XX asrning 50-yillaridan
boshlab
AQSHda
antropologiya
madaniy antropologiya nomi ostida nihoyatda rivojlandi hamda u o„z ta‟sirini Yevropaga
ham o„tkazdi. Bu davrda AQSHda mazkur fanga qiziqishning ortishiga ikki xil
sababni ko„rsatish mumkin: birinchidan, AQSHda madaniy antropologiya
talabalarning umumiy ta‟lim olishlarida muhim rol o„ynagan ijtimoiy-gumanitar
fan hisoblangan, ikkinchidan, ikkinchi jahon urushidan so„ng jahon siyosiy
maydonidagi vaziyatning o„zgarishi AQSHda antropologiya fani taraqqiyotiga
ma‟lum ma‟noda ijobiy ta‟sirini o„tkazgan. Amerikalik olimlar tomonidan uchinchi
dunyo mamlakatlariga tavsiya qilingan madaniy relyativizm konsepsiyasi dunyoning yangi tartib qoidasi sifatida qabul qilindi.
3. XX asrning 40–50-yillarida
Amerika
va
Yevropa
tarixiy
antropologiyasida Yevropa etnosentrizmini targ„ib qiluvchi yangi maktab
shakllandi. Bu maktab vakillari Yevropadan boshqa madaniyatlarni qoloq va
yovvoyiroq deb hisoblaganlar. Bu nazariya Frans Boas(1858–1942) tomonidan
ilgari surilgan bo„lib, uni Melvill Xerstkovits rivojlantirgan.
4. XX asrning 40-yillariga kelib, tarixiy antropologiyada evolutsion nazariya
isloh qilinishi natijasida neoevolutsionizm g„oyasi vujudga keldi. Klassik
evolutsionizmning sodda to„g„ri chiziqliligini inkor etuvchi yangi yo„nalish
tarafdorlari “evolutsiya” atamasini turlicha izohlaganlar. Ushbu atamani tushunish
bo„yicha u yoki bu nazariy xulosalarni ilgari surganlar. Shu o„rinda, yangi
evolutsionizm g„oyasi tarafdorlarining kopchiligi universal tarixiy qonuniyatni tan
olmaydilar, shuning uchun ular “evolutsiya”ni ma‟lum bo„lmagan sabablarga ko„ra
insoniyatning doimiy rivojlanishi sifatida izohlaydilar. Madaniyatning bir
chiziqdagi taraqqiyoti g„oyasi o„rnida neoevolutsionistlar bir necha: umumiy va
xususiy taraqqiyot nazariyasi, mikro va makro jarayonlar nazariyasi, madaniy
dominantlik qonuni, taraqqiyot imkoniyati qonuni va boshqalarni ishlab chiqdilar.
O„z tadqiqodlarida ular insoniyat tarixini kopchiziqli yopiq tizimlar taraqqiyoti