www.ziyouz.com
kutubxonasi
299
beriladi. Qanchalab uyg‘oq namozxonlar bor, ular uyquda, deb yoziladi. Kishi sahar
vaqtida turib, tahorat qilib, so‘ng bomdod vaqti chiqqunicha namoz o‘qishga odatlangan
bo‘lsa, ammo bir kecha o‘sha niyat bilan yotib, ertalabgacha uxlab qolsa, keyin uyg‘onib
ketib, namozni o‘tkazib yuborganiga xafa bo‘lsa va istirjo’ aytsa, uni namozni vaqtida
o‘qigan, deb yoziladi va niyati bilan uning savobiga erishadi. Yana bir kishi kechasi turib,
namoz o‘qishga odatlanmagan, ammo kechasida tong otdi, deb gumon qilib, turib
tahorat olib, masjidga kirsa, hali tong otmagan bo‘lsa, so‘ng bomdod namozi vaqti
kirishini kutib, o‘ziga-o‘zi, hali bomdod namozi vaqti bo‘lmaganini bilganimda, o‘rnimdan
turmasdim, desa, shu niyati uchun uyg‘oq bo‘lsa ham, uxlovchilardan deb yoziladi”.
________________
Amal va niyat birligi bobi hadislari
749-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy, Qazoiy rivoyat qilgan.
750-hadis. Avvali Buxoriy va Muslimning hadislarida kelgan. So‘ngining isnodi noma’lum.
751-hadis. Isnodi noma’lum.
752-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy, Qazoiy rivoyat qilgan.
753-hadis. Isnodi noma’lum.
754-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
755-hadis. Sahih. Termiziy, Ibn Hibbon, Abu Na’im rivoyat qilgan.
756-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
757-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
758-hadis. Ibn Najjor rivoyat qilgan.
759-hadis. Sahih. Muslim, Nasoiy, Ahmad rivoyat qilgan.
OLTMISH SAKKIZINCHI BOB
MAG‘RURLANISH
Faqih Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladilar. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): “Najot ikki
narsada: taqvo bilan niyatdadir. Halokat ham ikki narsada: umidsizlik ila
mag‘rurlanishda”, dedilar.
Vahb ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Sizlardan avvalgilarning ichida Allohga yetmish yil
ibodat qilgan kishi bor edi. Haftada bir kun, ya’ni shanbada og‘zi ochiq bo‘lardi. Qolgan
kun ro‘zador edi. U Allohdan bitta hojatini so‘radi. Ammo hojati ravo bo‘lmadi. Shunda
nafsiga, agar senda yaxshilik bo‘lganida, hojating bajarilar edi, ammo oldin gunoh ishlar
qilgansan, dedi. Shu zahoti bir farishta tushib: “Ey odam farzandi, o‘zingni haqir
hisoblaganing oldin qilgan yetmish yillik ibodatingdan yaxshidir”, dedi.
Sha’biy aytadilar: “Bir kishiga bulutlar soya solib yurardi. Buni ko‘rgan boshqa bir kishi:
“Albatta, uning soyasida yuraman”, dedi. Shunda haligi birinchi kishi g‘ururlanib: “Mana
bunga o‘xshashlar mening soyamda yuradi”, deb o‘yladi. Vaqti yetib, ular ajralishganida
esa, soya ikkinchi kishi bilan ketdi”.
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: Tavbangning to‘g‘ri bo‘lishi gunohingni bilish,
amalingning to‘g‘ri bo‘lishi mag‘rurlikdan voz kechishing bilandir”.
Umar ibn Abdulazizdan (r.a.) zikr qilinadi. U kishi xutba qilayotganlarida mag‘rurlanib
qolishdan qo‘rqsalar, xutbalarini to‘xtatardilar, yozayotganlarida ham mag‘rurlanishdan
xavfsirasalar, varaqni yirtib tashlardilar va: “Ey Parvardigor, Sendan nafsimning
yomonligidan panoh tilayman”, derdilar”.
Mutarrif ibn Abdulloh aytadilar: “Kechasi uxlab qolib, pushaymon holda tong ottirishim
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Dostları ilə paylaş: |