2.3 Cho„lpon falsafasida xalqchillik va milliy o„ziga xoslik masalasi
Falsafiy ijodiyotda xalqchillik turli ko„rinishlarda namoyon bo„ladi: xalqning
muayyan davrdagi ijtimoiy hayotida sodir bo„layotgan tarixiy, milliy va ma‟naviy
muammolarni ko„tarib chiqish, unga munosabat bildirish, mamlakat ahvolining
falsafiy in‟ikosini yaratish; millat tarixi va istiqboli bilan bog„liq masalalardagi
mushtaraklik va o„ziga xos murakkab jarayonlar haqida fikr bildiruvchi obrazlar
yaratish;
vatanparvarlikni
insonparvarlik
maqomida,
insonparvarlikni
vatanparvarlik qudratida ko„rish va tasvirlash; falsafiy asarlardagi xalqchil til, xalq
uchun ardoqli va ibratli obrazlar, nozik tashbehlar, musiqiy nazokat, xalq
an‟analari va go„zallik haqidagi tasavvurlardan unumli foydalanish, xalq og„zaki
ijodidagi koinot va tabiat ko„rinishlarini tiniq bo„yoqlarda idrok etish, koinotni
insoniylashtirish va inson siymosini barcha go„zallik mezoniga aylantirish; hayotiy
va xayoliy falsafiy obrazlar tizimini yaratishda ijodiy jarayonning eng murakkab
va asosiy talabi bo„lgan shakl va mazmun mushtarakligiga erishish.
XX asrda ko„pchilik xalq ommasini savodxon qilish va ayni vaqtda
yangilanayotgan zamonning munosib farzandlarini tarbiyalash masalasi kun
tartibiga qo„yilgan edi. Rossiya va uning tobeligida yashovchi o„nlab millatlarning
60
tutqin, turg„un hayotida ham qo„zg„alish boshlandi. Turkistonda ham qisqa
muddatda o„zbek ma‟rifatchilarining butun bir avlodi etishib chiqdi.
Jadid maorifchilari mamlakat rivoji, millatning taraqqiyoti, o„zlikni
anglashda tarix va geografiya fanlarining ahamiyatiga alohida e‟tibor qaratdilar.
Ular dinga emas, balki diniy aqidaparastlikka qarshi bo„ldilar. Xususan,
M.Behbudiy faoliyatida tarix va geografiya muammolarini o„rganishga
undash muhim ahamiyat kasb etdi. U barkamol shaxsni tarbiyalashda va
jamiyatni boshqarishda tarix fanining o„rni beqiyosligini ta‟kidlaydi. U «Tarix va
jo„g„rofiya», «Turkiston tarixi», «Sart so„zi majhuldir» kabi asarlarida faqatgina
Vatan tarixini emas, Yevropa va jahon mamlakatlari tarixini bilish zarurligi haqida
fikr yuritgan. Yangi usul maktablaridagi o„quv dasturi turkiy yoki forsiy tilda
o„qish, yozish, arifmetika, tabiiyot, tarix, jo„g„rofiyani o„z ichiga olardi.
Mazkur o„quv dasturi asosida o„quvchilar nisatan ancha keng bilimlarni
egallardilar
1
. Toshkentdagi madrasalardan birida dars beruvchi,
Munavvarqori yangi dastur mualliflaridan biri bo„lgan. Dastur quyidagi fanlardan
iborat edi: 1) diniy ta‟limot, 2) muqaddas an‟analar, 3) islom ta‟limoti tarixi, 4)
arab grammatikasi, 5) meros huquqi, 6) arifmetika, 7) butunjahon jo„g„rofiyasi, 8)
islom tarixi, 9) muqaddas tarix, 10) arabiy va turkiy imlo.
Oktyabr to„ntarishidan keyingi ziddiyatlarga to„la yillarda Munavvarqori,
Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Sadriddin Ayniy
kabi ma‟rifatparvarlar o„z pedagogik faoliyatlarini davom ettirib, darslik, risola
va maqolalar chop ettirdilar. Maktablarda o„quvchilar sonining ortib borishi bilan,
darsliklarga bo„lgan talab va ehtiyoj ham kuchayib bordi.
O„zbekistonda o„quv-metodik talablarga javob beradigan darslik yaratish
sohasida ilk qadamni ilg„or pedagog Saidrasul Aziziy qo„ydi. U 1902 yilda o„zbek
tilida yangi «savtiya» usulida «Ustodi avval» alifbesini yaratdi. Albatta, birinchi
darslik bo„lganligi uchun unda bir qator kamchiliklar bo„lishi tabiiydir.
Shundan so„ng Munavvarqori Abdurashidxonov 1907 yilda «Adibi avval»
1
Турсунов И. Истиқлолга интилган қалблар нидоси. -Фарғона: Фарғона политехника институти
босмахонаси, 1993. -138 б.
61
alifbe darsligini yaratdi. 1917 yilgacha Sayidrizo Alizodaning «Birinchi yil»,
Abdulvahob Ibodiyning «Tahsili alifbo», Rustambek Yusufbek o„g„lining «Ta‟limi
avval», Abdulla Avloniyning «Birinchi muallim» kabi bir qator alifbe darsliklari
nashr qilindi va maktablarda o„qitildi. Bizgacha alifbe darsliklarining mazmuni va
didaktik asoslari pedagogika fanlari nomzodi M.Inoyatovaning «O„zbek alifbe
darsliklarining tarixiy taraqqiyot bosqichlari va didaktik asoslari» mavzusidagi
nomzodlik dissertatsiyasida
1
chuqur tahlil qilinganligi uchun alifbelarning didaktik
qirralari haqida to„xtalishni zarur deb topmadik.
Ta‟kidlash joizki, ma‟rifatparvarlarning maktablarni o„quv qo„llanma va
darsliklar bilan ta‟minlashga qaratilgan harakatlari ona tili, o„qish, geografiya, tarix
fanlaridan ilk darsliklar yaratishga ham qaratilgan edi.
O„zbek ma‟rifatparvari, savodsizlikni tugatishda faol ishtirok etgan o„qituvchi
Muhammadrasul Rasuliy (1884-1935) 1907 yil 1 oktyabrdan boshlab Beshyog„och
dahasidagi Arpapoya mahallasida 4-rus-tuzem maktabining o„zbekcha sinfida
muallimlik faoliyati bilan Shug„ullangan bo„lib, 1917 yilgacha rus-tuzem
maktablari, 1917 yildan keyin esa sovet maktablarida ishlagan. Uning bir qator
darsliklari singari «Rahbari forsiy» darsligi ham Toshkentda bir necha marta
(1911, 1914, 1917-yillarda) chop etilgan
2
.
Darslikning birinchi nashrida ushbu kitob «Makotibi ibtidoiyaning 3-4-sinf
shogirdlarina» mo„ljallanganligi ko„rsatilgan. Darslik o„quvchilarga fors tilini
o„rgatishga mo„ljallangan bo„lib, fors tili grammatikasiga oid bir qancha masalalar
bayonida o„zbek tili grammatikasiga doir masalalar ham yo„l-yo„lakay eslatib
o„tilgan. Muallif ushbu darslikni tuzishda qiyosiy metoddan foydalangan.
M.Rasuliyning «Qiroati forsiy yoxud muntaxabi guliston», «Bolalar
bog„chasi»
3
nomli darsliklari ham mavjud. «Qiroati forsiy yoxud muntaxabi
guliston» darsligi 1916 yil Toshkentda nashr qilingan. Darslikdan forscha qisqa
hikoya va she‟rlar o„rin olgan. Undagi mavzular 54 darsga taqsimlangan, ba‟zi
1
Иноятова М. Ўзбек алифбе дарсликларининг тарихий тараққиѐт босқичлари ва дидактик
асослари: Пед. фан. номзоди... автореф. -Тошкент: 2016. - 22 б.
2
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. «Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий
нашриѐти. IV-том. -Тошкент: 2002. -199 б.
3
Расулий М. Болалар боғчаси. Дарслик. - Тошент: Азия, 1997.-48б.
62
forscha so„zlarga o„zbekcha izoh berilgan. Darslikda ko„rgazmalilik tamoyiliga
amal qilinib, o„quv materiali mazmuniga ko„ra turli rasmlardan foydalanilgan.
Undagi ba‟zi hikoyalar ruschadan tarjima qilingan. Masalan: «Bobo ila nabira»,
«Qo„rqoq», «Aqlli qishloqi» va h.
Muhammad Rasul Rasuliyning «Bolalar bog„chasi» darsligi ham mavjud
bo„lib, u eski o„zbek yozuvida nashr etilgan. Darslik 1917 yil Toshkentda «Osiyo»
nashriyotida chop qilingan bo„lib, 48 betdan iborat. Darslikning birinchi betida
dastlab muallifning ism-sharifi, kitobning nomi rus va yoki o„zbek yozuvida
berilgan. Uning dastlabki sahifasida quyidagi gaplar mavjud: «Ibtidoiy
maktablarning birinchi sinf shogirdlari uchun turli kitoblardin olinub, ochuq til va
engil tartiblar ila yozilmish musavvar (rasmli) qiroat kitobidir. Noshiri Turkiston
kutubxonasi. Takror tabaa noshirlar shirkatila murattabiga (tartibga keltirilgan)
maxsus, ikkinchi ta‟bi (nashri), 1336-hijriy-qamariy, 1917 melodiy-shamsiy».
Darslik boshlang„ich sinflar uchun o„qish kitobi hisoblangan. Ushbu rasmli
darslikdagi hikoyalar bir-birini mazmunan to„ldirib, boyitib boradi. Darslikda
Sharq an‟anaviy uslubi qo„llanilib, hikoyalar nihoyasida baytlar berilgan. Har bir
hikoya tarbiyaviy ahamiyatga ega bo„lib, bolalar yoshi va dunyoqarashiga mos
sodda bayon uslubida yozilgan. Darslikda integratsiya tamoyillaridan unumli
foydalanilgan bo„lib, unda bolalarni axloq-odobga o„rgatish, turli fan sohalaridan
boshlang„ich ma‟lumotlar berishga harakat qilingan. Ushbu darslik
o„quvchilarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini rivojlantirishga qaratilganligi
bilan diqqatga molikdir.
Taniqli adib Sadriddin Ayniy «Buxoroi sharif birodarligi» jamiyatining
taklifi bilan yangi milliy maktablari uchun «Tahzib us-sibyon» («Pok bola»)
o„qish kitobini tuzgan bo„lib, uning birinchi nashri 1909; ikkinchi nashri 1917
yilda chop etilgan. «Tahzib us-sibyon» kitobi adabiy-didaktik xarakterda ega
bo„lib, o„quv materiallari bolalarga qiziqarli sodda tilda bayon etilgan, ular
mazmuni o„quvchilar yoshiga mos. O„sha zamon sharoiti va talablariga ko„ra,
63
kitobda diniy ma‟lumotlar ham berilgan.
1
«Tahzib us-sibyon» darsligida muallif,
bolalarni rostgo„y va vijdonli bo„lishga da‟vat etadi: «Axloqiy tarbiyalangan bola
hech vaqt yolg„on gapirmaydi. Hamma vaqt chin so„z bo„ladi...Rostgo„y bola hech
vaqt yolg„on gapirmaydi. Hech kimga ziyon etkizmaydi...Maktabda yoki yo„lda
biron narsa topsa, uni albatta egasiga qaytarib beradi»,- deya bolalarni axloqli,
rostgo„y inson bo„lishga undadi. Uning fikricha, rostgo„y bola kishilar va
o„rtoqlari orasida katta obro„ga ega bo„lib, yolg„onchi bola esa obro„siz
bo„ladi. «Yo„ldosh degan bola maktabga bordi, birinchi sinfda alifbe o„qirdi. Lekin
yolg„onchi edi. O„qituvchi nasihatlariga quloq solmadi. Natijada maktabdan
haydaldi. YOlg„onchi bo„lganligi uchun hech kim uni hurmat qilmas edi», - deb
yozadi muallif.
S.Ayniy darslikda: «O„qish yo„lida g„ayrat qil! Odam bo„l. Keyin kuching
boricha o„z Vataningga, o„z xalqingga va o„z millatingga xizmat qil» deb
o„quvchilarni ilmli bo„lishga chaqirdi, Shu bilan ularda milliy iftixorni
shakllantirishga harakat qildi.
Bolaning shakllanishida oila tarbiyasi muhim o„rin tutadi. Muallif bir
hikoyada namuna usulidan foydalanib, o„quvchilar hayotida ro„y bergan voqea
misolida o„quvchilarni halol bo„lishga undash bilan birga, bunda oila tarbiyasi,
onaning namunasi katta o„rin tutishini ko„rsatib beradi. Quyida ushbu hikoyadan
parcha keltiramiz: «Bir kuni Tosh ismli bola maktabdan qaytayotganida o„tkinchi
kishi qopchig„ini tushirganini ko„rdi, uni olib uyiga keldi va onasiga ko„rsatdi.
Onasi achchiqlanib aytdi: «Buning egasini tezroq top va unga qopchiqni qaytar, aks
holda o„rtoqlaring orasida seni o„g„ri deb e‟lon qilaman». Tosh qopchiq egasini
topib, uni puli bilan qaytarib berdi».
Cho„lpon ijodining xalqchilligi yuqorida ko„rsatilgan mezonlarning deyarli
barchasiga javob berishi bilan birga, yana o„ziga xos jilolari va bo„yoqlari orqali
ajralib turadi. Cho„lponning o„z xalqi hamda Vatani bilan chirmashib ketgan
yuragida dardli armon qoni gupillab turgan. U xalqi va Vatanini ozod, erkin,
1
Ў з б е к и с т о н д а и ж т и м о и й ф а л с а ф и й ф и к р л а р т а р и х и д а н лавҳалар. М. М. Хай руллаев
таҳрири остида. -Т.: Ўзбекистон, 1995.-240б.
64
baxtiyor ko„rish orzusi bilan yonib qul bo„lgan mutafakkir. «Cho„lpon, – deb
yozadi Ozod SHarafiddinov, – o„zbek she‟riyatining tarixida yangi sahifa ochdi va
bunga she‟rlarining isyonkor ruhi bilan, umuminsoniy g„oyalarni hayqirib
kuylagani bilan, xalq dardini qimtinmay baralla aytish bilan erishdi»
1
.
Cho„lpon poeziyasi xalqchilligi va milliyligini belgilovchi mavzu, motiv va
jihatlar xilma-xil. Biz ularning ayrimlarini ko„rib chiqamiz, xolos. Masalan,
mutafakkir yashagan davrda yoshlarning savodi va istiqboli, o„zbek xotin-
qizlarining taqdiri masalasi millat va jamiyat oldida turgan eng dolzarb muammo
edi.
Xotin-qizlar olami, taqdiri va nafosatiga bag„ishlangan she‟rlarda Cho„lpon
tabiat mo„„jizasi sanalmish ayollar dunyosi va qalbini nozik did bilan ilg„ab oladi
va shox satrlarga joylaydi. «Sharq qizi», «Men va boshqalar», «Qiz qo„shig„i», «Er
asiralari», «Paranji», «Kelinchak», «Zangbuning qizi» kabi she‟rlar bunga yorqin
misol bo„ladi.
«Sharq qizi»da bahorday tovlanib, o„sib, ulg„ayib, bu jozibali hayotga
entikib, qimtinib, iymanib kirib kelayotgan, Shu bilan birga, peshonasi sho„r, baxti
qaro, quloqlariga bahor gullaridan isirg„a taqqan tortinchoq qizning go„zal siymosi
gavdalansa, «Men va boshqalar»da hayot zarbasidan ko„zi ochila boshlagan,
vujudida allaqanday isyonga o„xshash kechinmalar sezib, portlab ketishga tayyor
pokiza qizning dil nidolari eshitiladi.
«Qiz qo„shig„i»ning ma‟no jihatidan xalq yuragiga yaqinligi, ohang jihatidan
xalq laparlari, termalari ruhida yozilishi, unda o„ksigan ko„ngillarning erkin nafas
olishga bo„lgan intilishlari qush qanotlari singari samoviy parvoz engilligini
eslatadi. «Qiz qo„shig„i» nihoyatda tabiiyligi, sodda va samimiyligi bilan xalq
qalbini zabt etuvchi nihoyatda xalqchil asar:
Ko„z yoshimda yuvsam,
Yurtning bag„rini.
Tilim bilan so„rmas,
Oqqan qonini…
1
Шарафиддинов О. Маънавий камолот йўлларида. -Тошкент: Маънавият, 2001. – 197 б.
65
O„zbek xotin-qizlari taqdiriga xos achchiq haqiqatlar, armon to„la orzular,
hayot sari intiqlik va nazokat tuyg„ulari bu she‟rda o„z ifodasini topgan.
Qizning dardi ichida. U o„zi sevib erga tegmagan. Shuning uchun u oynaga
qarab, o„ziga o„zi mahliyo bo„lar ekan, «Shu erga tegdim, qaddimni egdim,
o„lganim ortiq!» deb iztirob chekadi.
Cho„lponning obraz yaratish mahorati Shunchalik tabiiy va go„zalki, u yuragi
armonga to„lgan kelinchak qiyofasini yorqin tasvirlash bilan barobar uning yuragi
pok va beg„ubor ekanligini, qarg„ish va noroziliklarida o„ziga xos xazilga
yo„g„rilgan, kinoyani eslatuvchi iljayishni ko„ramiz:
Har kuni ertalab,
Bir talay g„azab
Er o„lguridan.
Kunduz nag„masi,
Qayinonasi –
Ko„milguridan …
Bunday sodda va beozor norozilik tuyg„ulari Mutafakkir she‟ridagi
xalqchillik va dardchillikni yanada oshirib yuboradi.
O„zbek xotin-qizlarining chinakam ozodlikka chiqishi, erkin qush kabi
parvoz etishi, o„zining tabiiy go„zalligini paranji ostida yashirmay, ochilib-ochilib
yurishini mutafakkir orzu qiladi, qizlarni, qizga o„xshash juvonlarni ko„klam
chog„i, oy to„lgan, yulduz kulgan kechalarda ko„rishni, ularga bir dasta gul berib,
zavqlarga to„lishini, yulduzlardan nur olib, Shu‟lalarga burkunishini istaydi.
Cho„lpon uchun o„zbek xotin-qizlarining paranji tashlashi, bir tomondan, o„z
tabiiy husnu jamolini namoyish etish, inson sifatida qaddini tik tutish bo„lsa,
ikkinchidan, ozodlikka chiqish, erkinlikni qo„lga kiritish edi.
Cho„lpon 1922 yili betob bo„lib, Buxoro harbiy xastaxonasida davolanadi.
O„sha paytlarda u qator she‟rlar yozadi. She‟rlardagi ayrim ruhiy tushkunlik va
og„ir kayfiyatni bemorlik alomatlari bilan izohlash biryoqlama fikr yuritish bo„lur
edi. Aksincha xuddi mana Shunday xastalik paytlarida inson boshqa vaqtda har
tomonlama o„ylash, fikr qilish va xulosa chiqarishga ulgura olmagan narsalari,
66
hodisalar haqida bir to„xtamga kelishi, yuragiga, ko„ngliga yaqin mulohazalarga
kelishi mumkin. Ba‟zi bir mulohazalar inson umri, niyati va dunyoqarashini
ifodalashda katta ahamiyat va ma‟no kasb etib qoladi. «Kulmak istading»,
«Yotoqdan», «Qizarish» singari she‟rlari, «Og„riganda» she‟rida bildirilgan
«bo„g„iq, qisiq, asabiy bir ko„ngil» tunu kun to„shakda, o„ylar orasida ingrab
yotganday tuyuladi. Mutafakkir «og„ir», «qiyin» bu yotishning so„nggida tong
otishiga umidvor.
Cho„lpon poeziyasining milliyligi yurt osmonidagi qora bulutlarning qonli
yoshlar yog„dirishi va lirik qahramon tasavvurlarining o„lka dardi va tashvishlari
bilan jonlanishini yuksak falsafiy mahorat orqali tasvirlab berishida ko„zga
tashlanadi.
Mutafakkir o„z xalqiga, uning taqdiriga bo„lgan munosabatini chaqiriq va
baqiriq ohanglarda emas, ona yurtning jonkuyar farzandi sifatida o„rtanib, kuyunib,
to„lg„anib izhor etadi. Mana Shunday elga, yurtga pokiza va samimiy muhabbat,
o„z navbatida, xalq mehriga va ardog„iga munosib qo„shiq bo„lib jaranglaydi.
Cho„lponning boy badiiyati xalqimiz tarixi, taqdiri va an‟analari bilan uzviy
bog„liq. Mutafakkirning lirik qahramoni ayrim she‟rlarda xalq bilan yonma-yon
turib kuyub, yonadi, ayrim o„rinlarda o„lka osmonida to„plangan qora
ko„lankalarni chaqmoq yanglig„ tilka-pora qilishga jazm qiladi, boshqa joyda xalq
ijodiyotining qadim-qadim xirgoyilarini yodga soladi. Xalq og„zaki ijodiyotidagi
soddalik, laparlardagi engil yumoristik qochiriq va xazin munglilikdan tashqari
«Devonu lug„otit turk»dagi termalar ohanglarini eslatuvchi misralarni o„qiymiz:
Keng dalada kiyik o„ynar,
Kiyik ko„zin yigit o„ynar,
Kiyik ko„zi ko„ngil tortar,
Oshiq ko„rsa dardi ortar.
To„g„ri, asarning xalqchil bo„lishida mavzu asosiy rollardan birini egallaydi.
Mavzu bevosita xalq va uning taqdiri, yoxud orzu armonlari bilan bog„liq
bo„lmasligi mumkin. Asarni xalqchil va xalq qalbiga yaqin qiladigan omil – bu
mutafakkirning tabiati va talantidir. Ko„z o„ngida xalq va uning falsafiy-falsafiy
67
ideali, ehtiyoji va dardi turgan mutafakkir asariga o„ziga xos yo„l va usul bilan xalq
ruhi, xalqchillik va milliylik nafasi muhrlanib qoladi.
Haqiqiy ijodkor qaysi mavzuni tanlamasin o„z asarining g„oyaviy-falsafiy
yo„nalishini belgilovchi mezon qilib xalq ma‟naviyatini olsa, xalq qalbiga etib
boruvchi tasviriy vosita tillaridan foydalansa chinakam xalqchillik yaratilishiga
zamin hozirlaydi. Dolzarb siyosiy voqealarni she‟rga solish, rasmiy axborotlar va
chaqiriqlar ketidan quvish, xalq nomidan xalqqa qarata qanchalik kuchanib nolalar
qilinmasin bunday asarlar chinakam xalqchillikdan uzoq bo„ladi. Tasvirga
tushayotgan mavzu, lavha, kayfiyat, xayol va hayot xalq ruhi va taqdiriga uzviy
ulangan taqdirdagina yuksak ijtimoiy-tarixiy, insoniy-milliy va falsafiy-falsafiy
ahamiyat kasb etadi.
Masalan, bahor haqida deyarli barcha Mutafakkirlar she‟r yaratishgan. Lekin
Cho„lpon qalamiga mansub bahor taronalari buyuk bir ko„klam simfoniyasi bo„lib
jaranglaydi. mutafakkir bahorning boshlanishini butun olam ko„k libos
kiyaboshlagan ajib bir pallada ko„radi. Endigina oxirgi qorlar erib, er yuragi gup-
gup ura boshlagan, ariqlarda suvlar chuldirab qolgan pallada «ko„klamoyim yo„lga
chiqqan».
Tazod usulida obraz yaratish Cho„lpon ijodida Shunday kuchliki, u jonsiz
narsalarga jon bag„ishlaydi, ko„katlardan til chiqaradi, ariqlardan kuylar oqib
o„tadi, insoniy tuyg„ular eladi-yuguradi. Ana shu tariqa Mutafakkir ijodida poetik
mo„„jiza paydo bo„ladi. Shu bilan birga, tazod usuli xalq og„zaki ijodi an‟analariga,
xalq tasavvuri va obrazlar dunyosiga yaqin va sevimli falsafiy-ma‟naviy xazina
ekanligi qayd etiladi.
Tabiat go„zalliklari, eru osmon bag„riga yashiringan falsafiy gavharlar bir-
birini inkor va iqror etuvchi, tasdiqlovchi va to„ldiruvchi musiqiy aks-sadoday
jaranglaydi:
Ko„klamoyning ipak ko„ylak etaklari sudralib,
Qora erning boshlarini silab-silab keladir,
U silashdan, u siypashdan quvvat olib, kuch olib,
Qora er ham ko„ksidagi oltinlarni beradir.
68
Cho„lpon xuddi musavvir kabi o„z tasavvuridagi «Ko„klamoy» obrazini
Shunday nafis bo„yoqlarda, tashbeh va obrazlarda chizadiki, o„quvchi ko„z o„ngida
butun tabiat er uzra etaklarini sudrab kelayotgan go„zal kelinchak bo„lib
gavdalanadi va natijada «Ko„klam keladir!» she‟ri mutafakkirning romantik ehtiros
bilan yaratilgan benazir mo„„jiza asari bo„lib qoladi.
Bu she‟rning xalqchilligi bahor fasli bilan bog„liq xalq ruhi va dilida nish
uradigan, uyg„onadigan va chapak chalib gullaydigan quvonch, zavq-shavq,
muhabbat tuyg„ularini mahorat bilan ifoda etilishida ko„rinadi.
Har qanday Mutafakkir, avvalo, tirik odam. Uning ham boshqalar kabi dardi,
tashvishi, quvonchu zavqi mavjud. Uning-da ideali bor, intilish va orzu umidi
mavjud, faqat mutafakkir idealining farqi shundaki, uning falsafiy-falsafiy ideali
ijtimoiy – ideali bilan, ijtimoiy ahvoli falsafiy niyati bilan chirmashib ketgan
bo„ladi. Birini ikkinchisisiz tasavvur etib bo„lmaydi. Ijtimoiy ideal mutafakkir
falsafiy idealining hayotiylashuv, insoniylaShuviga yordam beradi. Falsafiy ideal
esa iloji boricha ijtimoiy idealni go„zallashtirishga harakat qiladi.
Mutafakkirning falsafiy ideali uning barcha asarlarida bevosita yoki bilvosita
aks etadi. Shuning uchun san‟atkor hayoti va dunyoqarashini uning asarlari
mazmuni, yo„nalishi, ohangi va ruhidan sezish mumkin. Mutafakkir falsafiy
idealining ro„y-rost ifodalanishi o„lka jamoli va xalq kamoliga bog„liq. Vatan obod
va ozod – mutafakkir qalbi chapak cholg„uchidir, o„lka osmoniga bulut qo„nsa,
mutafakkir qalbi yum-yum yig„laguvchidir.
«Qalandar ishqi» g„azalini mana Shu tarzda o„qish falsafiy asarga biryoqlama
qarash va o„ta zamonaviylashtirishdir. She‟rga bugungi kun ijtimoiy-siyosiy muhit
talablaridan kelib chiqib emas, o„z ichki falsafiy-falsafiy mohiyati nuqtai nazaridan
yondashadigan bo„lsak, unda real va hayotiy insoniy kechinmalar to„lqiniga duch
kelamiz.
She‟rda xazil bir o„ksinish kayfiyati hukmron. Lirik qahramon o„z muhabbati,
sevgisi tufayli chuqur iztirobga tushadi, o„zi bilan o„z gaplashayotganday, o„z
ruhiyatida sodir bo„lgan kayfiyatlar sababi va oqibatini tushunib etishga harakat
qilayotganday tuyuladi. Lirik qahramon o„z ahvolini sirtdan emas, go„yo
69
ichkaridan kuzatib borayotganday, o„z ma‟naviy dunyosida kechayotgan
hodisalarga javob izlayotganday bo„ladi.
She‟rni o„qigan odam tasavvurida majoziy va ramziy obrazlar emas, aniq va
jonli inson iztiroblari gavdalanadi.
Mutafakkirning mahorati shundaki, u so„z o„yini, raqsi va jozibasini xazin
tuyg„ularga o„ralgan ramzlar bilan barobar olib boradi, she‟rning har bir bandi xalq
tasavvuri va milliy tafakkur jilolari bilan yoritilgan. Unda sharq poeziyasining
botiniy mazmunini belgilovchi, poetik ishoralar orqali ifodalanuvchi ichki hayot,
ma‟naviy poklik va imonli iqror tuyg„ulari mujassamlashgan. Garchi g„azal obrazli
mubolag„a va falsafiy-falsafiy tavsiflar bilan to„la bo„lsa-da, u nihoyatda
hayotiyligi va xalqchilligi, milliyligi bilan ajralib turadi. O„quvchi ko„z o„ngida
afsonaviy yohud xayoliy muhabbat emas, hayotiy va ma‟naviy yuksaklik bilan
yo„g„rilgan sevgi iztiroblari o„z ifodasini topgan.
Cho„lpon she‟riyatida lirik qahramonning nozik, kamtarin va ulug„vor ruhiy
evrilish holatlari aks etadi. Uzoq-uzoqlardagi yulduzlar, mungli nur bag„rida
to„lg„ongan oy, tong sabosining sirli shivirlashi, bahor elchilari – ko„m-ko„k
maysalarning mastona-mastona tebranishi va hokazolar hayotiy, ayni choqda,
ilohiy go„zallik ramzi bo„lib tasvirlanadi. Lirik qahramon ulug„vor tuyg„ularga
burkangan inson qiyofasida gavdalanadi. Xayoliy olamdagi hayotiy go„zallikni
ko„rish, oddiylikda ilohiy bir ulug„vorlikni sezish, tuyg„ular samimiyatidagi
tantilik va hayot nash‟asidan erkalanish ohanglari Cho„lpon poeziyasi
xalqchilligini belgilovchi asosiy g„oyaviy-falsafiy leytmotivga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: |