Ziyoda masharipova


“Ertagi yo ertagi, echkilarning



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

“Ertagi yo ertagi, echkilarning
burtagi, qirg‘ovul qizil ekan, quyrug‘i uzun ekan, g‘oz karnay-
chi ekan, o ‘rdak surnaychi ekan, ola qarg‘a azonchi, qora qarg(a
www.ziyouz.com kutubxonasi


qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, to‘rg‘ay to‘qimchi ekan,
bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, ertagimning eri bor, yetti
kunlik yeri bor, yetti kunlik yerida dumi kalta bo‘ri bor...”
Ertak boshlamasidagi bir-biriga qofiyadosh bo‘lgan so'zlarning 
takrorlanib kelishi o'ziga xos ritm va ohangdorlikni yuzaga keltiradi. 
Og'zaki ijroda mana shu ohangdorlikni to ‘g‘ri aks ettirish eshituvchi- 
ning diqqatini o ‘ziga jalb qiladi va asar mazmuniga bo‘lgan qiziqishni 
yanada oshiradi. Ba’zi ertaklar esa, to‘g ‘ridan-to‘g‘ri saj’siz zachin 
orqali ham boshlanishi mumkin: 
“Qadim zamonda bir podshoning
go‘zaIlikda tengsiz qizi bo‘lgan ekan...” 
Bunday boshlamalar xuddi 
m uallif bayoni kabi vazmin ohangda o ‘qiladi.
M ashq. Quyidagi ertakni ifodali o ‘qish qoidalari asosida o‘rganib 
chiqaylik. Ikkiti vertikal chiziq || pauzani, bitta vertikal chiziq | esa, 
qisqa pauzani bildiradi.
Bir bor ekan, | bir yo‘q ekan, | qadim zamonda || bir kishi bo ‘lgan 
скап.Ц Uning uchta o ‘g ‘li bor ekan, | uchovi ham o ‘qigan, | oq-qora- 
ni tanigan, | yuzlari oyday, | o ‘zlari toyday, | yomon bilan yurmagan,
| yomon joyda turmagan ekan. || To‘ng‘ichi - yigirma bir yoshda, | 
o'rtanchasi - o ‘n sakkiz yoshda, | kenjasi - o ‘n olti yoshda ekan. ||
To‘ng‘ichi, 
o‘rtanchasi va 
kenjasi 
so‘zlari alohida ta’kidlab, man­
tiqiy urg‘u berib o ‘qiladi. Bu so‘zlardan so‘ng tire bo‘lganligi uchun 
qisqa pauza qilinadi.
Otasi bir kuni bularni o ‘z oldiga chaqirib, | har birining peshonasi- 
dan silab, | bunday debdi: ||
-
0 ‘g‘illarim, | men boy emasman, | mendan qolgan narsalar | 
sizning turmushingiz uchun yetmaydi, | endi mendan biror narsa umid 
qilib o'tirmanglar. || 0 ‘lganimdan keyin baxtsiz bo ‘lib qolmanglar, | 
deb sizlarni o ‘qitdim, | boqdim-ko'rdim, | voyaga yetkazdim, | quvvatli 
bo‘ldingizlar, | yarog‘ ushlashni o ‘rgatdim, | yarog1 ishlatishda usta 
bo'ldingizlar, | qo ‘rqitmay o ‘stirdim, | botir boMdingizlar. || Yana uch 
narsani aytaman, || quloqlaringizga olib, | eslaringizdan chiqarmang- 
lar: || To‘g ‘ri bo‘ling - || bexavotir bo'lasiz. || Maqtanchoq bo'lm ang
- || uyatga qolmaysiz. || Dangasa bo'lm ang - || baxtsiz b o‘lmaysiz. || 
В undan boshqasini endi o ‘zingiz biling. || Qora toyni, | saman toynit 
| ko‘k toyni asboblari bilan tayyorlab qo'ydim . || Xurjunlaringizni bir
www.ziyouz.com kutubxonasi


haftalik ovqat bilan to‘lg‘izdim. || Baxtingiz yo ‘lda, | uni topib olmoq 
uchun safarga chiqingiz, | dunyoni tanimay, | dunyo kishisi bo‘lmaysiz. 
|| Baxt qushini ushlamoq uchun | baxt oviga chiqinglar. || Xayr endi, | 
o ‘g ‘illarim, - | deb so‘zini tamom qilibdi. ||
G ‘oya. Otaning o ‘g ‘illariga aytgan to ‘g ‘ri b o ‘ling - bexavotir 
b o ‘lasiz, m aq tan ch o q b o ‘lm ang - u y atg a qolmaysiz, dangasa 
b o ‘lm ang - baxtsiz b o ‘lm aysiz kabi o ‘git-nasihatlari asaming g ‘oyaviy 
asosini tashkil etadi.
Keltirilgan matnda katta hayot tajribasiga ega bo‘lgan otaning se- 
vimli farzandlariga nasihati bayon etilgan. Ertakning ushbu o ‘rinlari 
vazmin nasihat ohangida o ‘qiladi. Ota tomonidan aytilgan “yarog‘ ush- 
lashni o ‘rgatdim”, “qo‘rqitmay o ‘stirdim”, “to‘g ‘ri bo‘ling”, “maqtan­
choq bo‘lmang” kabi so‘zlar alohida ta’kidlab, urg‘u berib o ‘qilsa, er­
takning g ‘oyaviy-estetik mazmuni yanada teranroq ochiladi.
Q issalarn i ifodali o‘qish
Husayn Voiz Koshifiy 
“Futuvvatnomai 
sultoniy...” 
asarida 
qissaxonlar va afsona aytuvchilar haqida fikr yuritar ekan, shunday deb 
yozadi: “ S huni bilki, qissa o‘qish va qissa eshitishning foydasi katta. 
B irinchidan, kishi o‘tgan a jd o d la rn in g ishi va ahvolidan x a b a rd o r 
bo‘ladi. Ik k in c h id an , odam g‘aroyib va ajoyib voqea, sarguzasht- 
larn i eshitsa, fikri va k o ‘zi ochiladi. U chinchidan, o ‘tgan larn in g
zahm atu u q u b a tla rid a n x a b a rd o r b o4 sa, hech kim bu dunyoda 
tashvishu g‘am d a n ozod em asligini an g lab k o ‘ngli taskin topadi, 
tasalli boMadi” 1. M ashhur adibning qissa o ‘qish va qissa eshitishning 
m a’naviy, m a’rifiy ahamiyati haqidagi bu fikrlari hamon dolzarb bo'lib 
turibdi. Darhaqiqat, qissalar ham adabiyotning boshqa janrlari kabi in­
son fikrini ravshanlashtirishda, qalb ko‘zlarini ochishda, ruhiy olamini 
boyitishda beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Qissalarni ifodali o'qishga kirishishdan oldin, uning jan r 
xususiyatini belgilash, asarda qo‘yilgan bosh g ‘oyani aniqlash lozim 
bo ‘ladi. Shu bilan bir qatorda, asarda ishtirok etuvchi personajlam ing 
xarakteriga xos xususiyatlam i o ‘rganish, o ‘tkir dramatizm, keskin

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin