2. Dala sharoitida suv va ovqat mahsulotlarini RM va ZM bilan zararlanganligini
ekspertizadan o’tqazish
Dushmari tomonidan ommaviy qirg‘in qurollari qo‘llanilgan sharoitda tibbiy xizmat xodimlarining vazifalari
yanada murakkablashadi,
chunki ovqat mahsulotlari RM, ZM. Bakterial vositalar bilan zararlanganligini
ekspertizadan o‘tkazish lozim bo‘ladi. Agar mahsulotlar zararlangan bo‘Isa, ularni ishlatilishi mumkinligi
haqida biror qarorga kelish lozim bo‘Iadi va bu mahsulotlami to‘liq maxsus ishlovdan o‘tkazilishini nazorat
qilish talab etiladi. Maxsus ishlovdan o‘tkazish tadbirlari maxsus ishlovdan o‘tkazish punktlarida (PSO) amalga
oshiriladi. Mahsulotlami radioaktiv moddalar bilan zararlanganligi ekspertizadan o‘tkazishda
shu narsaga
e’tibor berish lozimki, zararlanish yuzaki, miqdoriy va hajmiy bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga tarkibiy
zararlanish ayniqsa non va tuz uchun juda xosdir. Bunday holat shu mahsulotlarning sekin parchalanuvchi
neytronlarni o‘ziga yutishi natijasida sun’iy radioaktivlikka aylanib qolishi tufayli yuz beradi. Hosil bo‘lgan RM
larning yarim parchalanish davri juda qisqa, shuning uchun bu mahsulotlami dezaktivatsiya qilish, ularni vaqt
orqali ushlash natijasida amalga oshirilishi muvofiq. Boshqa turdagi zararlanishga keladigan bo‘lsak, ularni
dezaktivatsiya qilish masalasi haqida faqat zararlanish kategoriyasini hisobga olgan holda xal etiladi:
mahsulotlar zararlovchi moddalar bilan RED (PDU) dan ortiq bo‘lgan sharoitlarda,
ular dezaktivatsiya
qilinmaydi, balki yo‘qotiladi yoki uzoq muddatli saqlash uchun maxsus omborxonalarga joʻnatiladi. Ovqat
mahsulotlari ZM bilan zararlangan bo‘lsa, zararlanshish darajasi kam yoki o'rtacha zararlanish darajasida
bo‘lsagina dezaktivatsiyadan o‘tkazilishi mumkin. Kuchli zararlangan mahsulotlar dezaktivatsiya qilinmaydi,
balki yo‘qotiladi. Ovqat mahsulotini ekspertizadan o’tkazishni veteranariya vrachi qism vrachining komissiya
a’zosi sifatida ishtirokida yoki ixtisoslashtirilgan laboratoriyada amalga oshiradi.
Organoleptik va fizika-
kimyoviy ko‘rsatkichlami laboratoriya tekshirishlaridan o’tkazilgandan so‘ng bayonnoma toʼldiriladi,
mahsulotning sifati haqida yakuniy xulosa beriladi va bu haqda qism komandiriga malumot beriladi