Artistik (kreativlik) tip. Bunday insonlarda xayol va intuitsiya yaxshi
rivojlangan.
Ular
hayotni
murakkablashtirgan
holda
qabul
qiladilar.
"Erkaklashtirilgan" — sport, avtota’mirlash kabi ishlar qiziqtirmaydi. Ular ijodiy
xarakterli mashg’ulotlarni xush ko’radilar. Ya’ni, musiqa, rassomchilik, adabiyot
va shu kabi sohalarda yuqori natijalarga erishishlari mumkin.
Muomala jarayonida o’z-o’zini kommunikativ nazorat qilish testi (Amerika psixologi Marian Snayder metodikasi) Quyidagi 10 ta testni diqqat bilan o’qing, qaysi gap ishonchli bo’lsa unga
“to’g’ri” belgisini, agar ishonchsiz desangiz unga “noto’g’ri” degan belgini
qo’ying.
1.
Boshqalarning odatlariga taqlid qilish qiyin deb o’ylayman.
2.
Boshqalarning diqqatini tortish va kuldirish uchun axmoqona
harakatlar qilishim mumkin.
3.
Mendan yaxshigina aktyor chiqishi mumkin edi.
4.
Boshqalar fikricha men ayrim narsalarni juda chuqur ichdan
kechiradi, deb o’ylaydilar.
5.
Turli davralarda men kamdan kam hollarda diqqat markazda
bo’laman.
6.
Turli vaziyatlarda har xil kishilar davrasida men o’zimni bir xil
tutmayman.
7.
Men o’zim to’g’ri deb bilgan fikrimda qat’iy turaman.
8.
Ishda va odamlar bilan munosabatda ko’p narsaga ulgurish uchun
meni qanday ko’rishni xohlasalar o’zimni shunday tutaman.
9.
Men yoqtirmaydigan odamlarim bilan ham do’stona munosabatda
bo’la olaman.
10.
Boshqalar meni qanday tasavvur qilsalar men shundayman.
Snayder bo’yicha kommunikativ nazoratning yuqori darajasiga ega kishilar
doimo o’zlariga e’tibor berishadi, o’zini qaerda qanday tutishni yaxshi bilishadi.
His-tuyg’ularini boshqara oladilar. Ular oldindan bilib bo’lmaydigan vaziyatlarni
yoqtirmaydilar. “Bu vaziyatda men qanday bo’lsam shundayman”, qoidasiga rioya
qiladilar. Kommunikativ nazoratning quyi darajasiga ega kishilar ochiq ko’ngil
“men”i barqaror, turli vaziyatlarda kam o’zgaradilar.