O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsusta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti tarix fakulteti


II-BOB. ABDULHAMID CHO„LPON ASARLARIDA MILLIY VA



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix18.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#116340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
abdulhamid cholponning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasini mujassamlashishi.

II-BOB. ABDULHAMID CHO„LPON ASARLARIDA MILLIY VA 
UMUMINSONIY QADRIYATLARNI AKS ETISHI. 
 
2.1. Abdulhamid Cho„lponning qarashlarida milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarni mujassamlashishi
Cho„lponning «Sadoyi Turkiston» gazetasining 1914 yil 3 iyul sonida 
bosilgan «Adabiyot nadur?» maqolasida yosh adibning nazariy-falsafiy qarashlari 
bayon etiladi. Unda adabiyotning inson hissiyoti va kechinmalari bilan bog„liq 
falsafiy olam ekanligi, bu kechinmalar zamiri insonni o„ragan muhit va bu muhitga 
bo„lgan munosabat ekanligi ta‟kidlanadi. Inson uni o„ragan tabiat va ijtimoiy 
sharoit ta‟siridan yo quvonadi, yo iztirob chekadi. Adabiyot esa ana Shu 
kechinmalarni yig„ib, birlashtirib va saralab yana odamlarga falsafiy obrazlar 
tarzida qaytaradi: «Ba‟zi vaqtda falak bir odamni qayg„uga solup, ul o„zi tuShunib, 
o„ylab turib, oh tortib yig„lar. Bu hasratlarni o„z ichiga siqdira olmas. Birovga 
aytsa, «Voy bechora» dermukin deb, albatta, o„z qayg„usini birovga aytmakka 
tiyilar. To„p-to„g„ri aytganda, ul qadar ta‟sir qilmas. Adabiyot ila aytganda, albatta 
ta‟sir qilar»
1

Buning boisi adabiyot va san‟atda aks etgan voqealar, hodisalarning kishida 
zavq-shavq, lazzat va iftixor tuyg„ularini uyg„otishida. San‟at bag„ishlaydigan 
kechinmalar beiz yo„qolmaydi. Aksincha inson tafakkuri va xayolotini qamrab 
oladi.
Cho„lpon adabiyotni millat ijtimoiy-ma‟naviy hayotining ajralmas bir qismi 
sifatida tuShunadi. Adabiyot nainki o„tmish va zamonaviy ma‟naviy jarayonlar, 
balki millat va o„lka kelajagining istiqboli bilan ham chambarchas bog„langan. 
Shuning uchun u barcha ijtimoiy hodisalar qatori adabiyotga katta e‟tibor berishga, 
uning taraqqiyoti bo„yicha g„amxo„rlik qilishga chaqiradi.
Cho„lpon falsafiy qarashlarining markazida adabiyot va san‟atning ijtimoiy-
tarbiyaviy mohiyati, ahamiyatini chuqur idrok etgani yotadi. Shuning uchun u 
1
Чўлпон. Адабиѐт надур? Нашрга тайѐрловчи: Рустам Тожибоев. –Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги адабиѐт ва 
санъат нашриѐти, 1992. -7 б. 


39 
«Adabiyot yashasa, millat yashar. Adabiyoti o„lmog„on va adabiyotining 
taraqqiyotiga cholishmagan va adiblar etishtirmag„on millat oxiri bir kun 
hissiyotdan, o„ydan, fikrdan mahrum qolub, sekin-sekin inqiroz bo„lur», degan 
falsafiy tamoyilni ilgari suradi. Bu borada adabiyotShunos olim Ozod 
SHarafiddinovning quyidagi mulohazasi o„z navbatida mazkur asarning falsafiy 
mohiyatini ochib berganligi bilan ham g„oyatda ahamiyatlidir: «Adabiyot nadur?» 
maqolasining kishini lol qoldiradigan yana bir juda muhim tomoni Shundaki, 16 
yoshlik munaqqid adabiyotning ijtimoiy vazifasini ta‟kidlash bilan cheklanmaydi, 
balki uning o„ziga xos xususiyatiga, ya‟ni obrazli tabiatiga alohida urg„u beradi, 
Yosh munaqqid uchun adabiyot quruq g„oyalar majmuasi emas, balki, birinchi 
navbatda, inosn ruhiyati bilan bog„liq bo„lgan hodisadir. U odamlarning 
Shuurigagina emas, his-tuyg„ulariga ham ta‟sir etishi, ularni quvontirib yoki 
mahzun ahvolga solib, Shu orqali ijtimoiy burchini o„tashi zarur.»
1
Falsafiy adabiyot va san‟at Cho„lpon uchun millat tarixi, zamonaviy taqdiri, 
kelajagi haqidagi ilg„or ijtimoiy ideallarni falsafiy obrazlar orqali ko„rsatgani 
uchun u birinchi navbatda ibrat maktabi, inson ruhini, ongini va tuyg„ular 
ko„rkamligini ifodalovchi ijtimoiy tarbiya vositasidir. Bu g„oya adib maqolalarida, 
she‟r, drama va nasriy asarlarida izchillik bilan rivojlantirilgan. 
Cho„lpon g„oyasi asosida xalq ongi va ma‟naviyatini boyitish masalasi, 
xalqni ma‟rifatli qilish masalasi yotgani uchun u Yevropa va tatar 
qardoshlarimizda «Adabiyot kechalari» tez-tez o„tkazilib, kishilarga ruhiy lazzat 
tarqatilayotgan bir zamonda bizning islom madaniyati bilan bog„liq tariximiz va 
adabiyotimizdan yiroq turishimiz va anglamasligimizdan iztirobga tushadi. 
Cho„lponning adabiyotdan olinadigan falsafiy zavq uning o„zi aytganidek, 
«Adabiyot chin ma‟nosi ila o„lgan, so„lgan, qoralangan, o„chgan, majruh, yarador 
ko„ngilga ruh bermak uchun faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar 
singishgan qora balchiqlarni tozalaydirg„on, o„tkur yurak kirlarini yuvadurg„on 
toza ma‟rifat suvi, xiralashgan oynalarimizni yoruq va ravshan qiladurg„on, chang 
1
Шарафиддинов Озод. Ижодни англаш бахти. –Тошкент: «Шарқ нашриѐт-матбаа акциядорлик компанияси 
Бош таҳририяти, 2004. – 68 б. 


40 
va tuproqlar to„lgan ko„zlarimizni artub tozalaydurg„on buloq suvi bo„lg„on», tosh 
yuraklarni eritguvchi, uvushgan ko„ngillarga ruh bag„ishlovchi adabiyot edi. 
Cho„lpon san‟at asosi – hayot va mehnatkash inson ekanligini yaxshi tuShungan. U 
san‟atning, ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida o„ynaydigan roliga yuksak baho 
beradi.
Serqirra ijod sohibi Cho„lpon 18 yoshida o„zbek xalqining yangi zamonaviy 
madaniyati shakllanishi va rivojlanishi ustida yozgan edi: «…Bizga ko„p teatru, 
roman kitoblari yozmoq kerakdurki, bu qarz bir xovuch ziyoli yoshlarimiz ila ahli 
qalamimiz ustlariga tushadi…»
1

Cho„lpon yangi o„zbek teatri taraqqiyoti uchun uch yo„nalishda ish olib 
bordi: avvalo teatr sohasidagi o„z nazariy bilimini oshirish yo„lida rus va jahon 
teatri haqidagi kitob va maqolalarni chuqur mutoala qildi. Uning teatr xususidagi 
nazariy qarashlari original asar yaratishga chorladi va, nihoyat, o„z ma‟naviy 
dunyosini boyitish va jonajon xalqi madaniyatini jahon xalqlari san‟ati namunalari 
bilan boyitish maqsadida tarjimonlik iqtidorini yuksaltirdi. Ana Shu tariqa 20-
yillardayoq o„zbek madaniyati Cho„lpon siymosida teatr nazariyotchisi, dramaturg 
va tarjimonga ega bo„lgan edi. 
Cho„lponning 1922-23 yillarda yozilgan teatr san‟atiga bag„ishlangan qator 
maqolalari o„sha davr teatr hayotini, teatr sahnalarida o„ynalgan asarlar ruhini, 
aktyorlar qiyofasini, tomoshabinlar kayfiyatini ko„z oldimizga jonli gavdalantiradi. 
U Fitratning «Abo Muslim Xurosoniy» tragediyasiga yozgan taqrizida Abror 
Hidoyatov, Mannon Uyg„ur, Sayfi Qorievlar ijrosiga baho berar ekan, spektaklga 
odam zich kelganini va buning sababini qayd etadi. «Xalq teatrga yurmaydi», 
degan gap to„g„ri emas, xalq yuradir. Lekin teatr-tomosha ismida bo„laturg„on 
qurchoq o„yunlarga, o„z ruhiga yot bo„lg„on, unga anglishilmayturg„on tarjimalik 
«g„arbi» asarlarga yurmasa haqi bordir. Yo„q esa o„zini qiziqtiraturg„on 
zaminlarda yozilg„on va yaxshi o„ynalaturg„on tomoshalarga xalq yuradir»
2

1
Чўлпон. «Садойи Туркистон» газетаси. 1915 йил, 6 февраль. 
2
Қаландар. Або Муслим. «Туркистон» газетаси. 1922 йил, 21 декабр.


41 
Cho„lpon xalq ruhini tuShunib olish va Shu asosda asarlar yaratish tarafdori 
va jonkuyari edi. Cho„lpon teatr falsafiyasining asosida xalq hayoti bilan san‟at 
o„rtasidagi hamkorlik yotadi. Sahnaning xalqqa, xalqni sahnaga yaqinlashtirishda 
aktyorlarning quyidagi kamchiliklariga e‟tiborni qaratadi: a) grimga jiddiy 
ahamiyat bermaslik; b) aktyorlarning yashirin tovush chiqarishga o„rgana 
olmaganligi; v) arabiy va forsiy so„zlarni yanglish gapirishlar
1

Ko„rinib turibdiki, Cho„lpon teatr san‟atining umumiy nazariy masalalaridan 
tortib, aktyor individualligi, so„z san‟ati, sahna madaniyati, sahnada milliy xarakter 
va milliy obraz yaratish muammolarigacha qiziqqan va har bir aktyorning 
sahnadagi harakati, mahorati va uslubini kuzatib borgan. 
Cho„lponning teatrShunos sifatidagi iqtidori uning gazeta va jurnallarda 
bosilgan maqola, taqrizlarida yaqqol ko„zga tashlanadi. Bunga «Turkiston» 
gazetasida bosilgan Shamsiddin Salibekning «Kovai ohangir» (1928 yil, 6 fevral), 
Xusayn Jovidning «Iblis» (1928 yil, 14 mart), «Shayx San‟on» (1928 yil 6 iyun), 
«Malikai Turandot» («Maorif va o„qitg„uchi», 1927 yil, 5-son), «Moskvadagi 
dramstudiyamiz» («Er yuzi» jurnali, 1926 yil, 12-son), «Meyerxold teatri» («Er 
yuzi» jurnali, 1927 yil fevral soni), «Yana uylanaman» («Er yuzi» jurnali, 1927 yil, 
may soni), «O„zbek davlat truppasi Farg„onada», «Talabalar o„yini» («Zarafshon» 
gazetasi, 1927 yil, 9 iyun) va hokazo maqola, taqrizlar misol bo„la oladi. 
Bu maqolalarning jurnalistik xabar va publitsistik materiallardan farqi 
Shundaki, muallif teatr san‟atini sevishi, bilishi va uning ichki sirlarini his qiluvchi 
san‟atShunos 
sifatida 
gavdalanadi. 
Cho„lpon 
dramaturgiya 
asarlarini 
sahnalashtirish borasida qilingan ijodiy ishlar, rejissyor mahorati yoki 
kamchiliklari, aktyorlar ijrosidagi individuallik masalalariga ham qisqacha bo„lsa-
da to„xtalib o„tadi. Milliy dramaturgiya namunalari taqchil paytda tarjima asarlari 
sahnalashtirilgani sababli bu tarjimalar sifati bo„yicha fikr yuritadi, sahna bezagi va 
rassom qobiliyatiga baho beradi.
1
Қаландар. Кова оҳангар. «Туркистон» газетаси. 1923 йил, 23 февраль. 


42 
Ko„rinib turibdiki, Cho„lpon sahnani juda murakkab jonli organizm sifatida 
tuShunadi va bu organizmni sog„lomlashtirish, ko„rkamlashtirish, milliy hayot va 
milliy madaniyatga yaqinlashtirish yo„llarini izlaydi.
Cho„lponning teatr falsafiyasi bilan bog„liq hamda o„zbek professional 
teatrini shakllantirish, ayniqsa, aktyorlik mahorati xususidagi qarashlari uning 
«Moskvada ikki turk san‟atkori» degan maqolasida o„z aksini topgan.
Cho„lpon Moskvada yashayotgan ikki turk san‟atkori haqida ma‟lumot berish 
bilan cheklanmay, bu voqeaga ancha keng va chuqur yondoshadi. Nima uchun 
jahon ko„rgan ikki san‟atkor (Er To„g„rul Muslimbek va «Munira Ayyub» ismli 
qiz, sahnada «Naiyra Naiyr» nomi bilan tanilgan) Moskvaga kelib qoldi? Bu 
savolning tagida sabab va ma‟nolar ko„p. Cho„lpon buni o„sha davrdagi Moskva 
falsafiy muhitining jahon san‟ati taraqqiyotida o„ynagan roli va ahamiyati bilan 
bog„laydi. «Bu kungi Moskov, – deb yozadi Cho„lpon, – ingichka san‟atning 
yuksakligi jihatidan G„arb poytaxtlarining hammasidan oldinda turadi. «Masalan, 
«Xudojestvennыy teatr»ga o„tmishda ham, hozir ham teng keladigan teatr yo„q. 
Cho„lpon «Xudojestvennыy teatr»ning faqat Rossiyadagina emas, chet el 
teatrlariga ham ta‟sir qilayotganini ta‟kidlaydi.
Maqoladan ma‟lum bo„lishicha, Cho„lpon Rossiya teatr san‟atidagi g„oyaviy-
falsafiy yo„nalishlarga ham e‟tiborni tortadi va an‟anaviy teatrlar qatorida Oktyabr 
inqilobidan so„ng «Meyyorxold teatri» deb nom olgan yangi san‟at dargohi 
vujudga kelganini aytadi. «Bu – chinakam inqilob teatri; uning har narsasi 
degandek yangi, Shu bilan birga, u yangiliklar ham muqarrar o„rnashmagan – 
«vaqtli» narsalar. Shu uchun bu muassasani uqtirg„on vaqtda «Istash teatri» deb 
qo„yadilar bu to„g„ri uqtirish, haqiqatan «Meyyorxold teatri» har kungi talabga 
qarab yangi yo„l axtaradir»
1

Cho„lpon Meyyorxold teatrining g„oyaviy tamoyillarini belgilashga harakat 
qiladi: Meyyorxold teatri – tamomila yangi hodisa; u inqilob tufayli vujudga 
kelgan; uning yangiligi o„zgaruvchan zamon ruhi bilan sug„orilgan; u tasodifan 
1
Чўлпон. Москвада икки турк санъаткори / Нашрга тайѐрловчи:Улуғбек Долимов. «Ўзбекистон адабиѐти ва 
санъати» газетаси. 1991 йил, 3-май. 


43 
paydo bo„lmagan, «istash» tufayli, inqilobiy o„zgarishlar bilan ilhomlangan 
kishilarning ma‟naviy ehtiyojini qondirayotgan falsafiy muassas; bu teatr nainki 
qadimiy an‟analarni chetlab o„tadi, balki o„z an‟analariga ham qattiq yopishib 
turmaydi, har kun, har bir tarixiy o„zgarishlar, hayot taqozosi, falsafiy talablarga 
binoan o„z yo„lini, uslub va rejalarini o„zgartirib turadi. Shu ma‟noda Meyyorxold 
teatri Moskvadagi o„z yo„llarini qidiruvchi, san‟atda eksperiment va kashfiyot 
qilishga intiluvchi teatrlarning yorqin namunasi sifatida baholanadi.
Ko„rinib turibdiki, Cho„lpon XX asr san‟ati taraqqiyotidagi asosiy 
tendensiyalar – an‟anaviy va zamonaviy falsafiy intilishlarni to„g„ri his qiladi va 
ko„proq rivojlanish jihatidan yangilanish va turlanishga molik bo„lgan 
izlanishlarga xayrihohlik bildiradi.
«Er yuzi» jurnalining topshirig„i bilan Cho„lpon keyinchalik «Meyyorxold 
teatri» nomli maqola yozadi. U Meyyorxoldga bo„lgan ikki xil munosabatni ochib 
beradi. Birida maqtovchilar uni «Rus teatrining mumtoz san‟atkori» desalar, 
muxoliflari «eng buyuk muallimlardan birining xatosi» deb uning ustoz san‟atkor 
ekanligini har holda tan oladilar. Cho„lpon e‟tiroficha, Meyyorxoldning katta 
shijoatkorligi va g„ayrati tufayli teatrda yangi asoslar amalga oshirila boshlangan. 
Cho„lpon Meyyorxold tomonidan olg„a surilgan sahnani soddalashtirish, ortiqcha 
detallardan, buyumlardan holi qilib, xalqqa yaqinlashtirishni maqsad qilib 
qo„yganini mamnuniyat bilan gapiradi. Bunday «o„ziga hamma vaqt yangi yo„llar 
aktarg„on»
1
Meyyorxold teatri tom ma‟noda XX asrning mo„„jizasi tarzida 
namoyon bo„la boshlagan edi. Meyyorxold klassik asarlarnimi, zamonaviy 
asarlarnimi, qaysi birini sahnalashtirmasin, yangi sahnaviy usul topishga, 
ko„pincha parda, dekoratsiya va sahna oldi fonorlaridan foydalanmaslikka harakat 
qilardi. Cho„lpon Meyyorxold spektakllarida kino san‟ati ta‟siri ham mavjudligini, 
barcha tomoshalarda keng xalq ommasi diqqatini o„ziga jalb etish tendensiyasi 
borligini ta‟kidlaydi. Maqolaning falsafiy ahamiyati Shundaki, unda yangi 
shakllanayotgan o„zbek milliy teatri o„ziga xos jihatlarga ega ekanligi bilan ajralib 
turishiga doir xulosalar bayon etilgan.
1
Чўлпон. Мейѐрхольд театри. Нашрга тайѐрловчи С.Аҳмад // Санъат. –Тошкент, 1991. -№ 10. – 19 б. 


44 
Moskva 20-yillarda san‟at sohasidagi dunyoviy izlanish va o„rganishlarning 
markaziga aylanadi. Moskvaning o„sha yillardagi san‟ati bilan tanishmoq va 
undagi yangi jarayonlarni o„rganmoq uchun Turkiyadan ikki san‟atkor – kino va 
teatr rejissyori (muallim)lardan er To„g„rul Muhsinbek hamda kino va teatr 
aktrisalaridan Naiyra Naiyrxonimlar kelishgan edi.
Fransiya va Germaniyalarda tahsil olgan va tanilgan Muhsinbek 
O„zbekistonning ko„p shaharlarida qo„yilgan mashhur «Millionli Xotin» 
spektakliga rejissyorlik qilgan. Bundan tashqari, Muhsinbekning «Bizning Buxoro 
hayotidan olinib yozilgan bir asari hozir Istambulda bosilib» yotgani haqida xabar 
beriladi. Cho„lpon o„zining «Tursunoy sahnada» maqolasida Tursunoyning 
Klariche obrazini yaratish mahoratini tahlil qilar ekan, sahna obrazi bilan aktyor 
tabiati, individual xususiyatlari va insoniy sifatlari o„rtasida ziddiyatli birlik 
mavjudligini, har bir aktyor obraz mohiyatini o„zicha va betakror ochishini 
ta‟kidlaydi. «Doim kulib va jilmayib yuradigan» Tursunoy sahnada o„z «jonli va 
sho„x» tabiatidan kelib chiqib dramaturg yaratgan xarakterning Shunday qirralarini 
ochib tashlar ediki, go„yo mazkur obraz Tursunoy uchungina yaratilganday 
tuyulardi. Ana Shuning uchun «Tursunoy Klarichesida bir umr esdan 
chiqmaydigan joylar bor ediki, bilmayman, yosh sahnamiz yana o„shanday bir 
tasvirni qachon ko„ra oladi?»
1
deb o„ziga o„zi savol beradi Cho„lpon.
Cho„lpon Tursunoy haqidagi esdaliklarida aktrisaning Fitratning «Arslon» 
asaridagi kichkina rolni bir umrga esda qoladigan darajada o„ynaganini ta‟kidlaydi.
Cho„lpon teatr va aktyorlik san‟ati sirlarini nihoyatda chuqur bilgan. U teatr 
falsafiyasining asoslaridan hisoblanadigan ikki masalaga ahamiyat beradi: 
birinchidan, aktyorning tabiiy ovoz, so„z ohangi; ikkinchidan harakat poetikasi. 
Tursunoy bu ikki nodir insoniy salohiyatlarni o„zida jamuljam etgan va sahnada 
yana bu ikki qanotiga ruhiy Shuur va ilhombaxsh eta oladigan san‟atkor bo„lgan. 
Tursunoyning aktyorlik, insoniylik va san‟atkorlik salohiyatlari uyg„unligini 
Cho„lpon yuksak baholaydi.
1
Чўлпон. Турсуной саҳнада / Нашрга тайѐрловчи. Сирожиддин Аҳмад // Санъат. –Тошкент, 1991. - № 3. – 15 
б. 


45 
Cho„lponning Tursunoy haqidagi esdaliklarida uning teatr falsafiyasining 
asosini tashkil etuvchi hayot haqiqati va talant tabiiyligi, ilhom quvvati va obrazli 
ijro qudrati xususida gap boradi. Cho„lponning falsafiy qarashlari, ayniqsa, uning 
teatrShunoslikka oid, aktyorlar hayoti va ijodini tahlil qilib yozgan maqolalarida 
o„z aksini topgan. Ularda Cho„lpon milliy teatr, musiqa kelajagi bo„yicha 
nechog„lik jonkuyarlik ko„rsatgani, bu sohadagi har bir yangilik, har bir tashabbusi 
qo„llab-quvvatlangani ko„zga tashlanadi.
Xalqni 
ma‟rifatli, 
ommani 
ma‟naviyatli 
va 
yoshlarni 
milliy 
qadriyatlarimizning yuksak namunalari bilan bahramand bo„lishi ustida qayg„urgan 
Cho„lpon teatr va musiqa taraqqiyoti yo„lidagi barcha tashabbusni qo„llab-
quvvatladi. Uning falsafiy qarashlari demokratik g„oyalar va insonparvarlik ruhi 
bilan sug„orilgan edi. Bu jihatdan uning «Qiziqlar» maqolasi unda ko„tarilgan 
muammolar ko„lami va Mutafakkirning teatrShunos sifatida bu san‟at ahvoli va 
istiqboli xususidagi teran, hozirgi kunda ham ahamiyatini yo„qotmagan fikrlari 
bilan ibratlidir. 
Yuzaki qaraganda maqola faqat qiziqchilik san‟ati, askiyabozlik haqida 
yozilganday tuyuladi. Aslida askiyaboz va qiziqchi hayotidan lavha bilan 
boshlanadi. Lekin Cho„lpon qiziqchilarning o„tkir so„zlari orqasida kuchli ijtimoiy 
motivlar yotganini ko„radi. Qiziqchi bilan xon o„rtasida bo„lib o„tgan askiyadan 
xulosa chiqarar ekan, Mutafakkir, o„tmish zamonlardagi Saroy yozuvchilari haqida 
Shunday fikrga keladi: «Odatda, Saroy mojarolarini ko„proq saroyning xos 
tarixchilari 
«voqeanavistlar» yozar edilar. Ularning ko„pchiligi quruq 
maqtovchidan iborat bo„lishgan. Podshohga til tekiza olmoq, ularni haq va haqiqat 
ustida bir oz tanqid qila bilmak uchun Firdavsiy va Fuzuliy kabi saroydan yiroq 
turgan va yuksak Mutafakkirlik maqomiga erishgan kishilar kerak edi»
1

Cho„lponning teatr hamda musiqa falsafiysiga doir qarashlaridan quyidagi 
xulosalarni chiqarish mumkin:
Birinchidan, xon saroylaridagi tarixchilar ko„proq madhiyabozlik qilishga 
majbur bo„lganlar.
1
Чўлпон. Қизиқлар / Нашрга тайѐрловчи Сирожиддин Аҳмад // Санъат. –Тошкент, 1991. - № 9. -Б. 18. 


46 
Ikkinchidan, haq so„zni erkin aytish uchun Firdavsiy va Fuzuliy kabi 
saroydan yiroqda turib qalam tebratmoq lozim bo„lgan. 
Uchinchidan, bunday erkinlik faqat yuksak Mutafakkirlik maqomi, iqtidori 
tufayligina amalga oshadi; to„rtinchidan, qiziqchilar, askiyabozlar xalq orasidan 
etilib chiqqanlar va o„zlarini adolat va haqiqat jarchilari sifatida his qilgan 
san‟atkorlardir. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin