0 ‘zingizni sinang:
♦ 1747-yilda ... .
♦ 1826-yilda ... .
♦ 1838—1842-yillar ... .
1842—1870-yillarda xalqaro munosabatlarda Afg‘oniston.
1843-yilda «Ost-Indiya» kompaniyasi Hindistonning Sind vilo-
yatini ham bo‘ysundirdi. Shu tariqa Britaniya mustamlakalari
chegarasi Afg‘onistonga tutashdi.
Buyuk Britaniya bilan yangi urushni istamagan D o‘st Mu-
hammadxon 1855-yilda ingliz — afg‘on do‘stlik shartnomasini
imzoladi. 1857-yilda Buyuk Britaniya bilan Afg‘oniston o ‘rta-
sida harbiy shartnoma ham tuzildi. Bu shartnoma Buyuk
Britaniya uchun Afg‘onistonni vassal davlatga aylantirish
yodidagi birinchi qadam bo‘ldi.
1863-yilda D o‘st Muhammadxon vafot etgach, uning o‘g‘il-
lari o‘rtasida toj-u taxt uchun kurash avj oldi. Hindistonda
bo‘lib o‘tgan sipohilar qo‘zg‘olonidan cho‘chib qolgan Buyuk
Britaniya Afg‘oniston ichki ishlariga aralashmasligini bildirdi.
Ikkinchi tomondan, 0 ‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi
tomonidan istilo qilishning boshlanganligi ham Afg‘oniston
uchun xalqaro qulay vaziyat yaratdi. Shunday bir sharoitda,
Buyuk Britaniya Rossiya bilan kelishuv yo‘lini izladi. Ularning
fikricha, Afg‘oniston bu ikki mustamlakachi davlatlarning
Osiyodagi mustamlakalarini ajratib turuvchi hudud vazifasini
o‘tashi kerak edi.
1870-yilga kelganda Afg‘oniston mustamlaka ham, qaram
davlat ham emas edi. Biroq uning chegaralariga janubi-
sharqdan Buyuk Britaniya, shimoldan esa Rossiya tobora
yaqinlashib kelayotgan edi.
Dostları ilə paylaş: