zamonaviy millatlar orasida ham tadqiqotlar o„tkazishadi.
Antropologiya insonni o„rganuvchi boshqa fanlardan o„zining
qiyosiyligi va
keng qamrovliligi bilan ajralib turadi.
Antropologlar biologiya, til, madaniyat,
o„tmishda va hozir ham mavjud bo„lgan jamiyatlarni tadqiq qiladilar. Bunda
antropologiyaning etnik jihatlari ham inobatga olinadi.
Jamiyatni o„rganishni boshlab berganlar orasida sotsiologiya va antropologiya
fani asoschilaridani biri, fransiyalik olim
Emil Dyurkgeym ham bor edi. Oddiy va
murakkab tuzilgan jamiyatlar haqida mushohada yuritar ekan,
u mahalliy
Avstraliya xalqlarining yozma yodgorliklariga va zamonaviy xalqlarda namoyon
bo„luvchi ommaviy fenomen (o„z joniga qasd qilish ko„rsatkichlari kabi)larni
nazardan qochirmadi. Shu asnoda bora-bora antropologiya qadimiy jamiyatlarni,
sotsiologiya esa zamonaviy jamiyatlarni tadqiq etishga ixtisoslashib bordi.
Tarixiy antropologiyada etnografiyaga xos dala tadqiqot ishlarini olib
borish usullariga quyidagilar kiradi:
➢ kundalik faoliyatlarni bevosita kuzatish;
➢ turli xil darajadagi suhbatlar;
➢ genealogik usul;
➢ jamoaning hayot tarzi haqida maslahatchi bilan olib boriladigan faoliyat;
➢ ayrim odamlarning hayoti haqida batafsil muloqot qilish;
➢ etnografning shaxsiy kuzatishlari va xulosalari bilan qiyoslanishi mumkin
bo„lgan mahalliy e‟tiqodlar va qarashlarni aniqlash.
Turli xil muammolarga yechim topish uchun yo„naltirilgan tadqiqotlar:
uzoq muddatli tadqiqot – ma‟lum bir hudud
yoki makonni doimiy tadqiq
etish;
guruh bo‘lib tadqiqot olib borish – kopchilikni tashkil qilgan etnograflar
tomonidan olib boriladigan kuzatuv usuli.
Etnograflar kundalik hayotning turli taraflariga,
fasliy jarayonlarga va
g„ayrioddiy hodisalarga diqqat bilan yondashishlari taqazo etiladi. Ular o„zlari
ko„rib turgan voqea-hodisalarni doimiy qog„ozga tushirib borishlari lozim.
Etnograf dala ishini olib borar ekan, vaqt o„tgani sari dastlabki kun yoki haftada
bo„lganidek, endi u atrofdagi jarayonlarga ajablanarli nigoh bilan qaramaydi.
Muhitga moslashib boradi.
Kopchilik etnograflar o„z taassurotlarini
shaxsiy kundalik yoki xotira
daftarlariga yozib boradilar va bu kundalik esa rasmiy ko„rinishdagi dala
taassurotlari daftaridan farq qiladi. Bu kabi xotira daftarlarida aks etadigan
dastlabki taassurotlar keyinchalik
madaniy tafovutlarning
asosiy jihatlarini
ko„rsatib beradi.
Bunday jihatlarga hatto farqli hidlar, odamlarning shovqin-suronlari,
ularning ovqat yeyishlari jarayonidagi og„izlarining holati va bir-birlariga qanday
nigoh bilan qarashlari ham kirishi mumkin. Arzimas tuyuluvchi bu ko„rinishlar
g„oyatda muhim ahamiyatga ega bo„lib, ular
Bronislav Kasper Malinovskiy
(1884–1942)
iborasi bilan aytganda,
«mahalliy hayotning va alohida kishi
faoliyatining tassavvur qilib bo‘lmas xususiyatlaridan iborat»dir. Bu kabi
fundamental jihatlarni mahalliy odamlar tabiiy ko„rinishlar sifatida qabul
qiladilar. Bu kabi jihatlar ular uchun aslida gapirishga
ham arzimaydigandek
tuyulsa-da, lekin antropologning o„rganmagan ko„zi bunday g„ayrioddiy
ko„rinishlarni tezda ilg„ab oladi va bu holatlar bilan yaqindan tanishish natijasida
ularni yaxshiroq tushunish imkoniga ega bo„ladi. Dastlabki taassurotlar g„oyatda
qimmatli bo„lib, bu imkoniyatni qo„ldan boy bermaslik uchun kuzatuvchilardan
birinchi navbatda
diqqat bilan kuzatish va o„z taassurotlarini
tartib bilan
qog‘ozga tushirib borish talab etiladi.
O‘ylab ko‘rib, fikr yuriting!
❖ Metodologiya deganda nimani tushundingiz? Tadqiqotchining nazariy va
amaliy faoliyatini tashkil etishda uning roli nimalardan iborat?
❖ Nima uchun tarixiy antropologiyada muammolarni tanlash va o„rganish
metodologiyasida aynan etnografiya metodlaridan foydalaniladi?
❖ Tarixiy antropologiyaning qiyosiyliligi va
keng qamrovlilik xususiyati
haqida qanday ma‟lumotlarga egasiz? Ularni izohlab bering.