95
Kishilarni o’z fikringizga og’dirishni xohlaysizmi?
Unda quyidagi qoidalarga amal qiling.
1-qoida. Gapni suhbatdoshingiz fazilatlarini samimiy maqtashdan boshlang.
2-qoida. O’zgalarning xatosini to’g’ridan-to’g’ri emas, balqi yotig’i bilan,
yordamchi vositalar ko’magida tushuntiring.
3-qoida. Avval o’z xatolaringizdan gapiring, so’ngra suhbatdoshingizni tanqid
qiling.
4-qoida. Suhbatdoshingizga buyruq o’rniga savol bering, maslahat soling.
5-qoida. Kishilarga o’z obro’larini saqlab qolishlariga imkon bering.
6-qoida. Kishilarning arzimas yutuqlarini ham e’tirof eting va har bir
muvaffaqiyatni e’tiborsiz qoldirmang, baho berishda xolis, maqtovda saxiy
bo’ling.
7-qoida. Kishilarga sha’n yaratib beringki, uni oqlash harakatiga tushib qolsinlar.
8-qoida. Rag’batlantiring, shunday taassurot uyg’otingki, siz tuzatilishini
istayotgan xatoni bartaraf etish oson tuyulsin.
9-qoida. SHunday qilingki, kishilar sizning istagingizni bajarayotganlaridan
xursand bo’lsinlar.
10-qoida. Tanqid qilmang. Aks holda u o’zini oqlashni boshlaydi va sizning
xatolaringizni qidiradi.
Pedagog Doroti Dou Noltning qarashlari yohud bolalar o’zlari yashayotgan
hayotdan nimani o’rganishlari haqida
* Agar bola tanqid bilan yashasa, u ayblashni o’rganadi.
* Agar bola adovat bilan yashasa, u urishishni o’rganadi.
* Agar bola qo’rquvda yashasa, u qo’rqoqlikni o’rganadi.
* Agar bola afsusda yashasa, u afsuslanishni o’rganadi.
* Agar bolani ustidan ko’p kulishsa, uyatchan bo’lishni o’rganadi.
* Agar bola qiziqish bilan yashasa, u havas qilishni o’rganadi.
* Agar bola uyat bilan yashasa, u hadik va aybdorlik hissini o’rganadi.
* Agar bola qo’llab quvvatlash bilan yashasa, u o’ziga ishonishni o’rganadi.
* Agar bola bag’rikenglikda yashasa, u sabrli bo’lishni o’rganadi.
* Agar bola maqtov bilan yashasa, u qadrlashni o’rganadi.
* Agar bola tan olish bilan yashasa, sevishni o’rganadi.
* Agar bola do’stlik bilan yashasa, u yer yuzi yashash uchun ajoyib joy ekanligini
tan oladi
* Agar siz osoyishtalik bilan yashasangiz, sizning farzandingiz ham
osoyishtalikda yashaydi.
Dostları ilə paylaş: