1-mavzu. Zamonaviy antropologiyaga kirish. Boshqa fanlar bilan aloqasi va fandagi nazariyalar. Zamonaviy antropologiya tadqiqot usullari. (2-soat) reja



Yüklə 434,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix15.06.2023
ölçüsü434,7 Kb.
#130825
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O‘ylab ko‘rib, fikr yuriting!  
❖ Sanoat inqilobi davridagi o„zgarishlar natijasida yuzaga kelgan 
yuksalish belgilari inson antropologiyasiga qanday hissa qo„shgan bo„lishi 
mumkin?
❖ Yevropadagi urbanizatsiya jarayoni o„sha davr va makon 
odamlarining tarixiy antropologiyasiga ta‟sir ko„rsatganmi?
❖ Quldorlikka qarshi yurishlar va quldorlikning bekor qilinishi inson 
tarixiy antropologiyasida qanday ahamiyat kasb etadi?
5. Zamonaviy antropologiya fanidagi usullar.
Metodologiya – tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, 
tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi ta‟limot. 
Metodologiya metodlar haqidagi ta‟limot yoki yalpi-umumiy bilish metodi, deb 
ham ta‟riflanadi. Metodologiya metodlarga va umuman voqelikka qanday 
yondashish yo‘lini o‘rgatadi. Metodologiyaga ilmiy bilishning, voqelikni anglash 
va o„zgartirishning algoritmi sifatida ham qarash mumkin. Masalan, Yunonistonda 
geometriya yer maydonlarini o„lchashda normativ yo„l-yo„riq bo„lib xizmat qilgan 
va geometriya ilmini falsafani o„rganish uchun muhim metodologiya deb 
bilishgan. Qadimgi yunon faylasufi Platon maqbarasiga kiraverishdagi eshikka 
«kimki geometriyani bilmasa, bizning oldimizga kirmasin» deb yozib qo„yilgan 
ekan.
Etnografiya tarixiy antropologiyani o„rganishning muhim metodologiyasidan 
biri hisoblanadi. Zero, antropologiya sohasida ishlash boshqa jamiyat zaminida 
faoliyat yuritishni talab qiladi. Mahalliy-madaniy muhit o„rab turgan sharoitda 
insonlar hayotini o„rganishda etnografiya metodlaridan foydalaniladi. 
Antropologlar ham etnograflar singari turli jamoalarni tadqiq qilishadi. Ular 
insoniy qarindoshliklarni mahalliy xalqning yashash sharoitini o„rgangan holda 
aniqlashadi. Intervyu jadvallari turli odamlardan kerakli ma‟lumotlarni yig„ib 
yurgan etnograflar tomonidan tuziladi. Etnograflar mahalliy jamoa hayoti bilan 
bog„liq alohida muhitda maslahatchilar bilan birgalikda ishlashadi. Ular hayot, 
insoniy tajribalar, madaniy va ma‟naviy o„zgarishlar jarayonidagi insonlarni 


o„rganadilar. Genealogik ma’lumotlar qardoshlik tamoyillari va ijtimoiy hayotni 
o„rganishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Arxeolog-antropologlar biroz boshqacharoq faoliyat yuritadilar. Oddiy qilib 
aytganda, ular ham mahalliy qazish ishlari, ham tizimli kuzatuv istiqbollarini 
birlashtiradilar. Zamonaviy etnograflarga o„xshab, ular joylarning alohida va 
bo„lingan holatini emas, balki butun bir katta ijtimoiy tizimlarni o„rganishadi.
Antropologlar etnik majburiyatlarni o„zlarining o„qish sohalarida, jamiyat va 
madaniyatda, inson ko„rinishlarida, boshqa ko„rinishlar va atrof-muhitga nisbatan 
anglashadi. An‟anaga ko„ra, antropologlar kichik jamiyatlarda, ijtimoiylashgan 

Yüklə 434,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin