cho‘yanlar yumshoq, oquvchan, qayta ishlanuvchan, yedirilishga chidamli,
quyma buyumlar tayyorlanadi. C ho‘yanning maxsus turlari kulrang
cho‘yanlaming bir xili bo‘lib, uni uzoq muddat (80 soat) yuqori haroratda
termik ishlov berib olinadi.
C ho‘yanlar tarkibiga marganes, kremniy, fosfor va legirlovchi
qo‘shimchalar qo‘shib mustahkamligini oshirish mumkin.
P o‘lat
- cho‘yan tarkibidan ortiqcha uglerod va qo‘shimchalami
maxsus texnologiyalar yordamida chiqarilib, asosan, konvertor, marten va
elektr toki bilan eritish usullarida olinadi. Po‘lat tarkibida uglerod 2 foiz
gacha bo‘ladi. Po‘latlar kimyoviy tarkibiga ko‘ra uglerodli va legirlangan
bo'ladi. Uglerodli poiatlar temir va uglerod hamda marganes, kremniy,
oitingugurt va fosfor aralashmalari asosidagi qotishmadir. Ular qotishiga
ko‘ra sokin, yarimsokin va qaynaydigan po‘lat turlariga bo‘linadi.
Po‘lat tarkibiga nikel, xrom, volfram, mis, alyuminiy, molibden va
boshqa rangli metallar kiritib legirlangan po‘latlar olinadi. PoMatlar kam
legirlangan (2,5 foizgacha), o‘rtacha legirlangan (2,5-10 foiz) va ko‘p
legiriangan (10 foizdan ortiq) bo‘ladi. PoMatlar ishlatilish sohasiga ko‘ra
konstruksion, maxsus asbobsozlik po‘latlarga bo‘linadi. Konstruksion
poMatlardan qurilish konstruksiyalari, armaturalar, maxsus po‘latlardan
esa olovbardosh va korroziyaga chidamli konstruksiyalar tayyorlanadi.
Sifatiga ko‘ra poiatlar oddiy, sifatli, yuqori sifatli va alohida yuqori sifatli
turlarga bo‘linadi.
10.3. Cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarish asoslari
Qora metallar ishlab chiqarish murakkab texnologiya bo‘lib, shartli
ravishda ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda temir rudasidan
cho‘yan ishlab chiqariladi. Ikkinchi bosqichda esa cho‘yandan po‘lat ishlab
chiqariladi. Cho‘yan temir rudasini koks yoqilg‘isi bilan domna pechlarida
eritish natijasida hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: