8.5. Organizmning energiya balansi Qabul qilingan oziq-ovqat mahsuloti hayotiy faoliyat davrida sarflanadigan
barcha moddalarni o‗rnini qoplashi, o‗suvchi organizmning shakllanishi uchun
asos bo‗luvchi material va unga kerakli energiyani yetkazib turishi lozim.
Organizm to‗liq tinch holatda bo‗lsa ham, u energiyani barcha to‗qimalarda
doimiy ravishda sodir bo‗ladigan almashinuv jarayonlariga, nafas olishga, yurak va
boshqa ichki organlarning ishlab turishiga sarflaydi. To‗liq ravishda tinch holatda
bo‗lganda voyaga yetgan odam kuniga, taxminan 1800 kaloriya energiya sarflaydi.
Energiya balansi iste‘mol qilingan ozuqa moddalar va organizmni tark
etayotgan so‗nggi mahsulotlarning kaloriya hisobidagi ko‗rsatkichini aniqlashga
asoslangan. Bu ma‘lumotlarni aniqlash uchun ovqat mahsulotlarini energiya
ko‗rsatkichi va organizmdan issiqlik hamda mexanik ish tarzida ajralib chiqadigan
energiya ko‗rsatkichlarini qayd etish lozim bo‗ladi. Qayd qilingan ko‗rsatkichlar
orasidagi farq, bu organizmning hayotiy faoliyati uchun kerakli barcha kimyoviy
reaksiyalarining borishini ta‘minlovchi energiyadir. Sog‗lom odamlarning samarali
ovqatlanish asoslarini ishlab chiqish bilan ovqatlanish gigiyenasi, bemorlarning
ovqatlanishi bo‗yicha esa dietologiya shug‗ullanadi. Voyaga yetgan odam uchun
o‗rtacha charchashga oid faoliyat bilan shug‗ullanuvchilar uchun kunlik ratsion
3000 kkal (1 kkal = 4.19 kDj) ni tashkil qilishi lozim. Energiya sarfini oshishi,
oziq-ovqat mahsulotlariga bo‗lgan talabni ham oshiradi. Muvozanatlangan
samarali ovqatlanish tushunchasi mavjud, unga ko‗ra oqsillar, yog‗lar,
karbonsuvlarning - 1: 1: 4 nisbatda bo‗lishi evaziga organizmning energiyaga
bo‗lgan kunlik talabi qondiriladi. Oqsillar energiyaga bo‗lgan ehtiyojning 15
foizini, yog‗lar 30 foizini va karbonsuvlar-55 ta‘minlaydi, bunda oqsillarning
yarmidan kam bo‗lmagan qismi hayvon oqsillari bo‗lishi, yog‗larning 75-80 foizi
hayvon yog‗lari, 20-25 foizi o‗simlik moylari tashkil qilishi kerak.
Oziqlanish to‗la qimmatli bo‗lishi uchun ratsion tarkibiga go‗sht, baliq, sut
mahsulotlari (oqsil va lipidlarning asosiy manbalari), shuningdek, sabzavotlar,
mevalar (karbonsuvlar manbalari), minerallar va vitaminlar kiritilishi kerak.
Shuning uchun tirik organizmdan ajraladigan energiyani kaloriya tarzida baholash
shartli bo‗lib, u faqat har xil energiya turlarining ekvivalentligini hisobga olgan
holda amalga oshiriladi. Kalorimetrik uslublar yordamida aniqlash shuni
ko‗rsatdiki, 1 g karbonsuv yonganda 4,1 kkal (yoki 4,1x4,19=17,18 kDj), yog‗ -9,4
kkal ( yoki 9,4x4,19=39,39 kDj), oqsil -5,6 kkal (yoki 5,6x4,19=23,46 kDj)
energiya hosil bo‗ladi.
Organizmning energiyaga bo‗lgan ehtiyoji tajriba yo‗li bilan aniqlanadi va
kaloriya bilan ifodalanadi. Odamlarning energiyaga bo‗lgan ehtiyoji nisbiy
ravishda aniqlangan. Ta‘kidlash joizki, u mehnat faoliyatiga, jinsga, yoshga va
h.k.ga bog‗liq holda farqlanadi.
164
Odamning energiyaga bo‗lgan ehtiyoji kunlik ovqatlanish ratsioniga kirgan
oziq-ovqat mahsulotlarining energiya qiymati bilan to‗liq qoplanishi kerak (15-
jadval).
15-jadval.