m ateriallarga beton, g ‘isht, p o ‘lat, granit
va shu kabilar, qiyin
yonadiganlariga
asfalt-beton, fibrolit, ba’zi penoplastlar, shimdirilgan
yog‘och va shu kabilar, yonadiganlariga yog‘och, gulqog‘oz, bitum,
bo‘yoqlar va shu kabilar kiradi.
Materialni antipirenlar bilan shimdirib yoki qoplab yonish muddatini
kechiktirish mumkin. K o ‘p yonmaydigan materiallar olov ta ’sirida
yonmasa-da, kuchli deform atsiyalanadi (po‘lat), darz ketadi (tabiiy
toshlar), sachrab sinadi (asbosement).
1.5. Qurilisb materiallarining mexanik xossalar
1.5.1.
Mustahkamlik
Materialga tashqi kuch ta’sir etganda, unda ichki kuchlanish (zo‘riqish)
hosil bo‘ladi. Kuchlanish m a’lum qiymatga yetganda, material buziladi
(sinadi, parchalanadi). M aterialning buzilishga qarshilik ko‘rsatish
xususiyati
mustahkamlik
deyiladi. Materiallaming mustahkamligi, odatda,
ulaming
mustahkamlik chegarasi -
R
orqali ifodalanadi. Mustahkamlik
chegarasi deb, materialning eng katta kuch ta’sirida buzilgan vaqtida
hosil bo‘lgan ichki kuchlanish a ga aytiladi. Bino va inshoot qismlarining
mustahkamligini hisoblash davlat standartlari bo‘yicha ruxsat etilgan
kuchlanish uning mustahkamlik chegarasi orqali ifodalanadi:
о =R/Z
rux
bunda:
R
-
mustahkamlik chegarasi, MPa;
Z - mustahkamlikning ehtiyot (zaxira) koeffitsiyenti, kamida 2-3.
Ehtiyot koeffitsiyentini aniqlashda quyidagilar hisobga olihadi:
a) tu zilish i bir jin s li b o ‘lm agan m ateriallar m ustahkam lik
chegarasining yarmidayoq kuchsizlangan joyidan buzila boshlaydi; b)
ko‘p materiallar kuch ta’sirida tez deformatsiyalanadi
va mustahkamlik
chegarasi ko‘rsatkichining 50-70 foizida darzlar hosil bo‘ladi; c) material
ga qayta-qayta o ‘zgaruvchan dinamik kuch qo‘yilganda, u mustahkamlik
chegarasiga yetmasdan buzilishi - «charchashi» tufayli buzilish deyiladi.
Hozirgi vaqtda m ateriallam ing buzilish holatini hisoblashda ehtiyot
koeffitsiyentlaridan foydalaniladi. Bunda ortiqcha yuk,
materialning bir
jinsliligi, inshootning ishlash sharoiti hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: