Pedagogikasi



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/79
tarix20.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#145832
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

«Doira» 
rivoyatida hikoya 
qilinishicha, qadim -qadim zam onlarda bir m am lakatning savdogarlari 
savdo qilish uchun safarga chiqishibdi. Y o‘llari ch o ‘li M alikdan o ‘tar 
ekan. Y o‘l yurib, y o ‘l yurishsa ham oz emas, m o ‘l yurishib, cho‘li 
M alikning qoq o ‘rtasiga borib qolishibdi. Bir payt g ‘am lagan suvlari 
ham tam om b o ‘lib qolibdi. Suvsizlikdan birin-ketin sulayishib, yotib 
qolishibdi. Kuch-quvvatlari ketib, turib yurishga aslo madorlari 
qolm abdi. Karvonda bir yigit ham bor ekan. U o ‘zining oxirgi m eshidagi 
suvni safardoshlari o g 'zig a tom chilab-tom chilab quyibdi. O dam lar bir 
oz o ‘zlariga kelishibdi-yu, baribir issiq hamda chanqovdan y o ‘lga tusha 
olishmabdi. Shunda boyagi yigit o ‘ylab-o‘ylab, suvdan b o ‘shagan 
meshini yorib, aravaning g ‘ildiragiga tarang qilib tortibdi. Shundan 
keyin oftobga qaratib q o ‘yibdi. S o‘ngra uni taka-tum lata boshlabdi. 
O voziga mahliyo bo ‘lib qattiqroq taka-tumlatibdi. Bora-bora uni 
shunchalik ura boshlabdiki, asbobning ovozi butun choMni larzaga 
keltiribdi. G ’ayritabiiy bu ovozdan odam lar ham o ‘zlariga kelib, g ‘imir- 
lay boshlashibdi. Ularda kuch-quvvat, xatti-harakat paydo bo‘libdi. 
O voz barxandan barxanga o ‘tibdi, tepalikdan tepalikka k o ‘chibdi. Oxiri 
shu ch o ‘lning narigi chekkasida ketayotgan boshqa karvondagilarning
4j Каримов И.А. Юксак маънавият- енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2008 143-бет.
103


qulog‘iga yetib boribdi. K arvondagilar: «Karvon halokatga uchrabdi, 
boMmasa bunaqa ovoz chiqarm asdi. Yordam ga chaqiryapti, borm oq ke- 
rak», - deb ulam ing oldilariga yetib borishibdi. Suv berib, falokatga uch- 
ragan savdogarlarni saqlab qolishibdi-da, savdoga birga olib ketishibdi. 
C ho‘lda suvsizlikdan halokat holiga kelgan savdogarlarni saqlab qolgan 
narsa doira ekan. Shu-shu doira «taka-taka-tum » deb ovoz chiqara bosh- 
ladimi, odam larda tetiklik, jasurlik, dadillik kayfiyatlari uyg ‘onarkan.
« Ja z o » rivoyatida esa q o ‘shiq sehri, insonlarga xos b o ‘lgan 
ziyraklik, topqirlik, aql tarannum etiladi: « Bir shahzoda y o lg ‘iz o ‘zi 
ovga chiqibdi. U hech q o ‘rqm ay, qalin to ‘qay ichiga kirib bedarak 
ketibdi. Podshoning yuragiga g ‘ulg‘ula tushibdi. Bosh vazim i oldiga 
chaqirib: « 0 ‘g ‘limni tezda topasan, topm ay qaytib kelsang yoki yom on 
bir xabar keltirsang o g ‘zingga q o ‘rg‘oshin quydiram an», - debdi. Bosh 
vazir odam larini olib, to ‘qayga ravona b o ‘libdi. Q idirib-qidirib 
qarasalar, shahzodani yovvoyi hayvon oMdirib ketgan emish. V azir 
podshoning oldiga borib bu xabam i aytishga yuragi betlam abdi. Keyin 
bir jo y g a to ‘planib m aslahat qilishibdi. V azir bilan birga borgan 
odam lardan biri: «M ana shu to ‘qayning narigi chetida bir dono chol bor, 
o ‘sha chol nim a qilish kerakligini aytib beradi, shuning oldiga boram iz»,
- deb m aslahat beribdi. V azir boshliq podshoning odam lari o ‘sha 
cholning oldiga borishibdi, b o ig a n gaplam i aytib berishibdi. Chol 
o ‘ylanib turib: «M ayli, m en o ‘zim borib javobini beram an», - debdi. 
B ular ham m asi shahzodaning o ‘ligini bir yerga yashirib, podshoning 
saroyiga boribdilar. Z o ‘r tashvishda o ‘tirgan podsho darrov: «X abar 
topib keldingizm i?» - deb so ‘rabdi. H am m a jim turaveribdi, chunki kim
to ‘g ‘risini aytsa, o g ‘ziga q o ‘rg ‘oshin quyilishi kerak edi. Shunda haligi 
odam q o ‘liga dutorini olib chala beribdi. D utordan shunday m ungli, 
qay g ‘uli ovoz tarqalibdiki, podsho o ‘g ‘liga nim a b o ‘lganini darrov sezib 
olibdi. Podsho o g ‘ir qay g ‘u chekibdi, keyin g ‘azab bilan: «C holning 
o g ‘ziga q o ‘rg ‘oshin quyilsin», - deb buyruq beribdi. Haligi chol: «M eni 
a v f eting, podshohim , m enda hech ayb y o ‘q, q ayg‘uli xabarni men em as, 
m ana bu dutorim aytdi, jazoni shu dutor tortishi kerak», - debdi. Podsho 
buyruqni chor-nochor o ‘zgartiribdi: dutorning qom iga q o ‘rg ‘oshin eritib 
quyibdilar.
M a’lum ki, yurtim izdagi tarixiy obidalar, m illiy m e’m orchilik 
nam unalari ulkan aham iyatga ega boMgan yodgorlikdir. U lam ing har 
biri m illiy boyligim iz, m illiy o ‘zligim izni anglatib turuvchi tarixiy 
xotira, saboq, odobnom alardir. A na shu xalq durdonalari jah o n m e’m or- 
chiligi tarixida o ‘zlarining badiiy qadr-qim m ati, obro‘siga k o ‘ra M isr,
104


Hindiston, Eron, antik Yunoniston va qadimgi Rimdagi m ashhur 
m e’morchilik yodgorliklari bilan haqli ravishda bir qatorda turadi.
Bu obidalar bir necha asrlardan beri vaqt sinovlariga bardosh berib 
kelayotganligi, betakror bezaklari va salobati bilan jahon xalqlarini 
m aftun qilib kelinoqda. Yosh avlod nihoyatda yuksak aql-zakovat 
mahsuli boMgan bunday arxitektura ansambllari, m ahobatli binolam i 
k o ‘rib, ulardagi m islsiz g o ‘zaIlikni his qiladilar. H unarm and ustalar 
ishini k o ‘rib, hunar o ‘rganishga yanada qiziqishi ortadi. Shuningdek, 
bunday m onum ental qurilishlar, m ajm ua va yodgorliklar yoshlarni 
axloqiy tarbiyalashda muhim m anba hisoblanadi.
A jdodlarning m e’m orchilik qobiliyatidan faxrlanish hissi vatanni 
sevishga, vatanparvarlik hissining uyg‘onishiga olib keladi. Vatanpar- 
varlik esa axloqiy tarbiyaning bosh m ezonidir.
Yurtim izdagi har bir tarixiy m e’morchilik obidalari o ‘ziga xos 
m urakkab arxitektura asosida qurilgan va ju d a katta m ehnat sarflangan.
Jum ladan, Samarqand shahridagi Sherdor madrasasi 1619-1636 
yillarda Sam arqand hokim i B ahodir Y alangto‘sh tom onidan Abdujabbor 
loyihasi asosida qurdirilgan.
M e ’m or A bdujabbor «Sherdor» m adrasasining peshtoqini hech 
qaysi m e’m orchilikda takrorlanm aydigan uslubda bezaydi. Unda 
hayvonlar, o ‘sim lik va issiqlik, y o ru g iik manbai boMgan quyosh orqali 
komil 
insonni 
aks 
ettirishga 
muvaffaq 
boMgan. 
Bu 
m e’mor 
A bdujabbom ing nafaqat naqsh tilini, balki go ‘zallik falsafasini
naqshlam ing ramzlarini bilgan mohir usta bo‘lganidan dalolat beradi.
M adrasaning ham m ani o ‘ziga tortadigan jihatlaridan biri shundaki, 
uning peshtoqiga sher, ohu, quyosh va inson yuzining tasviri tushirilgan.
Sher boshining birinchi ramziy m a’nosi tirik m avjudotlar ichida 
eng aqlli va kuchli qilib insonlam ing yaratilganligini anglatadi. Tasvir 
Sam arqand hokimi Bahodir Y alangto'shbiyning dovyurakligi, aql- 
zakovati, epchilligi, ziyoli va donoligiga qiyoslanib, uning burji sher, 
m uchali esa yoMbarsligiga ishora qilingan.
Shem ing qulog‘i esa insonlam i hushyorlikka undashi, y a ’ni halol va 
harom luqm aning farqini hushyorlik bilan ajrata bilishga undaydi. 
A sarda ajdodlarim izdan Abu N asr Forobiyning quloq haqidagi ibratli 
fikrlari ham keltirilgan. «A gar quloqni nim alardan berkitish kerak, deb 
so'rasalar, aytgil, a w a l botil va bid’at so ‘zlardan, ikkinchidan, behuda 
va foydasiz so ‘zlardan, uchinchidan, g ‘iybat va bo'hton so ‘zlam i 
eshitishdan. Chunonchi, g ‘iybatga quloq solgan g ‘iybatchining gunohiga 
sherikdir».
105


Sheming tishi orqali aql-zakovatda, ilmda, tafakkurda o ‘tkir bo‘lish lo- 
zimligi, tili esa dunyodagi eng shirin va achchiq narsa ekanligi eslatib o ‘tiladi.
K o‘z tasvirida insonning qalb k o ‘zi ram ziy m a’noda ifodalangan 
bo ‘lib, inson olam ni k o ‘zi bilan k o ‘radi, lekin shunday narsalar borki, 
inson ularni qalb k o ‘zi bilan k o ‘rishi va idrok etishi kerakligi m a’nosida 
ifodalangan.
A ynan yoshi ulug‘ sher tasviri insonlar va B ahodir Yalang- 
to ‘shbiyning donoligi, tajribaga asoslangan aql-zakovati yuksak darajada 
ekanligi ram zi sifatida k o ‘rsatilgan.
Sherning tanasidagi qora zuluk shakllarida yovuzlik va tun 
ifodalanib, hayot oq va qora ham da tun va kundan iboratligiga ishora 
qilingan. O q rang poklik, ezgulik va y orug‘likni bildirsa, qora rang 
yovuzlik ram zi sifatida olingan.
X ulosa qilib aytganda, m e’m oriy obidalarda aks etgan har bir bezak, 
naqshning o ‘z siri va falsafasi bor. A jdodlarim iz tom onidan asrlar davo- 
m ida barpo etilgan ulkan, mahobatli m e’moriy obidalam ing boy maz- 
muni va teran m ohiyatini yosh avlodga yetkazish m uhim vazifalari- 
m izdan biridir.

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin