Oila rasmining tahlili
1) Bolaning haqiqiy oilasi uning chizgan oila rasmi bilan taqqoslanadi.
Oiladagi o’zaro munosabatlar va undagi muhit ijobiy bo’lsa, bola oiladagi barcha
a’zolarning rasmini chizadi. Agar rasmda oila a’zolarining birontasi chizilmagan
bo’lsa, demak oilaviy vaziyat mukammal emas.
2) Agar rasmda oilaga taalluqli bo’lmagan odamlarning rasmi chizilgan
bo’lsa: a) e’tiborsizlik, yolg’izlanib qolish, b) kuchli katta xavotirlanish darajasi.
3) odatda bolalar oilaning qaysi bir a’zosi bilan nizoli muammo vujudga
kelgan bo’lsa, shuni chizishni unutib qo’yadilar. Ko’p hollarda aka, uka yoki opa,
singillarning rasmini chizmaydilar. Bu bilan bola oilada o’zining ustunligini, ota va
onasining mehriga to’ymaganligini ifodalaydi. Masalan, bola o’zini ota va
onasining o’rtasida chizib ko’rsatgan, kichik ukasi yoki singlisini esa umuman
chizmagan.
4) Agar bola o’z rasmini chizmagan bo’lsa yoki oilasining o’rniga faqat
o’zinigina chizsa, demak bu holda oilada umumiy birlikning yo’qligidan dalolat
beradi.
5) Agar oilasining o’rniga bola hayvonlar va qushlarni chizsa, demak
bolaga e’tibor va hissiy muloyimlik yetishmaydi.
6) Agar bola oila a’zolarining rasmini qo’llari tutashgan va bir qatorda
chizgan bo’lsa, demak bu oiladagi psixologik iqlim yaxshi. Agar unday bo’lmasa,
demak aksincha.
7) Agar oila a’zolari guruh – guruh bo’lib chizilgan bo’lsa, demak bu
oilada kichik guruhlar borligini bildiradi. Masalan, 9 yoshli o’g’il bola o’zini otasi
bilan, onasi va opasini esa alohida guruhda chizgan.
83
8) Oila a’zolarining kiyimlarida ko’p tarkiblarning borligi, rangligi oilaviy
munosabatlarning ijobiyligini ko’rsatadi va aksincha oilaviy munosabatlarda
adovat bo’lsa, oila a’zolarining gavdalari to’liq bo’lmay, kiyimsiz yoki tugatilmay
chiziladi.
9) Bolalar odatda otasi va onasini juda katta qilib chizadi. Demak, oiladagi
munosabatlar tenglik asosida, bola o’zini oilada kattalardek xis qiladi.
10) Agar bolalar o’zlarini otasi va onasidan ham katta qilib chizsa, demak
bolani o’z – o’zini baholash darajasi juda ham yuqori.
11) Agar bola o’zini boshqa oila a’zolariga nisbatan juda kichik ota – onasi
tomonidan g’amhurlik talab qiladi.
12) Agar bola o’z rasmini qo’llarini yuqoriga ko’targan holda,
barmoqlarini uzun qilib chizgan bo’lsa, bu uning tajovuzkorligidan xabar qiladi.
Ba’zan bunday rasmlarni yuvosh bolalar ham o’zining atrofidagi odamlarga
nisbatan tajavuzkorona ruhda ekanligi, lekin bu holat yashirinligi ma’lum bo’ladi
hamda bola kuchli va o’zgalar ustidan xukmron bo’lish hohishi borligini bildiradi.
13) Agar bola oila a’zolarining qo’llarini mushtcha tugilgan holda,
barmoqlari uzun holatda chizsa, demak u shu oila a’zosining o’ziga nisbatan
tajovuzkorligini his qiladi.
14) Agar bola o’zining tishlarini katta qilib chizgan bo’lsa, demak unda
tishlash, baqirish, qo’pollik qilishga moyillik kuchlidir. Agar bola boshqa oila
a’zolarini shunday holatda chizsa, ana shu oila a’zosiga nisbatan qo’rquv va
dushmanlikni his qiladi.
15) Oila rasmi testi bolaning yosh xususiyatlari bilan bog’liqdir. 3 – 4
yoshdagi bolalar odam gavdasini chiziqlar bilan to’liq bo’lmagan holda chizadilar.
7 – 8 yoshli bolalarning rasmi esa ancha boyroq bo’lib, gavda tuzilishlari to’liq,
rasmlar tugallangan bo’ladi.
Misol uchun 12 yoshli qizchaning chizgan oila rasmiga murojaat qilamiz.
Qizning oilasi onasidan, buvisidan va o’zidan iborat. Qiz rasmda o’zini, onasini va
otasini chizgan. Otasi anchadan beri ular bilan yashamaydi. Bundan shunday
xulosa chiqarish mumkin: bola oiladagi umumiy birlikni his qilmaydi, buvisiga
nisbatan tajovuzkorlik bor. Onasi bilan o’zining orasida hissiy iliqlik yo’q. Rasmda
bola otasi bilan birga yashash hohishi borligini yashirincha bildirgan. Bola o’zini
oilada yolg’iz, yakkalangan holda, hamma tomonidan tashlab qo’yilganday his
qiladi. Ikkinchi misol, 10 yoshli bola o’z oilasini tasvirlagan. Rasmda barcha oila
a’zolari bir – birining qo’llarini ushlagan holda tasvirlanganlar. Bola o’zini
rasmning markazida chizgan. Rasmni tahlil qilar ekanmiz, oiladagi psixologik
iqlim yaxshi ekanligini bilib oldik. Bola o’zini oilada kerakligini, ota–onasining va
oila a’zolarining mehrini his qiladi.
SHunday qilib, bola o’zini oilada qanday xis qilishni bilishini hohlasangiz,
84
unga toza oq qog’oz bering va oila rasmini chizib berishini iltimos qiling.
Dostları ilə paylaş: |