Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

60
-
rasm.
Autosomadagi dominant 
genning irsiylanishi.


113
61
-
rasm. 
Autosomadagi retsessiv genning 
irsiylanishi.
62-
rasm. 
X – xromosomadagi retsessiv 
genning irsiylanishi.
Autosoma – retsessiv tipda irsiylanish (A–R)
– autosomada joylashgan 
retsessiv genlarga bog‘liq. Albinizm, chapaqaylik, ko‘k ko‘z, silliq soch, 
fenilketonuriya, rezus manfi y (Rh-), I
0
qon guruhi va boshqalar (61-rasm).
X – xromosomaga birikkan domi nant genning irsiylanishi (X–D). 
Masalan: 
qandsiz diabet, D vitamini bilan davolanmaydigan raxit, ikkinchi kurak tishi 
yo‘qligi, tish emali qo‘ng‘ir bo‘lishi va boshqalar.
X – xromosomaga birikkan, re tses siv genning (X–R) irsiylanishi
. Masalan: 
gemofi liya, daltonizm, na moz shomko‘rlik (62-rasm).
Y – xromosomaga birikkan genning irsiylanishi
. Masalan: gipertrixoz, 
ixtioz. 
Sitoplazmatik irsiylanish
– mito xondriya, xloroplastlar va plazmida 
genlariga bog‘liq. Misollar: odamlarda ko‘rish nervi atrofi yasi, mitoxondrial 
sitopatiya va boshqalar. Faqat onadan farzandlarga o‘tadi (o‘g‘illarida ham, 
qizlarida ham bir xilda kuzatiladi).
Sitogenetik metod
so‘nggi yillarda katta ahamiyat kasb etdi. U odamda 
uchraydigan irsiy kasalliklarning sabablarini tushunib olish uchun ko‘pgina 
materiallar beradi. Bu usul odam xromosomalar to‘plamidagi ko‘rinadigan 
darajadagi o‘zgarishlarni o‘rganish imkonini yaratdi.


114
Xromosoma va genom mutatsiyalari sitogenetik usul bilan aniqlanadi. 
So‘nggi yillarda har qanday odamning xromosoma tuzilishi va sonini 
unga hech ziyon yetkazmay, oson va tez o‘rganishga imkon beradigan yangi 
usullar ishlab chiqilgan, masalan, odam qonidagi, qon leykotsitlari ajtatib 
olinadi va 37
° 
C da alohida oziq muhitiga o‘stiriladi, ulardan xromosomalar 
soni va tuzilishi ko‘rinib turadigan preparatlar tayyorlanadi. Keyinchalik 
odam xromosomalarini alohida bo‘yoqlar bilan bo‘yash usullari ishlab 
chiqildi, bular xromosomalar sonini sanab, hisoblab ko‘rishdan tashqari ayrim 
xromosomalardagi ancha nozik o‘zgarishlarni ham o‘rganishga imkon berdi. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin