96
Psixolog mutaxassisligi uchun kerakli termin va iboralarning
qisqacha ma’nosi
Akmeologiya fani
– taraqqiyotning eng gullagan cho’qqisini o’rganuvchi fan
Adaptatsiya
- turli qo’zg’atuvchilar va psixologik muhitga moslashish
Afaziya
– nutqning buzilishi
Abuliya
- irodaning zaiflashishi
Diqqat
– ongning bir ob’ektga qaratilishi
Idrok
- predmet va hodisalarni yaxlit aks ettirish
Muomala
– kishilarning bir-biriga nimanidir aytish istagi
Sezgi
– ayrim xossalarni aks ettirish
Xotira
–esda qoldirish, esda saqlash, esga tushirish va unutish jarayoni
Tafakkur
– narsa va hodisalarni umumlashtirib, vositali aks ettirish
Xayol
– fantaziya, obrazli aks ettirish
Iroda
– qiyinchiliklarni yenga olish, qat’iyatlilik
Hissiyot
– ruhiy kechinmalarni boshdan kechirish, emotsiya
Introversiya
- Ayzenk tomonidan shaxs tipini ifodalash uchun kiritilgan
tushuncha bo’lib, kamgaplik, odamovilik, boshqalarga e’tiborsizlik, o’z-o’zini
tahlil qilishga moyil kishilarga nisbatan qo’llaniladi.
Melanxolik
- temperament tipi, tez ta’sirlanuvchan, arzimagan hodisalar haqida,
chuqur qayg’uradigan kishilar.
Psixologik takt – nazokat, odob, me’yorni his qilish.
Oliy nerv faoliyati tipi - oliy nerv faoliyati xususiyatlarining (kuchi,
harakatchanligi, muvozanati) barqaror yig’indisi.
Sangvinik
- temperament tipi, harakatchan, taassurotlari tez o’zgarishga moyil,
muloqotga kirishuvchan, faol kishilar.
Temperament
- shaxs faoliyati, xulq -atvorining tezligi va hissiy tomonini
ifodalovchi shaxsning barqaror xususiyatlari yig’indisi.
O’smirlik davri – o’tish, qiyin davr, balog’atga yetish.
Dostları ilə paylaş: