Maktab amaliyotchi psixologlari uchun psixologik xizmatdan innovatsion



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/54
tarix10.09.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#142383
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54
psixologik xizmat

«OILA RASMI» TESTI. 
Oila bola ko’zi bilan 
Pedagoglar va psixologlar oila muammolarini, uning an’ana va udumlarini, 
bola shaxsining shakllanishida oilaning ta’sirini o’rganishda juda ko’p ishlar 
qilmoqdalar. 
Bola ota – onaning faqatgina tarbiyaviy ta’sir etish mahsuli emas. U o’z 
oilasini o’zicha tushunadi va qabul qiladi. Oiladagi o’z o’rnini o’zaro aloqada 
belgilaydi va oilada o’zini o’zicha anglaydi. Bolalar ro’y berayotgan hodisalarga 
kattalarga nisbatan boshqacha baho beradilar. Biz qachonki atrofimizdagi olamni 
bola ko’zi bilan ko’rishga o’rganib olganimizdan so’nggina, ularni to’g’ri 
tushunamiz, hayajonlariga, qayg’ulariga yordam bera olamiz. Eston psixologi 
G.Xementaskas tomonidan ishlab chiqilgan mashxur «Oila rasmi» testi kattalarga 
dunyoni bola ko’zi bilan ko’rishga yordam beruvchi vositadir. Bu test bolaning o’z 
oilasiga bergan shaxsiy bahosi haqida, oila a’zolari bilan bo’lgan munosabatlari, 
bola nimalarni idrok qila olmasligi, nimalarni kuchli xayajon bilan his qilishi 
haqida tushuncha beradi. Nimalar bolani ongsiz ravishda xavotirga solsa, xuddi 
shu narsalar bolalarning rasmlarida ifodalanadi. 
Oila rasmi bola shaxsining psixologik portretidir. Bu testni 3 yoshdan 10 


82 
yoshgacha bo’lgan bolalarda qo’llash mumkin. Psixologlar bu testdan bolaning 
oiladagi «Men»ini o’rganish maqsadida foydalanadilar. Bu testni o’tkazish 
pedagogik va psixologik amaliyotda qulay va ommabop. Bu testni o’qituvchilar, 
maktab psixologlari va ota – onalar o’tkazishlari mumkin. 
Tadqiqotni o’tkazish uchun: 21 x 29 sm hajmidagi oq qog’oz, o’chirg’ich 
kerak. Bolaga: «Iltimos, o’z oilang rasmini chizib ber» - deb aytiladi. Lekin «oila» 
nima ekanligi haqida tushuntirilmaydi, chunki tadqiqot o’tkazishning maqsadi 
o’zgaradi. Topshiriqni o’tkazish uchun vaqt chegaralanmaydi. Topshiriqni bola 
bajarayotganda quyidagilarga e’tibor berish kerak: tarkiblarni chizish ketma – 
ketligi, tarkiblarni o’chirilishi, bolaning izohlarga, his – hayajonga berilishi va h.k.
Topshiriq bajarib bo’lgandan so’ng bolaga quyidagi savollar beriladi: 1) 
Aytchi, sen bu rasmda kimlarni chizding? 2) Ular qaerdalar? 3) Ular nima 
qilyaptilar? 4) Ular xursandmilar, yoki biron narsadan zerikkanmilar? 5) Ulardan 
qaysi biri baxtli? Nimaga? 6) Ulardan qaysi biri juda baxtsiz? Nimaga?
«Oila rasmi» testini tahlil qilish uchun a) bolaning yoshi, b) oila 
a’zolarining sonini v) aka, uka, opa, yoki singillarining yoshini bilish kerak. 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin