Tarjimon: Shahnoza Qahhorova



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/65
tarix22.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#146901
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Ishqqa oid qirq qoida [@kitoblar pdf]

2008 yil, avgust, Nortgempton.
Avgustning muattar va quyoshli kuni. Boshqa 
kunlariga o'xshash kun. Ella erta uyg'onib, eri 
va bolalari uchun nonushta tayyorladi, har 
birini boradigan joylariga - kimnidir ishiga, 
kimnidir shaxmat va tennis klubiga - o'z 
vaqtida yetib borishlarini nazorat ostiga oldi, 
keyin oshxonaga qaytib, oshpazlik kitobini 
ochdi va oilaning kunduzgi ovqatlari nimalar 
bo'lishini tanlashga kirishdi. 
Ismaloqli va qo'ziqorinli pyure-sho'rva. 
Gorchisa mayonezi bilan tortiladigan 
chig'anoqlar. 
Ustiga estragonli sariq yog' quyilgan qovrilgan 


grebeshoklar. 
Klyukvali sabzavot salati. 
Guruchli va qirg'ichda maydalangan pishloqli 
tsukini. 
Rovochli va vanil kremli ochiq pirog. 
Yarim kun Ella to'g'rash, bug'lash, qovurish 
ishlari bilan mashg'ul bo'ldi. Hammasini 
tayyorlab bo'lgach, eng yaxshi idishlarni oldi. 
Likoplar va salfetkalarni qo'yib chiqdi, stolga 
gul qo'ydi. Keyin krutonlarni qovurdi, salatga 
Avi yaxshi ko'rganiday yog'liq qaymoqdan 
ko'proq qo'shdi. Shamlar ham yoqib 
ko'ymoqchi edi, lekin keyin aynidi. Shundoq 
yaxshi deb o'yladi. 
Shu ishlardan keyin Ella avvalroq tayyorlab 
qo'ygan jomadonini oldi va uydan chiqdi. 
Yo'lda Shams qoidalaridan birini shivirlardi. 
O'zingdan bir narsani so'rashning aslo kechi 
yo'q: «Hayotimni o'zgartirishga tayyormanmi? 
O'zimni o'zgartirishga tayyormanmi? 
Hayotning hatto bir kuni oldingisiga o'xshasa, 
buning aslo yaxshi tomoni yo'q. Inson har on, 


har nafas yangilanishi kerak. Yangi hayot 
boshlashning faqat bir usuli bor: o'limdan oldin 
o'lish». 
Aloviddin
1248 yil, aprel, Konьya.
Shams halok bo'lgandan uch hafta keyingina 
men o’zimda jasorat topib otam bilan 
gaplashgani bordim. Yolg’iz o'zi 
kutubxonasida haykaldek qimirlamay qotib 
o’tirardi. Faqat yuzida soyalar harakatlanardi. 
Ota, siz bilan gaplashishimga izn berasizmi? 
U xuddi xayolot ummonidan suzib 
chiqayotganday, ohista ko'zlarini yuqori 
ko'tardi, lekin hech nima demadi. 
- Ota, siz meni Shamsni qatl etishda 
qatnashgan, deb o'ylayotganingizni bilaman, 
lekin ijozatingiz bilan sizni ishontirib... 
Otam birdan gapimni bo'lib, barmog'ini baland 
ko'tardi. 
- O'g'lim, sen bilan meni bog'laydigan so'zlar 


endi quruq ma'nosiz bo'lib qoldi. Men seni 
eshitishni istamayman, mening ham senga 
aytar so'zim yo'q, - dedi u. 
- Iltimos, unday demang. Tushuntirishimga izn 
bering, - iltijo qildim men titroq ovozda. - 
Xudo haqi, men bunday qilmadim. Men bu 
ishni qilgan odamlarni bilaman, lekin men 
qilmaganman. 
- O'g'lim, - yana gapimni bo'ldi otam, 
ovozidagi qayg'u o'rnini sovuq xotirjamlik 
olgan edi, go'yo u dahshatli haqiqatni 
biladiganday edi. - Sen men qilmadim, 
deyapsan, lekin yenging hoshiyasidagi qon 
qayoqdan paydo bo'ldi? 
Titrab ketdim va beixtiyor kiyimimga qaradim. 
Nahotki rost bo'lsa? Nahotki qon tekkan bo'lsa? 
Men hoshiyaga, keyin ikkala yengimga
qo'llarim va tirnoqlarimga qaradim. Hech 
qanday qon yo'q edi. Boshimni ko'tarib 
otamning ko'zlariga ko'zim tushgach, bildimki, 
bu qopqon edi. Otam meni ustalik bilan qo'lga 
tushirdi. 


Ehtiyotsizlik qilib, hoshiyaga qarab o'zimni 
fosh qilib qo'ydim. 
- To'g'ri, o’sha kuni men qovoqxonaga 
borganman. Shamsning har kuni kechqurun 
muroqaba qilish odati borligini qotilga men 
aytganman. Keyin men Shams qotil bilan 
yomg'irda suhbatlashayotganda devordan oshib 
o'tganlar bilan birga edim. Men ularga 
devorning qaysi joyidan o'tish qulayligini 
ko'rsatdim. Hammamiz qotilga ishonish 
mumkin emas degan qarorga keldik. Bor gap 
shu. Lekin uni o'ldirishda men qatnashmadim. 
Shamsga birinchi bo'lib Beybars hujum qildi, 
keyin unga Irshod qo'shildi, keyin qolganlar 
ham qo'shilishdi. Ular hech nima qila olmay, 
vahimaga tushganlaridan keyin Shoqol Bosh 
ishni nihoyasiga etkazdi. 
Keyin men bularning hammasini shuncha ko'p 
esladimki, endi aslida nima bo'ldi va nimasi o'z 
tasavvurim mahsuli ekanini ham bilmay 
qoldim. Bir necha bor Shams qo'limizdan 
chiqib, qorong'ulik qa'riga singib ketdi, bu 


shunchalik aniq ediki, men hatto bunga deyarli 
ishongan edim. 
Garchi Shams hozir yo'q bo'lsa-da, hamma 
yoqda uning izlari bor. Raqs-u Samo, she'riyat, 
musiqa - men ularni u bilan birga yo'qoladi deb 
o'ylagan barcha narsalar hayotimizda o'rin 
egallab bo'lgan ekan. Otam shoirga aylandi. 
Shams haq gapni aytgan ekan. Ko'zalardan biri 
sindirilsa, ikkinchisi avvalgicha qolmas ekan. 
Otam hamisha mehribon. U nafaqat 
musulmonlarga, balki barcha din vakillariga - 
xristianlarga, yahudiylarga va hatto majusiylar 
(butparastlar)ga ham hurmat bilan qaraydi. 
Hayotiga Shams kirib kelganidan keyin esa 
mehr doirasi shu daraja kengaydiki, hatto 
jamiyatning eng quyqa qatlami bo'lgan 
fohishalar, ichkilikbozlar, gadoylar, 
jinoyatchilarni ham qamrab oldi. 
U hatto Shamsning qotillarini ham sevishi 
mumkindir. 
Faqat bir odamni sevishga o'zini majbur qila 


olmaydi - o'z o'g'lini. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin