Ziyoda masharipova


Romanlarni ifodali o‘qish



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

Romanlarni ifodali o‘qish
Roman epik turning keng qamrovli janr b o ‘lib, uning asosiy 
xususiyati inson hayotini butun murakkabligi bilan har tomonlama aks 
ettirishdan iboratdir.
Romanda ishtirok etuvchi bosh qahramonlar ham, syujet chizig‘ida 
muhim o ‘rin tutuvchi boshqa personajlar ham atroflicha yoritiladi. 
Shuning uchun roman til jihatidan murakkab, hajm jihatidan ko‘lamdor 
bo‘ladi. Romanda turli personajlar tasviri, tavsifi, voqeaning boshlani- 
shi, u boshlangunga qadar pcrsonaj hayotida yuz bergan hodisa, uning
www.ziyouz.com kutubxonasi


voqea so‘ngidagi taqdiri, ekspozitsiyaning turli k o ‘rinishlari birlashib, 
kompozitsiyani vujudga keltiradi.
Romanda ishtirok etuvchi turli toifaga mansub kishilar nutqining 
turli ko‘rinishlari - monolog, dialog, voqeani bayon etish usullari -
chekinish, tavsif, tabiat tasviri va boshqalar ham bir butunlikni tashkil 
etib, murakkab hayotiy jarayonni tasvirlashga xizmat qiladi.
Epik turga mansub qissa, roman, doston kabi janrlami ifodali 
o ‘qishda ham asarda qo‘yilgan asosiy mavzu va g ‘oyani aniqlash 
og‘zaki ijroning samaradorligini belgilaydi.
M avzu. Roman janridagi asarlami ifodali o ‘qishning o ‘ziga xosligi 
shundaki, unda ishtirok etayotgan o ‘nlab personajlaming xarakter 
xususiyatini, so‘zlash uslubini, madaniy saviyasini atroflicha o ‘rganish 
lozim boMadi.
Har bir asaming mazmunini chuqur egallab olish uchun, oldin uning 
mavzusi aniqlab olinadi. Mavzu - yozuvchi tanlagan va tasvirlagan, 
hayot voqealari aks ettirilgan masalalardir.
M a’lumki, asar mavzusini uning g ‘oyasidan ajratib boMmaydi. 
Chunki yozuvchi tasvirlagan masala asar mavzusi bo‘Isa, g ‘oya yozuv- 
chining shu masalaga munosabati, unga bergan bahosidir.
Shunday ekan, ifodali o ‘qishda asar mavzusi va g ‘oyasi haqida 
aniq tasaw urga ega boMmay turib, o‘qishning mazmunli va ta’sirchan 
bo‘lishiga erishish qiyin. Muayyan romanning mavzusini aniqlashdan 
maqsad talqin paytida shu maqsadni ro ‘yobga chiqarishdir, y a’ni ifo­
dali o‘qishda mavzuni belgilab olish amaliy ahamiyatga ega.
Katta hajmli asarlardan parcha o‘qilganda, tanlangan parchaning 
konkret mazmuniga alohida e ’tibor beriladi. Negaki, har bir katta asarda 
umumiy mavzu bilan bir qatorda, boshqa kichik mavzulari ham boMadi.
M avzu. Roman tarixiy mavzuda bo‘lib, unda Bobur Mirzo avlodla- 
rining dovonlari murakkab hayot bosqichlarida aks etgan. Asarda, aso­
san, Bobuming to‘n g ‘ich o ‘g ‘li Humoyun va nevarasi Akbarshoh hayo­
ti manzaralari jonlantirilgan. Bobuming vafotidan so‘ng ulkan Hind 
mamlakati hududida toj-taxt uchun kurash qizib ketadi. Mamlakatga 
Bobur tomonidan qonuniy hukmdor qilib tayinlangan Humoyunning 
boburiylar hukmronligini saqlab qolish uchun olib borgan kurashlari 
romanning asosini tashkil qiladi.
G ‘oya. Romanda Humoyunning ota ishiga cheksiz sadoqati, Bobur
www.ziyouz.com kutubxonasi


saltanalini o g fcir sinovlardan 
omon saqlab qolish yo‘lidagi kurash va 
qahramonl i kl ar i . qalb 
kechinmalari, hayajonli lavhalarda aks ettirilgan. 
Ayni pavtcla hayot - mamot
damlarida Humoyunni qo'llab-quvvatla- 
gan B a y r a m x o n va Ni z o m 
kabi oliyjanob kishi laming yuksak insoniy 
fazilatlari u l u g l a n g a n .
M ashq. “Avlodlar dovoni” romanidan parcha o^qish.
Orqadan yana yov otliqlari va fillari bostirib kelmoqda edi. 
Bayramxonning ovozi keldi.
-
Hazratiinni daryo bo‘yiga olib ketinglar! 
Biz yog‘iyni 
o ‘tkazmagaymiz! La’l Chand, filingiz bilan himoyada turing!
Humoyunning yelkasiga qadalib turgan uzun yoy o ‘qi ot y o ‘rtganda 
qattiq silkinar va jazillatib og‘ritar edi. Humoyun himoyachi navkar- 
lar qurshovida ot choptirib borar ekan, yana yol ustiga engashib, chap 
qo‘lini o ‘ng yelkasiga cho‘zdi-yu, qadalib turgan yoy o ‘qini bir ha­
rakat bilan sugcurib tashladi. Shu payt og ‘riqdan ingrab, otning yo- 
liga yuzini bosdi. Javhar oftobachi o ‘ng tomondan otini jips keltirib
uni qo‘ltig‘idan suyadi. Yelkadan oqayotgan qonni to‘xtatish uchun 
yaralangan joyni yumshoq salla matosi bilan besh-olti marta o ‘rab, qat­
tiq chirmadi-yu, qo‘ltiq tagidan tang‘ib bog‘lab qo‘ydi.
Bayramxon va La’l Chand markazdan o ‘tib kelgan yovning yo‘lini 
to ‘sgan bo‘Isa ham, ikki qanotdan yorib kirgan boshqa yuzlab otliqlar 
Humoyunga qarab yopirilib kelmoqda edi. Humoyun orqaga o ‘girilib 
qarab, Bayramxon La’l Chand boshliq fillar yordamida himoyaga tur- 
ganini ko‘rdi.
Qirg‘oqda birorta kema ham, qayiq ham yo‘q. Odam to ‘la bir kema 
qirg‘oqqa yetay .deb qolgan. “M avludbek ayollar bilan bolalami o‘sha 
kemada olib chiqib ketgandir”, degan o ‘y Humoyunga ozgina tasalli 
bergandek boMdi. 0 ‘ng qanotdan otilib chiqqan yov otliqlari yuzdan 
ortiq. Humoyunni himoya qilib qirg‘oqqacha kelgan navkarlar esa, 
o ‘ttiz-qirqtagina xolos. Qurshovda qolib asir tushish o‘limdan ham dax- 
shatliroq. Humoyun qilich dastasini qidirib, belini paypasladi. Ammo 
bo ‘sh> yengil qin salanglab osilib turganini ko‘rdi va boyagi yarador 
filrii esladi.
Chug‘urchuqday behisob dushman otliqlari tobora yaqinlashib ke- 
layotgani Nizomni ham sarosimaga soldi. U qo‘lidagi meshga havo
www.ziyouz.com kutubxonasi


puflab, uni tarang qilib shishirdi-da, og'zini 
ma h k a ml ab b o g i a d i .
Mesh 
yordamida narigi qirg‘oqqa suzib o‘tish uchun suvga qarab chopdi.
B o‘tana bo‘lib to‘lib oqayotgan toshqin daryo Humoyunning vah- 
mini keltirdi. Lekin yaqin kelib qolgan dushmanlarga asir tushish un­
dan ham dahshatliroq edi. Tagidagi saman - zo‘r ot, Humoyun suzishni 
biladi. Xos navkarlar yov ilg‘orlarining yoMini to‘sib, ular bilan qilich 
chopisha boshlagan paytda Humoyun Nizom suvga tushgan joydan sal 
nariroqda otini qirg‘oqdan daryoga sakratdi. Suv aw al otning soniga- 
cha keldi, keyin qomiga chiqdi. Humoyun egardan tushib sog‘ qo‘li 
bilan samanning bo‘ynidan quchoqlab oldi. 0 ‘ng qo‘l butunlay ishdan 
chiqqan, sal qimirlatsa yelkadagi yara og‘rig‘iga chidab boMmaydi. 
Daiyo birdan chuqurlashib, otning oyog‘i yerga tegmay qoldi. Ot usti- 
ga yopilgan ogMr zirhli kejim va uning bo'yniga osilib olgan yarador 
Humoyunning vazni samanni cho‘ktirib yubora boshladi. Ot pishqirib 
tumshug‘ini suvdan chiqardi-yu, birpas suzib ko‘rdi, ammo yana suvga 
botib ketdi. Humoyun otning bo‘ynini q o ‘yib yuborib bir qoMlab suzib 
ko‘rdi. Ammo kutilmagan girdoblar uni pastga tortib ketayotganday 
bo‘ldi-yu, yana cho‘kayotgan otning yoliga yopishdi.
Bu orada Humoyun oqim kuchi bilan Nizomga yaqin borib qoldi. 
Meshga ko‘kragini berib qichab suzayotgan Nizom esa, podshoga bir 
joyi tegib ketishidan cho‘chib o ‘zini nariroq oldi.
Axir, daryolar oralig‘idagi bu bexosiyat joyni qarorgoh qilishga N i­
zom ham, boshqa hind suvchilari qatori, qarshi edi. Lekin Humoyun 
ulaming ogohlantirishiga quloq solmadi, yana xushomadgo‘y beklar- 
ning gapiga kirdi, chodirda may ichib yotib fursatni boy berdi. Bugun 
ko‘p qatori Nizom ham shu xatolaming kasofatiga qoldi. Bas, endi Ni­
zom bu podshoga yaqin bormaydi. Laganbardor beklari Humoyunni 
“yengilmas botir” deb maqtashadi. Qani Karamnasa ichida shu bot- 
irligini bir ko‘rsatsin! Boya daryoga ot sakratib kirganiga qaraganda 
hash-pash demay narigi qirg‘oqqa suzib o ‘tsa ajab emas.
Bu kinoyali o ‘ylar asnosida suv tagidagi allaqanday o ‘pqon girdobi 
Nizomni oyoqlaridan pastga torta boshladi. U ko‘kragini qo‘ygan mesh 
ham kuchli girdobga tushib aylanib ketdi. To‘satdan Nizomning nafasi 
qaytib, ko‘zi tinganday bo‘ldi.
Hind kemachilarining Karamnasadan hayiqib, uni chetlab o ‘tishlari 
bejiz emas edi. Bu daryoning tagida chuqur o ‘pqonlar ko‘p, suv gir-
www.ziyouz.com kutubxonasi


dobi ularga quyilib tushayotganda odamni ham pastga tortib ketar edi. 
Yomg‘ir faslida tog4 ichidagi simob konlaridan Karamnasa daryosiga 
ko‘ngilni aynitadigan, hatto odamni es-hushidan ketkazadigan badbo‘y, 
zaharli narsalar oqib kelardi.
Zaharli hovurdan ko‘ngli ayniy boshlagan Nizom mesh ustiga 
yuztuban yotib oldi-yu, qo‘l-oyoqlarini eshkak o ‘mida ishlatib, tal- 
pina-talpina girdob komidan chiqdi. Bir payt shunday yonginasida 
cho‘kayotgan Humoyunni ko‘rdi. Humoyun qo‘l-oyoqlarini kerib 
yuqoriga bor kuchi bilan talpindi-da, boshini bir lahza yuzaga chiqardi. 
Yutoqib nafas olarkan:
-
Kim bor? Qutqaring! - deyishga ulgurdi-yu, yana loyqa girdoblar 
orasiga cho‘ka boshladi.
Nizom uning chindan g barq boMayotganiga endi ishondi va beixtiyor 
meshni unga yaqin olib bordi. Humoyun yana bir talpinib suv yuziga 
chiqqanda, Nizom uni yelkasidan tutib oldi-da, mesh ustiga ikki qo‘llab 
tortib chiqardi.

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin