3. Harbiylarni tibbiy taminlash deganda nimani tushunasiz
Harbiy tibbiyotga yuklatilgan vazifalar va shundan kelib chiqib jangchilarning tibbiy ta’minlashda
profilaktikaga oid vazifalar muhim o’rinni egallaydi. Harbiylarni tibbiy ta’minlash, ularning jangovarlik
qobiliyatini saqlash va sog’ligini mustahkamlash (bu harbiy gigiyenaning vazifasi),
qismda kasallikni kelib
chiqishining oldini olish (bu harbiy gigiyena va epidemiologiya vazifasi) va o’z vaqtida tibbiy xizmat ko’rsatish
(bu tibbiy-ta’minotni tashkil qilish va harbiy dala terapiyasi va xirurgiyasi vazifasi) harbiy gigiyenaning
vazifasidir. Shunday qilib, harbiy gigiyena asosiy profilaktik yo’nalishdagi Qurolli
kuchlar shaxsiy tarkibi
salomatligining o’zgarish qonuniyatlari, uni yaxshilash yo’li va usullari, shuningdek kasalliklarning oldini olish
choralari to’g’risidagi bo’limdir. Harbiy gigiyenaning asosiy maqsadi askar va ofitserlarning jangovarlik
qobiliyatini
yuqori darajada saqlash, tekshiruv quroli esa harbiy xizmatchilarning salomatlik darajasini tashqi
muhit omillariga bog’liqligini aniqlovchi qonuniyatlar hisoblanadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun harbiy
gigiyena bo’limi ofitser, askar va matroslarning yuqori jangovarlik qobiliyatini muhim asosi bo’lgan, harbiy
qismlarda sog’lom ishlash va yashash sharoitlarini ta’minlaydigan qoidalarni ishlab chiqadi.
№5-Билет
1.Harbiy xizmatchilar ovqat rattsioniga qo’yiladigan gigienik talablar
Taomnomaga bo‘ lgan quyidagi gigiyenik talablar asosida amalga oshiriladi:
1. Kunlik ovqat ratsionining energetik qiymati haftaning ayrim kunlari bo‘yicha ovqatlanish payogi
me’yorlaridan u yoki bu tarafga 300-400 kkal gacha o‘zgarishiga ruxsat etiladi.
2. Tayyorlangan ovqat o‘z tarkibida oqsillar, yog‘lar, karbonsuvlar, vitaminlar va mineral tuzlarning ko‘zda
tutilgan me ’yorIarini tutsin.
3. Ovqat kun davomida to‘g‘ri taqsimlangan boʻlsin (kunlik
energetik qiymatning foizlardagi nisbatida)
4. Tayyorlangan ovqat xilma-xil boʻlishi kerak. Bir turdagi ovqat hafta davomida boshqa qaytarilmasligi lozim,
bundan faqat harbiy xizmatchilar sevib iste’mol qiladigan taomlar mustasnodir.
Bir kun davomida ikki
turdagi, ammo bir xil mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlaming qaytarilishi ham mumkin emas.
5. Oshqozon shirasini haydaydigan ovqatlar (Rassolnik, shi, borsh, vinegret, qovurilgan kartoshka) neytral
ovqatlar bilan almashinishi kerak (ugra oshi, yormali o^.'qatlar).
6. Katta hajmga ega bo‘lgan ovqatlar tushlikda beriladi. Ularni nonushtaga ham berishga ruxsat etiladi ,
ammo har kuni emas.
7. “C” gipovitaminozning oldini olish maqsadida qish faslining oxiri va bahorning boshlarida taomnoma
tarkibiga iloji boricha katta miqdorlarda tuzlarigan va hom karamli ovqatlarni yoki ko'katlami qo‘shish tavsiya
etiladi.
8. Taomnomani tuzish va issiq ovqatlarni tayyorlashda albatta askarlarning milliy anʼanalarga
rioya qilish
kerak.
9. Qoʻshin turi va yaqin orada kutilayotgan jangovar harakatlarni hisobga olgan holda ratsion tuzilishi kerak.
10. Bir mahsulotni boshqa mahsulot bilan almashtirganda bir by davomida shu muddatga mo’ljallangan
yormalar, makaron mahsulotlari,go’sht, qand va yogʻlar ortiqcha sarflanmasligi va ularning qiymati bir oylik
qiymatdan ortib ketmasligi zarur.
11. Harbiy qismdagi xizmatchilar uchun qism hududida ye (ishtirilgan mahsulotlardan qoʻshimcha ravishda
foydalanilganda yoki harbiy qismning pul mablag’iga sotib olingan mahsulot lar haqida taomnomada alohida
ularning nomlari va miqdorini koʻrsatish talab etiladi,
Dostları ilə paylaş: