1. Harbiy gigienaning maqsadi nima



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix11.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#128456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Harbiy gigiyena (YN) savollariga javoblar

1. Harbiy gigiena fanining asosiy vazifalari nimadan iborat 
O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi buyruq va direktivalari va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni 
saqlash vazirligining SanQvaM riga muvofiq tashkil qilinadi va olib boriladi. Fanni o’qitishdan maqsad harbiy 
gigiyenaning nazariy va amaliy masalalari bo’yicha talabalarni tayyorlashdir. Fanning asosiy vazifasi: 
talabalarni suv ta’minoti manbalarini tekshirish va sanitariya epidemiologik razvedkani olib borish 
ko’nikmalari, dala ovqatlanish punktlarini, shuningdek, boshqa front orti harbiy texnik obyektlarini har xil 
jangavor sharoitlardagi faoliyatini, oziq-ovqat mahsulotlari va suvni sanitariya-kimyoviy ekspertizasi, dala 
sharoitida suvni tozalash, zararsizlantirish usullari, oziq-ovqat mahsulotlari va suvni radioaktiv, zaharlovchi 
birikmalar bilan zararlanganda dezaktivatsiya va degazatsiya qilish ko’nikmalari bo’yicha o’qitishdan 
iboratdir.
2. Harbiy xizmatchilar ovqatlanishining ahamiyati 
Oqilona ovqatlanish harbiy xizmatchilarning salomatligini saqlash va mustahkamlash, shuningdek qo'shinning 
jangovarlik holatini oshiruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Harbiy qismlarni to'la qiymatli oziq-ovqat 
mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash, issiq ovqat tayyorlash va tarqatishni tashkil qilish oziq-ovqat xizmati 
mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Harbiy-tibbiy xizmat vakillarining vazifasi esa, ovqat mahsulotlari 
va tayyorlangan ovqatlarning miqdori va sifat ko'rsatkichlari bo'yicha to'la qiymatli ekanligini, shu jumladan
parhezli va davolovchi profilaktik ovqatlarning to'la sifatliligini nazorat qilish, ovqatlarning zararsizligini, oziq-
ovqat xizmatiga doir obyektlarda sanitariya tartibiga rioya qilinishini, ovqatxonalar xodimlarining salomatlik 
holatlarini tekshirishdan iborat bo'ladi. Non mahsulotlarini tayyorlash obyektlaridagi xodimlarning va kunlik 
naryad bo'yicha yordam beruvchi xizmatchilar salomatligini nazorat qilishdan iboratdir. Tibbiy xizmatdagi 
zobitlar bundan tashqari harbiy qismlar va gornizonlarni tez buzuluvchi mahsulotlar go'sht, baliq, sut va sut 
mahsulotlari, non mahsulotlari va b. bilan ta'minlovchi turli tashkilotlar tarkibidagi oziq-ovqat korxonalarining 
ishini joriy sanitariya nazoratidan o'tkazishda ishtirok etadilar. Malakali tibbiy nazoratni o'tkazishni faqat 
gigiyena, ovqatlanish fiziologiyasi va bioximiyasi, ovqatlarni tayyorlash texnologiyasi elementlari, oziq-
ovqatlarni sanitariya tekshiruvlaridan o'tkazish hamda sanitariya nazoratining huquqiy asoslariga doir 
bilimlarga ega bo'lgan taqdirdagina to'liq amalga oshirish mumkin. Joriy sanitariya nazoratining 
samaradorligi, agar u laboratoriya tekshirishlari natijalariga asoslangan bo'lgandagina yuqori boʻladi. 
3. Qanday payok turlari mavjud? 
1 askar uchun 1 kecha-kurtduzga moʻijallangan ovqat mahsulotlarining miqdori va sifat tarkibiga aytiladi. 
Buni oddiy ko‘rinishda askar payogi deb nomlanadi. Payoklar har xil turga bo‘linadi: 
1-qozonga doir payoklar ya’ni issiq ovqatlar;
2-quruq payoklar – issiq ovqat tayyorlash sharoiti bo‘ Imaganda beriladigan ovqat mahsulotlari;
3-qo‘shimcha payoklar – havo desant qo’shinlari, yuqori tog‘li tumanlarda xizmat qiluvchilar, uchuvchilar 
tarkibi, zobitlar tarkibi, suv ostida xizmat qiluvchilar kabi.
Umuman olganda MDH mamlakatlaridagi harbiy xizmatchilarni ovqatlantirish uchun 40 yaqin payoklardan 
foydalaniladi, shu jumladan 11 tasi asosiy ovqatlar (qozon ovqatlari), 8 ta qo‘shimcha va 19 turdagi quruq 
payoklar. Bular ichida eng asosiysi, asosiy payok hisoblanadi. Bu payoklarni ishlab chiqishda quyidagi asosiy
tavsiyanomalar inobatga olingan:


- kunlik ratsionning energetik qiymati -4112 kkal;
- oqsillar 106 gr;
- yog‘lar 93 gr;
- karbonsuvlar 687 gr;
- vitaminlar “C” – 70 mgdan kam bo‘lmasligi, “A” -1,5 mg, “B1” va “B2” – 2 mg, “PP” – 15mg, fosforlar – 2525 
mg, kaltsiy - 670mg, temir -28mg (MV 1990-yildagi №445 Buyrug‘i).
№4-Билет

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin