Ziyoda masharipova



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

- Holing qalay?
- Topsam yeyman, topmasam sabr-qanoat qilaman, - javob berdi 
yalqov.
- Unday b o 6Isa, xuddi bizning shahar itlariga o ‘xshar ekansan, -
dedi Afandi.
Hikoyalarni ifodali o‘qish
Hikoya - inson hayotidagi uncha katta bo ‘lmagan bir voqeaning ba­
diiy tasviridir. Hikoya epik turga mansub kichik hajmli janr boMib, u 
o ‘ziga xos imkoniyat va hayotiy qamrovga ega bo‘ladi. Hikoya tasvir- 
ning koMami, syujet va kompozitsiyaning nisbatan soddaligi, bayon- 
ning, asosan, bir shaxs tomonidan olib borilishi jihatidan epik turning 
boshqa janrlaridan ajralib turadi. Hikoya ko‘proq nasriy tuzilishga ega 
bo‘lsa ham, ayrim hollarda, ayniqsa, Sharq klassik adabiyotida she’riy 
shaklda ham uchraydi.
Hikoyada inson va uning hayoti uchun xarakterli bo‘lgan lavhagina 
ko‘rsatiladi. Unda inson hayotidagi ayrim hodisa, bu hodisaning yuza­
ga kelishi hikoya qilinadi. Shu tarzda ayrim hodisagina bayon qilinishi 
sababli, unda kam personajlar ishtirok etadi. Hikoyaning syujeti asosini 
tashkil etgan hodisaning tuguni, kulminatsiyasi, yechimi bo‘ladi. Le­
kin unda bu hodisaning rivoji ko‘rsatilmaydi. Masalan, Abdulla Qah- 
homing “0 ‘g ‘ri” hikoyasida ho‘kiz o ‘g ‘irlanishiga qadar Qobil bobo 
bilan nima bo‘lgani ham, voqea so‘ngidagi uning taqdiri ham bizga 
nom a’lum. Hikoyaga dunyo adabiyotining buyuk namoyandalaridan 
biri Jek London shunday ta’rif bergan: 
“Hikoya - hayotdan olingan
tugallangan epizod, kayfiyat, vaziyat, harakat birligidir”.
Hikoyani ifodali o ‘qishda bu janm ing ana shu xususiyatlariga 
e ’tibor qaratish, matndagi m uallif nutqi, tabiat tasviri, dialoglar hamda 
qahramonlaming ichki kechinmalarini puxta o ‘rganish lozim. Shunday 
hikoyalar ham uchraydiki, syujet voqealari faqat m uallif tilidan bayon 
qilinadi. Hikoyada boshqa personajlar ishtirok etmasa ham, ularga xos 
bo‘lgan b a ’zi xususiyatlar m uallif tilidan hikoya qilinadi. Masalan, 
Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asari tarkibidagi ko‘plab hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi


mana shunday xususiyatga egadir. Voqealar faqat bir kishi tilidan bay­
on qilingani sababli, hikoyani o‘qiyotganda ijrochi monoton (bir xil) 
ohangga berilib ketmasligi kerak. Hikoyani o ‘qishda voqealar mazmu- 
nidan kelib chiqqan holda, ovoz tovlanishlari, temp, urg‘u kabi ifodali 
o ‘qish vositalariga alohida e ’tibor beriladi.
M ashq. “Guliston” asaridan tarbiyaning ta ’siri bayoni haqidagi 
hikoyatni o ‘qish.
H ikoyat
M ag‘rib diyorida qosh-qovog‘i osilgan, tili achchiq, badfe’l, dilo- 
zor, gadoytabiat va fosiq bir muallimni uchratdim, uni ko‘rgan mahal- 
da musulmonlaming ta’bi tirriq bo‘lar, Q ur’on o‘qiganini eshitganda, 
kishilaming dillari siyoh bo‘lardi. Barcha pokiza o ‘g‘lonlar va qizlar 
uning jafosiga giriftor, na kulishga ju r ’at va na so‘zlashga jasorat etardi- 
lar. Muallim goh birining nuqraday yuziga tarsaki tushirar, goh boshqa- 
sining billurday oyog‘iga iskanja solardi. Xullasi kalom, bir kun eshit- 
dimki, ota-onalar muallimning razilligini payqab, uni madrasadan urib 
haydabdilar. Shundan keyin maktabni sofdil, namozxon, sodda va mu- 
loyim tabiatli bir kishiga topshirdilar. Bu muallim zarurat bo‘lmasa lom- 
mim demas va hech kimsaga ozor bermas edi. Bolalar oldingi muallim­
ning qattiqqo‘l va zolimligini unutdilar, devtabiat b o ‘lib ketdilar va ilm 
o ‘rganishni tark etdilar. Ular ko‘p vaqtlarini o ‘yin-kulgi bilan o ‘tkazar 
va savod taxtalarini bir-birlarining boshlariga urib sindirar edilar. 
Agarda muallim b o ‘Isa beozor,
Bolalar sinfni qilishar bozor.
Oradan ikki hafta o ‘tgach, boyagi masjidga bordim. K o‘rdimki, av- 
valgi muallimning ko‘nglini ovlab keltirib, yana o ‘z o ‘miga tayinlab 
qo‘yibdilar. Bu holatdan ranjidim, beixtiyor: “Nega yana o ‘sha iblisni 
bu farishtalarga muallim qilibdilar?” - dedim. K o‘pni ko‘rgan, zakiy- 
tab’ bir m o‘ysafid dedi:
“Yubordi o ‘g ‘lini maktabga podsho,
Qilib qo‘ynig‘a nuqra taxtacha jo.
Kumush ul taxtaga zardin bitib yod:
“Ota mehridan afzal jabri ustod” .
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin