№1-Билет
1. Harbiy gigienaning maqsadi nima
Harbiy gigiyena faning vazifasi Harbiy qo‘shinlaming tibbiy va sanitar-gigiyenik ta’minoti o‘z
oldiga harbiy
xizmatchilarning salomatligini saqlash, uni mustahkamlash va jangovarlik ruhini oshirish,
ularga malakali
tibbiy xizmat ко‘rasatish, kasalliklarni oldini olish, yuqori darajadagi mehnat qobiliyatini saqlash vazifalarini
qo‘yadi. Bu vazifalarni bajarishda harbiy gigiyenaning tutgan o‘rni ham katta.
2. Dala sharoitida qo’shinlarning ovqatlanishini tashkil qilish
Harbiy harakatlar davrida ovqatlanishni tashkil qilish va uning sanitar nazoratini amalga oshirish, harbiy
xizmatchilarning urush harakatlari vaqtidagi ovqatlanishining o‘ziga xos xususiyatlari
jangovar vaziyatni
hisobga olish hisoblanadi. Urush harakatlari davrida harbiy xizmatchilarning ovqatlanishini tashkil qilish va
ta’minlash qism komandiri va xo‘jalik ta’minoti vzvodi boshligʼining zimmasiga yuklatiladi. Harbiy
xizmatchilarni issiq ovqatlar bilan ta’minlash uchun BOP-batalon ovqatlantirish punkti tashkil etiladi.
Qo‘shinlar mudofaada turgan sharoitlarda BOP front chizig‘idan 500-1000 m ichkarilikda,
hujum qilish
sharoitlarida esa, issiq ovqatlarni tayyorlash harakat davomida tashkil qilinadi. BOP ovqatlanishni tashkil
qilish uchun zarur bo‘lgan tabelli vositalar bilan ta’minlanishi, mahsulotlarni saqlash va tashish va ularga
termik ishlov berish uchun kerak boʻladigan vositalarga ega boʻlishi kerak. BOP
ning jihozlari tarkibida
quyidagilar boʻlishishart: palatkalar, harakatlanuvchi oshxonalar, ichimlik suvi uchun sisternalar, dala sharoiti
uchun stol va stullar. Harbiy harakatlar vaqtida asosan safar oshxonalaridan foydalaniladi - KP-125, KP-130;
bundan tashqari PAK - 200 (safar avtooshxonasi), 200 kishini 3 turdagi taom bilan ta ’minlaydigan oshxona,
PK - 200 gusenitsali traktorga tirkalgan safar oshxonasi, PKS -125, PKS-250, desantchilar uchun KG-30D kabilar
BOPni tashkil etishda iloji boricha joyi toza boʼlgan maydonlarni tanlash maqsadga muvofiq, shu bilan birga
joy tabiiy suv manbalariga yaqinroq boʻlishi kerak. BOP tarkibiga ldruvchi obyektlarni iloji boricha bir-biridan
uzoqroqda joylashtirish, lekin boradigan yo‘llar yaxshi jihozlanishi va koʼrsatkichlar bilan jihozlanishi lozim.
Mahsulotlarga termik ishlov berishda kulinariya va sanitar-gigiyenik qoidalarga rioya qilinishi shart. Issiq
ovqatlarni tayyorlash kuniga 3-marta boʼlishi kerak: nonushta va kechki ovqatlanish uchun bir turdagi issiq
ovqat
va issiq choy, tushlik uchun 3 turdagi taom tayrlanishi kerak. Tayyorlangan ovqatlarni sovib qolishiga
ruxsat etilmaydi. Tayyorlangan ovqatlar BOP ning o‘zida yoki maxsus termoslar yordamida qism tarkibidagi
boʼlinmalarga 2 soat davomida tarqatilishi kerak. aks holda ovqatdan zaharlanish hodisalari yuzaga kelish
xayfi tugʼiladi. Jangovar topshiriqlarni kichik-kichik bo‘linmalar bilan bajarish sharoitida issiq ovqatlar
mustaqil tarzda konservalangan mahsulotlardan tayyorlanishi mumkin. Bu
mahsulotlar quruq payoklar
tarkibiga kiritilgan. Bunday payoklar tarkibiga konservalangan mahsulotlardan tashqari briketlar ham
kiritilgan. Quruq payok tarkibida albatta choy va qand bo'lishi shart.
Oqilona ovqatlanishni tashkil qilishning asosiy mezoni sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1. Harbiy xizmatchilar organizmining fiziologik ehtiyojiga muvofiq ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishi;
2. Oziqli moddalarning o‘zaro muvozanatlashganligi;
3. Tinchlik va harbiy harakatlar sharoittiga muvofiq ovqat isteʼmol me’yorlari bo‘yicha taqsimlanishi.
Harbiy xizmatchilarning ovqatlanishi tashkil qilishdagi oʻziga xos xususiyati shundan iboratki,
ularni
ovqatlantirish kunlik ta’minot me’yori asosida amalga oshiriladi (MV-ning №288 buyrug‘i) va bunda
belgilangan ovqat mahsulotlarining energelik qiymatiiligi harbiy qismlarning tarkibiga va qo'shin turlariga
bog'liq holda o‘zgarib boradi.