86
Ota - onalarning o’z farzandlari bilan bo’ladigan o’zaro
munosabatlarini aniqlash metodikasi
1. Oilangizda o’zaro bir - birini tushunish shakllanganmi?
2. Farzandingiz siz bilan ko’ngildan gaplasha oladimi?
3. Farzandingiz sizning ishlaringiz bilan qiziqadimi?
4. Farzandingizning do’stlarini taniysizmi?
5. Ular sizning uyingizda bo’lib turishadimi?
6. Farzandingiz uy yumushlariga qarashadimi?
7. Farzandingizni uy vazifalarini tekshirib turasizmi?
8. Farzandingiz bilan sizni birgalikda bajaradigan qiziqishingiz bormi?
9. Farzandingiz bayramlar tadbirlarida qatnashadilarmi?
10. Farzandingiz bayramlarda u bilan birga bo’lishingizni xohlaydimi?
11. O’qilgan kitoblarni farzandingiz bilan muhokama qilasizmi?
12. Farzandingiz bilan birgalikda teatr, kino, muzey, kontsertlarga borasizmi?
13. Televidenieda beriladigan kinofilьmlarni
farzandingiz bilan muhokama
qilasizmi?
14. Farzandingiz bilan sayr qilasizmi?
15. Ta’tilingizni farzandingiz bilan o’tkazish rejangizda bormi?
“Ba’zan” degan javoblar uchun- 1 ball, “yo’q”-javoblari uchun 0 ball. Hamma
ballar hisoblab chiqiladi. Agar siz 20 balldan yuqori to’plasangiz,
farzandingiz
bilan munosabatlar normal bo’ladi. 10-20 ball to’plasangiz, qoniqarli, 10
balldan
kam to’plasangiz esa farzandingiz bilan muloqotingiz yetarli darajada emas. Uni
yaxshilash haqida o’ylang.
XOLLAND METODIKASI
(kasb tanlash bo’yicha
)
Ushbu metodika asosida amerikalik psixolog olim Ya.Xolland taklifi
bo’yicha odamlar va ko’pchilik kasblarni shartli ravishda 6 guruhga bo’lish
mumkin (realistik,
ijtimoiy, konventsial (shartli), tadbirkor, artistik tiplar). Bu
metodika asosida yuqorida qayd qilingan tiplarni qay
biri qay darajada shaxsda
namoyon bo’lishini aniqlash mumkin. Kasblarning xususiyati shundaki,
shaxs
psixologiyasida qaysi bir yo’nalish ko’proq shakllangan bo’lsa, shu kasb o’ziga
ko’proq jalb qiladi.
Dostları ilə paylaş: