60
Umumiy xulosa.
Adabiyotlarni tahlil qilish va tajribalarni o‗rganish asosida o‗quv kuni
integratsiyasining uchta modelini ajratish mumkin. Birinchi modelning mohiyati
shundan iboratki, bir kunning o‗zida umumiy kompleks muammoni hal qilish
orqali birlashgan, darslararo aloqalari mavjud bo‗lgan bir necha dars o‗tkaziladi.
O‗quv kunining bunday tashkil qilinishi o‗quvchilar
bilimining sintezlanishiga,
turli fan o‗qituvchilari harakatining o‗quvchilar bilimini shakllantirishdagi
birlashuviga yordam beradi. Bu esa, o‗z navbatida, o‗qituvchilarning darslarga
tayyorgarlik ko‗rish jarayonida hamkorlik qilishlari natijasida ta‘minlanadi.
Integrallashgan kun boshqa modelining o‗ziga
xos xususiyati shundaki, o‗quv
kuni davomida nazariya va amaliyot birga qo‗shib o‗qitiladi. Bunda birinchi
navbatda 6 soatlik bitta mashg‗ulot davomida maxsus texnologiya va ishlab
chiqarish ta‘limining birgalikda qo‗shib olib borilishi haqida so‗z yuritilmoqda.
Bunday ta‘lim shaklining boshqacha nomi binar darsdir. O‗quv kuni
integratsiyasining uchinchi modeli ―sho‗ng‗ish‖ (―konsentratsiya‖) deb ataladi.
Bunga ko‗ra, bir o‗quv kunida bittadan uchtagacha fan o‗qitiladi. Bu esa bitta fan
bo‗yicha qatorasiga bir necha dars o‗tilishi hisobiga erishiladi.
O‗quvchilarning o‗rganilayotgan materialning nisbatan tugallangan yaxlit
bloklarini chuqur va mustahkam o‗zlashtirishlari ta‘minlanadi.
O‗quvchilarni faoliyatning turli-tuman ko‗rinish
va shakllariga jalb qilishga,
faoliyatni tashkil etishning frontal, guruh va individual shakllarini maqbul tarzda
birga qo‗shib olib borish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Pedagog va o‗quvchilarning birgalikda ijod qilishlariga keng imkoniyatlar
yaratiladi,
o‗quv jarayonida hamkorlik, o‗zaro yordam, ta‘limning
insonparvarlashuvi namoyon bo‗ladi.
Pedagog
ta‘limni tashkil etishning, komplekslashtirishning
turli-tuman
shakllaridan, ularni o‗quv kuni doirasida o‗quv jarayonida o‗quvchilar faolligini
ta‘minlaydigan va qo‗llab-quvvatlab turadigan shakllarga ( masalan, guruhlarda
dars-suhbat-ma‘ruza-mustaqil ish) integratsiya qilish imkoniga ega bo‗ladi.
O‗quvchilarni majburlab o‗qitish yo‗qoladi.
61
Ta‘limni haqiqiy differensiatsiyalash, o‗quvchilarning yosh, aqliy, jismoniy
xususiyatlarini hisobga olish uchun shart-sharoitlar yuzaga keladi.
Darslarda ko‘proq ularni qiziqtirish uchun innovastion texnologiyalardan
foydlanish maqsadga muvofiqligini ko‘ramiz. Ayniqsa, hamkorlikka asoslangan
o‘quvchilarning faolligini oshirishga mo‘ljallangan o‘quvchilarni
boshqarish
fikrini eshitish, tushunish, hurmat qilish, o‘zgalar
manfaati bilan hisoblashish,
ularga o‘rgatish, ta‘sir qila olish, o‘zining va boshqalarning ―men‖ligini sezish,
his qilish, o‘zini boshqarish fikrini aniq, lo‘nda va puxta bayon eta olishga
o‘rgatishdan iboratdir. Ayniqsa, biz yuqorida ko‘zda tutgan o‘qish
darsida
innovastion texnologiyalardan foydalanamiz. O‘qitish nutqiy, aqliy, fikriy
holatlarni rivojlantirish, ularda bilim, ko‘nikma, kategoriyalarni tez shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: