Jahon tarixi


Afg‘oniston — Eron munosabatlari



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Afg‘oniston — Eron munosabatlari. 
Qisqa vaqt ichida Qan­
dahor qudratli xonlikka aylandi. U 1722-yilda Eron poytaxti 
Isfahonni ham egalladi va Mir Vaysxonning o‘g‘li Mir M ah­
mud o‘zini Eron shohi deb e’lon qildi. Endi Eron mustaqillik 
uchun kurash boshladi.
Bu kurashga Eron qo‘shini qo‘mondonlaridan biri Nodir 
Quli boshchilik qildi. 1730-yilda Eron afg‘on bosqinchilaridan 
to ‘la ozod etildi.
1736-yilda Nodir Quli Eron shohi deb e’lon qilindi. U 
ayni paytda katta bosqinchilik urushlari ham olib bordi. Chu- 
nonchi, 1738-yilda Afg‘onistonni ham bo‘ysundirdi. Afg‘o- 
nistonni itoatda tutish uchun Erondan katta miqdordagi jang- 
chilarni oilalari bilan Kobul va boshqa shaharlarga ko‘chirib 
keltirdi.
Afg‘oniston davlatining tashkil topishi. 
1747-yilda Nodir- 
shoh oMdirilgach, imperiya ham parchalandi. Bu davrda Bo- 
buriylar imperiyasi mavjud bo‘Isa-da, amalda u hech qanday 
kuch-qudratga ega emas edi.
Shu tariqa Afg‘oniston davlatining tashkil topishi uchun 
qulay tashqi sharoit yetildi.
1747-yilda afg‘on qabila xonlarining jirg‘asi (kengashi) 
afg‘onlarning abdali qabilasi sardori Ahmadxonni Afg‘oniston 
shohi deb e’lon qildi. Ahmadshoh qisqa vaqt ichida mamlakat 
hududini bosib olingan o‘lkalar hisobiga kengaytira oldi. Bu 
g‘alabalar evaziga u o‘ziga «Durri-Duron» unvonini qabul qildi 
va abdali qabilasining no mini durroniy no mi bilan o‘zgar- 
tirdi. Markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslik harakati va bosib 
olingan o ‘lka xalqlarining doimiy qo‘zg‘olonlari oqibatida
134


Durroniylar sulolasining hukmronligi zaiflashdi. Ahmadshoh- 
ning vorislari bu ikki omilga qarshi qanchalik kurashmasinlar
ularni bartaraf eta olmadilar.
Durroniylar sulolasi hukmronligining barham topishi. 
Ayni 
paytda vorislar o‘rtasida toj-u taxt uchun kurash ham avj 
oldi. Bundan boshqa qabilalar xonlari foydalanishga urindilar. 
C hunonchi, barakzaylar yetakchisi Fathxon taxt uchun 
kurashda hali u vorisni, hah bu vorisni qo‘llab, davlatda bosh 
vazir lavozimini egallab oldi va butun davlat ishlarini amalda 
o‘z qo‘lida to ‘plashga erishdi.
U yirik harbiy sardorlardan biri, ukasi D o ‘st M uham- 
madxon yordamiga tayanardi. Ular Afg‘onistonning deyarli 
barcha yirik viloyatlari hokimlarini o ‘zlariga qarashli kishilar- 
dan tayinlanishiga erishdilar.
Uzoq davom etgan o‘zaro kurashlardan so‘ng 1826-yilda 
D o‘st Muhammadxon Afg‘oniston taxtini egalladi va o‘zini 
amir deb e’lon qildi. Shu tariqa Durroniylar sulolasi hukm­
ronligi barham topdi. Mamlakatda Barakzaylar sulolasi hukm­
ronligi o ‘rnatildi.
Bu sulola hukmdori amir D o ‘st Muhammadxon butun 
Afg‘onistonni yagona davlatga birlashtirish va uni kuchli 
davlatga aylantirishga harakat qildi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin