sebeple, sebebiyle, dolayisiyla kabi mustaqil so‘zlar ham gapda ko‘- makchilar vazifasida kelishi mumkin. YUKLAMALAR (Sona Gelen Edatlar) Nutqda mustaqil so‘zlardan keyin kelib, ularga qo‘shimcha ma’no yuklovchi yordamchi so‘zlarga yuklamalar (sonagelen edatlar - so ‘zning oxirida keluvchi yordamchi so ‘zlar) deyiladi. Ular, ba’zan, ko'makchilar singari gap ichida bir so‘zni undan oldin yoki keyin kelgan unsurlar bilan bogiab ma’noni kuchaytirishga xizmat qiladi: dahi, da (de), ise, ki (eski turkchada - kim), bile, degil, fakat, ancak, sadece, yalmz, sanki, tipki va h.: B a m dahi giivenmiyor (Menga ham (hatto) ishonmaydi). Seni bile unuttum (Seni hatto unutdim) kabi. Yuklamalar so‘zga baxsh etadigan qo‘shimcha ma’nolariga ko‘ra, so‘roq va taajjub, kuchaytiruv va ta’kid, ayiruv va chegara, aniqlik, gumon va inkorni ifodalanishiga yordam beradi. So‘roq va taajjub yuklamasi, asosan, mi va у a shaklida bo‘lib, ular nutqda so‘roqni (gelecek mi?), taajjubni (Acaba, soylemedi mi? y a $unu alsam?) ifodalaydi. Shuningdek, nutqda buyruq, iltimos, qistov ma’nolarini ifodalovchi haydi, de (da), -e (a) yuklamaiarini ham ushbu guruhga kiritish mumkin (haydi, sen gel de, gorelim; soylesen-e, otursan-a). Ya yuklamasi ta’kid ma’nosini ifodalashga yordam beradi: Ahmet var ya, ц!е о senin dayin (Ahmad bor-ku, ana о ‘sha sening to g ‘ang). De (da) va ki (kim) yuklamasi ta’kid va kuchaytiruv ma’nolarini