1-mavzu. Zamonaviy antropologiyaga kirish. Boshqa fanlar bilan aloqasi va fandagi nazariyalar. Zamonaviy antropologiya tadqiqot usullari. (2-soat) reja



Yüklə 434,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix15.06.2023
ölçüsü434,7 Kb.
#130825
1   2   3   4   5   6   7   8   9
nazariy-metodologik qarashlar hamda g„oyalar paydo bo„ldi. Shubhasiz, bunday 
qarashlarning paydo bo„lishi dunyo miqyosidagi siyosiy jarayonlarning o„zgarishi 
bilan bog„liq. Bu davrda Yevropa antropologlari tomonidan bir qator yangi 
nazariyalar yaratildi. Ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan so„ng mustamlakachi 
imperiyalarning yemirilishi antropologiya taraqqiyotiga sezilarli ta‟sir qildi. Aynan 
shu davrda Yevropa antropolog-etnologlari tomonidan antropologiya-etnologiya 
sohalarida bir qator yangi yo„nalishlar ishlab chiqildi. Jumladan, mashhur fransuz 
olimi Klod Levi-Strossning strukturaviy antropologiya maktabini misol tarzida 
keltirish mumkin. Levi-Stross XX asr jahon antropologiyasi fanining 
klassiklaridan biri bo„lib, uning nazariy-metodologik qarashlari o„ziga xosligi va 
ilmiyligi bilan antropologiya fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo„shdi. Ingliz olimi 
Maks Gyulkman (1917–1975) tomonidan «neofunksionalizmning Manchester 
maktabi» nomi ostida mashhur bo„lgan yo„nalishga asos solindi. Rodni Nidxem 
(1923–2006) tomonidan ijtimoiy strukturalizmning yangi konsepsiyasi yaratildi. 
Fransuz etnologlari XX asr ikkinchi yarmidan boshlab, ma‟lum ma‟noda Levi-
Stross qarashlari ta‟sirida bo„lishlariga qaramay, Moris Godile, Klod Melissolar 
tarixiy materializmga asoslangan qarashlarni shakllantirishga harakat qildilar. 
Ammo ikkinchi jahon urushidan so„ng yirik mustamlakachi davlatlarda 
antropologiyaga bo„lgan qiziqishning pasayishi, o„z navbatida, antropologik 
tadqiqotlarga ajratiladigan mablag„ning kamayishiga olib keldi. Niderlandiyada 


antropologiyaga amaliy qiziqishning zaiflashuvi sababli, bir qator ilmiy tadqiqot 
institutlari yopildi. Buyuk Britaniya va Fransiyada esa antropologiyaning fanlar 
tizimidagi mavqeyi pasaydi. Biroq, bu Yevropa mamlakatlarida tarixiy 
antropologiya fani butunlay inkor etildi, degani emas. Keyingi davrda Yevropa 
olimlari tomonidan antropologiya sohasida bir qator yangi nazariyalar yaratildi. 

Yüklə 434,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin