1. Harbiy gigienaning maqsadi nima



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix11.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#128456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Harbiy gigiyena (YN) savollariga javoblar

1. Dala sharoitida suv taminoti manbalarini tanlash 
Dala sharoitida, suv-ta’minot predmeti boʻlib qolganda tibbiy xizmat xodimi suv ta’minotining hamma 
bosqichlarida faol ishtirok etishi kerak, ya’ni suv manbaini qidirishdan tortib, to uni tarqatishga bo’lgan barcha 
bosqichlarda qatnashadi. Shuning uchun vrach o'zining vazifalarini aniq bilishi va ulaming muayyan suv 
manbalarini razvedka qilish sharoitlarida bajara olishi kerak. Dala sharoitida ham xuddi qo'shinlarni statsionar 
joylashtirilgandagi kabi suv barcha gigiyenik va fiziologik ehtiyojlar uchun sarflanadi, ammo uning sarflanish 
miqdori keskin kamayadi, chunki dala sharoitida suv manbaini topish, suvni tozalash va zararsizlantirish 
hamda iste'molchilarga yetkazish kerak bo'ladi. Xo'jalik-ichimlik maqsadlari uchun ishlatiladigan suv faqat suv 
ta'minoti punkti orqali olingan suvdan foydalanishni talab etadi. Suv ta'minoti punktini (STP) tashkil qilish 
uchun rotalarda, brigadalarda yoki boshqa turdagi qo'shin turlarida yaroqli suv manbaini razvedka qilish 
tashkil etiladi. Uning bevosita tashkilotchisi injenerlik xizmatining boshlig'i hisoblanadi, front ichkarisidagi 
bo'linmalarda esa, front ichkarisi bo'yicha komandir yordamchisi hisoblanadi. Razvedka guruhi tarkibiga 
injenerlik xizmatidan tashqari kimyoviy va tibbiy xizmat xodimlari ham kirishi kerak. Suv manbaini razvedka 
qilishdan asosiy maqsad suv manbasi borligini aniqlash, uning sanitar va texnik holatini baholash, STP ni 
tashkil qilish va undan foydalanish. mumkinligini aniqlashdir. Injenerlik xizmati boshlig'ining vazifasiga suv 
manbaining texnik holatini o'rganish (manbaning debiti, unga borish yo'llari bor-yo'qligi, mahalliy qurilish 
materiallarining bor-yo'qligi. STP ni qurish uchun joy tanlashdan iborat) kiradi. Kimyoviy xizmat xodimi 
kimyoviy va radiatsion razvedkani o'tkazish uchun zaruriy vositalarni beradi va harbiy xizmatchilarga 
beriladigan suvning sifatini nazorat qiladi. Tibbiy xizmat vakili suv manbaini razvedka qilishda quyidagi 
vazifalarni bajarishi shart: suv manbaini razvedkadan o'tkazish uchun kuch va vositalarni ajratadi, manbadan 
suv olish nuqtasi va suv ta'minoti punkti joylashgan hududda sanitar-epidemiologik holatini doimiy nazorat 
ostiga oladi, harbiy xizmatchilarga xo'jalik va ichish uchun tarqatilayotgan suvning sifatini nazorat qilishni 
tashkil qiladi, suv iste'mol me'yorlariga asosan tarqatiladigan suvning miqdorini nazorat qiladi, suv olish 
nuqtasi va suv ta'minoti punktidagi xizmatchilarning salomatligini tibbiy nazoratdan o'tkazib boradi, qismdagi 
xizmatchilarning shaxsiy suv zaxiralarini zararsizlantirish vositalari bilan ta'minlaydi. Ta'minot bo'yicha qism 
komandirining yordamchisi suv ta'minoti punktida tozalangan va zararsizlantirilgan suvlarni qism 
jangchilariga o'z vaqtida yetkazib berishni ta'minlaydi va harbiy qism joylashgan joydagi suv manbalarini 
razvedkadan o'tkazadi.
Suv manbasini tanlash va suv ta’minoti puktini tashkil qilish, avval o’tkazilgan razvedka ma’lumotlari asosida 
harbiy qism shtabi tomonidan tashkil qilinadi. Uning bevosita rahbari esa injenerlik xizmatining boshlig’I 
hisoblanadi, qismdagi bo’linmalarning joylashgan hududlarida, harbiy qism ichkarisi bo’yicha esa komandir 
yordamchisidir. Uzluksiz o’tkaziladigan razvedka razvedka qiluvchi injenerlik xizmatining dozorlik guruhlari 


zimmasiga yuklatiladi. Bu guruhning tarkibiga kimyoviy va tibbiy xizmat vakillari kiritiladi. Bunda tibbiy xizmat 
xodimi zimmasiga suvning sifatini baholash va undan foydalanish haqida xulosa chiqarish vazifasi yuklatiladi. 
Razvedka guruhi tomonidan suv manbai va undan foydalanish haqida to’plangan barcha ma’lumotlarni 
injenerlik xizmatining boshlig’I va qism komandirining ta’minot bo’yicha boshlig’I toʻplaydi. To’plangan 
ma’lumotlar haqida qism komandiriga axborot beriladi. 
Razvedka joyning sanitar holatini ko’rishdan boshlanadi va manbadagi suvni zaharlovchi moddalar, radioaktiv 
moddalar (ZM, RM) va bakterial vositalar (BV) bilan ifloslanishi mumkin bo’lgan o’choqlarini aniqlaydi. 
Ifloslash o’choqlari suv manbaiga yaqin joylashgan hojatxonalar, axlat to’kish va ularni koʻmish joylari, 
qabristonlar, ko’milmay qolgan murdalar va boshqalar boʻlishi mumkin. Ifloslanish izlari yoki ZM, RM va BV 
zararlanish belgilari topilgan taqdirda, shu suv manbai foydalanish uchun yaroqsiz deb topiladi va manba 
atrofiga yaroqsiz degan belgilar qo’yilishi kerak. Bunday manbalardagi suvdan foydalanishga, uni tozalash, 
zararsizlantirish va suvning sifati haqida laboratoriya tekshirishlari natijalariga asosan foydalanish mumkinligi 
to’g’risida xulosa chiqarilgandan so’ng ruxsat etiladi. 
Manbaning sanitar xavfsizligi haqida tashqi belgilar bo’lmasa, manbadan suv namunasi olinadi va joyning 
o’zida uning sifatliligining ayrim ko’rsatkichlari aniqlanadi. Bular qatoriga suvning organoleptik, fizikaviy 
xossalari va suvning organik moddalar bilan ifloslanish ko’rsatkichlari kiradi. Laboratoriya tekshirishlarini 
o’tkazish uchun suv namunasini qirgʻoqqa yaqin boʻlgan suvning ustki qismidan, quduqlardan esa, uning 
ichidagi suvni aralashtirilgandan so’ng, tubidan olinadi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin