……………………………………………………. 
5-11 
1.2. 
Abdulhamid 
Cho„lponning 
ma‟naviy-ma‟rifiy 
g„oyalari…... 
11-18 
1.3. 
Abdulhamid 
Cho„lpon 
falsafiy 
dunyoqarashi 
shakllanishining 
ob‟ektiv 
shart-
sharoitlari………….............. 
18-22 
II-BOB 
ABDULHAMID CHO„LPON ASARLARIDA MILLIY 
VA 
UMUMINSONIY 
QADRIYATLARNI 
AKS 
ETISHI…………………………………………………….. 
 
2.1 
Abdulhamid Cho„lponning qarashlarida milliy va 
umuminsoniy 
qadriyatlarni 
mujassamlashishi……………… 
23-31 
2.2. 
Cho„lpon ijodida Sharq va G„arb muammolarining 
falsafiy 
tahlili……………………………………………………… 
31-44 
2.3. 
Cho„lpon falsafasida xalqchillik va milliy o„ziga xoslik 
masalasi…..………………………………………………… 
44-54 
 
XULOSA…………………………………………………. 
55-57 
 
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR… 
58-61 
 
 


17 
KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so„ng 
milliy-falsafiy qadriyatlar va ma‟naviy merosimizga bo„lgan munosabat tubdan 
o„zgardi. Chunki, qadriyat va tarixiy meros millat ma‟naviyatini yuksaltiruvchi 
muhim mezon hisoblanadi. Chunonchi, xalqimizning ijtimoiy-falsafiy tafakkur 
taraqqiyotini belgilagan mutafakkirlarning qarashlari va ta‟limotlari ham ana Shu 
mezonning tarkibiy qismidir. Zero birinchi prezidentimiz I.A.Karimov 
ta‟kidlaganidek, «Chindan ham tariximizning qaysi davrini olmaylik yurtimizda 
ilmu ma‟rifat va yuksak ma‟naviyatga intilish hech qachon to„xtamaganini 
xalqimiz dahosining o„chmas timsoli sifatida eng og„ir va murakkab davrlarda ham 
yaqqol namoyon bo„lib kelganini ko„rishimiz mumkin. Masalan, chorizm 
mustamlakasi davrida ma‟rifat g„oyasini baland ko„tarib chiqqan jadid 
bobolarimizning faoliyati bunga yorqin misol bo„la oladi. Mahmudxo„ja Behbudiy, 
Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Isoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, 
Abdulhamid Cho„lpon, Usmon Nosir kabi yuzlab ma‟rifatparvar fidoiy 
insonlarning o„z shaxsiy manfaati, xuzur-halovatidan kechib el-ulus manfaati, 
yurtimizni taraqqiy toptirish maqsadida amalga oshirgan ezgu ishlari avlodlar 
xotirasidan aslo o„chmaydi»
1

Mazkur fikr barcha ishlar qatori falsafiy ilmida ham ajdodlarimiz ma‟naviy, 
ma‟rifiy merosini ilmiy o„rganishni dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo„yadi. 
Ana Shundan kelib chiqqan xolda ishning dolzarbligini quyidagilar bilan izohlash 
mumkin: 
Birinchidan, bugungi kunda ijtimoiy-ma‟naviy sohalardagi islohotlardan 
ko„zlangan asosiy maqsad xalqimizning ma‟naviy yuksalish yo„lidagi 
imkoniyatlarni kengaytirish, jamiyatda ma‟rifatparvar ziyolilarning, xususan, 
Abdulhamid Sulaymon o„g„li Cho„lpon ijodini o„rganish muhim ijtimoiy-falsafiy, 
ma‟naviy-ma‟rifiy ahamiyat kasb etadi. Chunki, uning qarashlarida ozodlik, 
istiqlol, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi yuksak axloqiy g„oyalarni faqat 
1
Каримов И.А Юксак маънавият – енгилмас куч. –Тошкент: Маънавият, 2008. -49 б.


18 
adabiyotShunoslik nuqtai-nazaridan tadqiq etish Cho„lponning ma‟naviy olamini 
to„laqonli yoritish imkonini bermaydi.
Ikkinchidan, Sho„rolar davrida Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulla 
Avloniy, Elbek, Cho„lpon, Usmon Nosir va boshqa Shu kabi ma‟rifatchi-
jadidlarning ijtimoiy-falsafiy qarashlari o„rganilgan. Biroq, ishlarning aksariyatida 
ular millatchilik, panturkchilik g„oyalar “targ„ibotchisi” sifatida falsafiy ijod 
jarayonidan ajratib tashlandi. Bu xolat pirovardida jadid-ma‟rifatchilarining ilmiy 
merosiga nisbatan bir tomonlama salbiy munosabatning shakllanishiga olib keldi. 
Uchinchidan, Cho„lpon o„tgan asrning boshlarida o„zbek sovet adabiyotida 
birinchilardan bo„lib, barmoq vaznida jozibali she‟rlar, qo„shiqlar yaratgan falsafiy 
so„z ustasi hisoblanadi. Biroq, uning ijodini faqat poeziya bilan chegaralash 
mumkin emas. U bir vaqtning o„zida ham Mutafakkir, ham dramaturg, ham 
san‟atShunos, ham adabiyotShunos hamda zukko tanqidchi sifatida ham ijod qildi. 
Shu ma‟noda bugungi ma‟naviy yangilanish jarayoni Abdulhamid Cho„lponning 
g„oyaviy-ma‟rifiy ijodini ma‟naviy konteksda o„rganishni taqazo etmoqda. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin