1.3.
Abdulhamid Cho„lpon falsafiy dunyoqarashi shakllanishining
ob‟ektiv shart-sharoitlari
Cho„lpon tabiat go„zalligining qadriga etish, unga oqilona va odilona
munosabatda bo„lish qanchalik zarur bo„lsa, millatlar va xalqlar o„rtasidagi
munosabatda ham noziklik, adolat bo„lishini istaydi. Shubhasiz, uning bu fikrlari
20-yillarda osmondan tarasha tushganday tuyulgan edi.
«Ko„gard vodiysi» maqolasida Jalolobodga chiqqan sayohat taassurotlarida
ijtimoiy, demografik muammolarni ham o„rtaga tashlaydi. Mutafakkir ta‟biricha,
Jalolobod qishlog„i yoki shaharchasining kun chiqish biqinida baland adirlar bor.
O„shalarning bir chekkasidan chiqib yotgan «dardga davo» buloqlar, burungi chor
hukumatining diqqatini yaxshigina jalb qilgan edi. Chor hukumati u joyni yaxshi
va mukammal bir sayfiyya (kurort) ga aylantirib, shimol va g„arbning olifta boy
bolalari uchun ham shifo manbai, ham fahsh uyasi qilmoqchi edi. Birinchi jahon
urushi boshlanishi bilan, Cho„lpon so„zi bilan aytganda, tor millatchi o„rus
muharrirlari sayfiyya (bop joylar) Kafkaziya, Qrim va Turkistonda ko„p ekanligini,
ana Shu erlarni o„zlashtirib foyda olish ma‟qul ekanligini yozganlar. «O„rus
millatchisining Shu maqolasini, – deb yozadi Cho„lpon, – 1914-1915 yillarda
o„qigan bo„lsam ham u vaqtda uning chin ma‟nosiga uncha tuShunmagan edim.
Oradan o„n yil qadar vaqt o„tdi. Rossiyada ulug„ o„zgarishlar bo„ldi.
«Vatanparvarlik», «millatchilik» kabi so„zlarga boshqacha ma‟nolar berildi. Endi
yuqoridagi maqolalarning ma‟nosi ham bizga butun ochiq va yopiq jihatlari bilan
birga yaxshi anglanadi. Ayniqsa, «Qiz buloq» degan buloqning yonida turib
Ko„gard vodiysiga nazar solsak, unda qator chizilib ketgan o„rus qishloqlarini
34
ko„rsak… maqolaning mafkumi yana ham ochiq fahmlanadir. CHor hukumatining
muhojarat (ko„chirish) idorasi chinakam iqtidorli kishilar qo„liga topshirilgan edi.
Bu atrofda, fikrimcha, Shu Jalolobod, Ko„gard vodiysidan unumlik tuproq
bo„lmasa kerak. Shu joyga eng katta muhojir qishloqlari solingan, eng qora
muhojirlar o„rnatilgan… o„sha muhojir qishloqlarning o„rtasida yarqirab ko„ringan
haybatlik butxona qubbalari… chor hukumatining niyat va irodasini ko„rsatib
turadi…»
1
.
Cho„lponning 1924 yili yozgan bu so„zlari nainki o„zining jasoratligi bilan,
ayni choqda, bashoratligi bilan ham kishini hayratga soladi. Chor hukumatining
chekka o„lkalarga o„ylamay-netmay xalqlarni ko„chirishi, bir tomondan,
mustamlakachilik siyosatining yorqin ifodasi bo„lsa, ikkinchi tomondan, hozirgi
payt millatlararo nizolarning kelib chiqishiga ham sabablardan biri sifatida
qaralmog„i kerak.
Cho„lpon dunyoqarashi insoniyat ilg„or tafakkuri ta‟sirida, jonajon o„lka
tabiati va qishloqlari, turmush tarzi, hayoti va faoliyati ta‟sirida, o„z davri ijtimoiy,
siyosiy, falsafiy falsafiy qarashlarining gumanistik va vatanparvarlik irmoqlari
ta‟sirida shalkllandi va rivojlandi. Cho„lpon hech qachon tor va cheklangan holda
fikr yuritmagan. U keng va ochiq tafakkurni, erkin va ozod milliy yuksalishni,
ma‟rifat va madaniyat orqali hayotni go„zallashtirishni orzu qildi, Shu yo„lda
tinmay faoliyat ko„rsatib, ijod qildi. Cho„lpon o„z sayohatnomasini quyidagi
so„zlar bilan yakunlaydi: «Shu kalta sayohatning natijasida ko„p narsalarni ko„rdik.
5-6 yillik buzg„unlik tarixini joy-joyida varaqlab, o„qib ko„rdik. Buzg„unlik
haqiqatdan juda kuchlik. Buzg„unlikni yo„q qilib, yiqilg„onni tiklash uchun juda
zo„r kuchlar, tuganmas g„ayratlarga ehtiyoj bor. Yurt – buzulg„on. Lokin uning
munbat tuprog„i ko„chib ketgani yo„q, joyida. U tuproq orqali yana yurtning
yashnatmak siz va bizning qo„limizda, hurmatli o„qug„uvchilar»
2
.
Shaxsga sig„inish, sinfiy kurash g„oyalari avj olgan bir davrda «Millatchi» va
«xalq dushmani» degan siyosiy tamg„alar yopishtirilgan Cho„lponning sof va
1
Чўлпон. Яна олдим созимни. –Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1994. -103 б.
2
Чўлпон. Вайроналар орасида. Нашрга тайѐрловчи: Жўра Худойбердиев. «Халқ сўзи» газетаси, 1991 йил 4 -
май.
35
beg„ubor orzulari parvoziga imkoniyat berilmadi. Lekin Cho„lponning ayrim
maqola va ocherklari uning dunyoqarashi, falsafiy tasavvurlari va go„zallik
haqidagi tuShunchalari xalq turmush tarzi, ona yurt nafosati va milliy-ma‟naviy
qadriyatlar asosida shakllangani va Shu qadriyatlarni yana ko„paytirish, boyitishga
qaratilganidan dalolat beradi. U milliy falsafiy va ma‟naviy qadriyatlarni
umumbashariy go„zalliklar va qadriyatlar darajasiga ko„tarishni maqsad qilgan. Bu
sohada o„zi o„rnak bo„lgan mutafakkirlardan biri edi. Uning, ayniqsa, turli xalqlar
tili, madaniyatidan voqif bo„lishi bunga yaqqol misol bo„ladi.
Har bir ijodkor dunyoqarashining markazida uning go„zallik haqidagi
tushunchasi va falsafiy ideali yotadi. Ana Shu go„zallik ramzi, obrazi uning barcha
badialarida yarq etib ko„zga tashlanadi. Cho„lponning go„zallik va ilhom manbai –
bu qadrdon o„lka tabiati, odamlari va ularning taqdiri. Uning go„zallik tuShunchasi
ana Shu o„lkada etilgan, bu o„lka tabiati qo„ynida emin-erkin nafas olib, Shu o„lka
odamlari yo„liga payondoz bo„lgan.
Cho„lponning sevimli va doimiy go„zallik timsoli bo„lgan obrazlari bor:
yulduz, oy, kun va tun, daryo, tog„ va buloqlar, maysa, dengiz, yaylovlar, yaproq,
kapalak va qor uchqunlari. Bu obrazlarning barchasi birin-ketin yo Mutafakkir
yuragida tug„ilgan hasrat va erkinlik armonini, yo mash‟um daqiqalardagi iztirob,
o„ksinish yoki tug„yon charxpalagini, yo sokin, orombaxsh lazzat shavqini ifoda
etadi. Tabiat ne‟matlari birgalikda Mutafakkirning falsafiy idealini, nafosat
tuyg„ularini belgilaydi. Cho„lpon «Borliqning tamomi shakli»dan zavq oldi, uni
go„zallik deb bildi. Misol tarzida uning «Barg» she‟rini eslash mumkin.
Mutafakkirning doimo muhit iskanjasida, xayolot og„ushida bo„lgan nigohi birdan
jonlanib, yasharib, yashnab ketadi, ko„ngli samoviy erkinlik tuyadi. Yuragi kun
kabi charaqlab g„amni quvganday, umid uchqunlari vujudiga chirmasha boshlaydi.
Mutafakkir borlig„ini o„zgartirib, ko„ziga dunyoni keng va go„zal etgan narsa
nima? Tabiat qo„ynida, bog„ning ichida hamma narsa ko„kargan, yashnagan,
quyosh nurini hovuchlab tashlagan. Ariqda o„ynoqi suvlar shiviri, shohlarda
uxlagan barglar nafasi, shamolning ipakday mayin kulishi, gul o„pib mastona
kapalak turishi – bularning barchasi Mutafakkir qalbida go„zallik uyg„otuvchi
36
xislatlardir. U shamolning ham, kapalak va qo„ng„izning ham erkin, baxtiyor
bo„lishini istaydi. Oltin qo„ng„izni bolalar ushlab, oyog„iga ip bog„lab, uchirib
o„ynaganlarida Mutafakkir erkinligini yo„qotgan tilla qo„ng„izga achinadi.
Mutafakkir uchun go„zallik – o„z umri, hayoti bilan qoyaday serviqor turg„uvchi
tabiat va insondir. Ana Shuning uchun u ko„klardan malaklar qiz bo„lib tushsa
ham, o„t bo„lib qo„yniga kirib ketsa ham, farishta malakni o„pishdan ko„ra butoqda
titragan bir bargni bag„riga bosishni, uni sevib o„tishni yoqtiradi.
Cho„lpon tasavvurida go„zallik xayoliy tasavvur, tuShuncha emas, har
damda, har yonda uning ko„zlariga zavq, ko„ngliga quvonch hadya etuvchi ona
tabiat va uning ne‟matlaridir.
Cho„lpon bahorga bo„lgan alohida muhabbatini yashirmaydi, aksincha, takror
va takror qayd etadi. Lekin u romantik Mutafakkir sifatida bir qo„noq to„rida qolib
ketmaydi, bir qo„shiq quliga aylanmaydi hech. U turlanuvchi olam bag„rida
tovlanuvchi go„zallikni ko„ra biladi. Mutafakkirning o„zi e‟tirof etganday, u na
kuzdan, na qishdan yuz o„girmadi, har qaysisidan ko„ngliga ovunchoq topadi.
Mutafakkir hayotning milliy turli-tuman ko„rinishlarida go„zallik ko„rdi,
ulardan erkin quvonch olishga intildi. Shu bilan birga Cho„lponning go„zallik
tuShunchasini to„ldiruvchi xunuklik haqidagi tasavvurlari ham borki, bu narsa,
avvalo insonni tushovlovchi muhit, ijtimoiy kishanlar, eski odat, ko„nikmalar
tarzida namoyon bo„ladi. Masalan, uning «Chechak» she‟ri yana «bir kechaning
esdaligi» deb ataladi. Unda go„yo yangigina yaproq yorib chiqqan chechakning
besh-olti kun odamlarga tansiq bo„lishi va biron tentak tomonidan uzib uloqtirilishi
tufayli oyoq ostida toptalib, ezilib ketishidan Mutafakkir achinayotganday
tuyuladi. Gul besh-olti kun ko„kraklarda «Men go„zalman, chiroyliman» deb
maqtanib yurgach, erga tushib so„ladi, sarg„ayadi, o„lim tusli rangga kiradi.
She‟r «Bir kechaning esdaligi» deb bejiz aytilmagan. Go„zallikning bir
kechali ermak mash‟ali xunuklikning abadiyat zulmati bilan egizak ekanligi
ta‟kidlanadi. Mutafakkir nazdida go„zallik lahzali safo, bir kechali farog„at emas,
axloqu
odob,
tanqis
erkinlik
tuyg„usini tuyish ifodasidir. Cho„lpon
dunyoqarashining gumanistik, falsafiy mag„zi ana Shunda.
37
Bu fikr Mutafakkirning «Satang» she‟rida yanada jozibali ifodalangan.
Cho„lpon xuddi rassom kabi o„ziga oro beradigan, bir kechalik go„zallik ramzi
bo„lgan satang ayol portretini chizadi. «Go„zal» yuzlarida boshqa qizlardek tubsiz
qayg„ularning izlari emas, erka tannozlarning to„lqin chehralaridagi o„ynoqi
sho„xlik barq uradi.
Cho„lpon satang jamolini ta‟riflab, uning go„zalligini ulug„lab, tomirlarida
qon uvishgan yigitlarga jon ato etuvchi pari obrazini chizib kelib, she‟rni
yakunlaydi:
Qizil yuzlarida ikki gajakcha…
Ayniqsa, ko„p ko„rkam bo„lgan bu kecha!...
Bu satrlardan so„ng o„quvchi tasavvurida paydo bo„lgan go„zal siymo birdan
hurkigan qush kabi uchib ketadi, uning ko„z oldida, tasavvurida xunuklik, tubanlik,
benomuslik timsoli namoyon bo„ladi. Binobarin, Cho„lpon dunyoqarashi poklik,
haqiqiy go„zallik va milliy axloq-odob sarchashmalariga borib ulanadiki, natijada
uning axloqiy ideali tabiiy va chinakam insoniylikni, jismoniy va ma‟naviy
kamolotni talab etadi. Demak, Cho„lponning dunyoqarashi ezilgan, xo„rlangan,
vayronaga aylangan o„lkaning ijtimoiy muhitida o„z xalqi va o„lkasini ozod ko„rish
istagi, mustaqillik orzulari tarzida shakllandi.
Cho„lpon dunyoqarashida Sharq va G„arb xalqlari, mamlakatlari erishgan
madaniy merosni birlashtiruvchi, ayni choqda, o„z xalqi ma‟naviyatini
yuksaltirishga qaratilgan ulkan jasorat va e‟tiqod mavjud edi. U o„z xalqining
hassos mutafakkir va jonkuyar mutafakkiri sifatida voqelikka, millat taqdiri va
istiqboliga bo„lgan munosabatini romantik uslubdagi asarlarida ifoda etdi. O„zi
ham romantik kayfiyatga, parvozga, ulug„vor orzularga molik san‟atkor sifatida
hayot, tabiat, inson go„zalligidan zavq oldi. Dunyodagi eng katta baxt – inson
erkinligi va Vatan ozodligi, deb bildi.
Cho„lponning insonparvarlik, ma‟rifatparvarlik va erksevarlik g„oyalari bilan
sug„orilgan dunyoqarashi uning nazariy-falsafiy qarashlarida, yangi professional
o„zbek teatrini shakllantirish borasidagi faoliyatida, sermazmun va falsafiy yuksak
asarlarida o„z ifodasini topdi.
|