www.ziyouz.com kutubxonasi
27
370.
Ilm o’rganish har bir mo’min uchun farzdir. Ilm tolibi uchun hamma narsa, hatto dengizdagi
baliqlar ham gunohini so’rab istig’for
42
* aytadi.
371.
Bir soatgina ilm o’rganish bir kechalik ibodatdan yaxshi, bir kunlik dars esa uch oy tutilgan nafl
ro’zadan afzaldir.
372.
Halol rizq topish har bir mo’min uchun vojibdir.
373.
Nuqsonsiz bo’la turib kamtarin, o’zini o’ta miskin tutmagan holda past tutuvchi, halol yo’l bilan
to’plagan mollaridan ehson qiluvchi, iffatli, ilmu hikmat ahli bilan aralashib yuradigan, miskin va
bechoralarga rahmu shafqat qiladigan odamga ko’p yaxshiliklar bo’lur. O’zini kamtarin olib yuruvchi,
halol kasb qiluvchi, qalbi pok, ko’rinishi yoqimli, odamlarga o’z yomonligini yetkazmay yuradigan
kishilar naqadar yaxshi! Ilmiga amal qiladigan, ortiqcha dunyosidan xayru ehson qiladigan, behuda
gapdan tilini tuyadigan kishilar naqadar yaxshi kishilardir!
374.
O’z aybini tuzatish bilan ovora bo’lib, odamlardagi ayblarni qidirmaydigan, ortiqha molu
dunyosidan sarf qiladigan, ortiqcha so’zlashdan saqlanadigan va sunnatga amal qilib, bid’atlarga o’tib
ketmagan kishilar qanday yaxshi.
375.
Tamagirlik ulamolarning qalbidagi hikmatni ketkazadi.
376.
Qush ham o’z taqdiri bilan uchadi.
377.
Bu dunyodagi qilgan zulmi o’z egasi uchun oxiratda qalin zulmat bo’lur.
378.
Mo’min kishiga nohaq jazo berilmaydi.
379.
Tangrining bandalari! Tangri hech kimga qiyinchilikni ravo ko’rmaydi. Ammo zulm qilib
birovning mulkini olgan odam uqubat va halokatga mahkumdir.
380.
Ey Tangrining bandalari! Bemorlaringizni davolatinglar, zero, Tangri har bir dardning davosini
ham yaratgan, faqat keksalikning davosi yo’qdir.
381.
Betobligingda seni ko’rgani kelmagan odamni sen borib ko’raver. Senga xayru ehson qilmagan
odamga sen qilaver.
382.
O’nta narsa badanga tegishli sunnatdir:
1.
Mo’ylabni qisqartirish.
2.
Soqol qo’yish.
3.
Misvok tutish.
4.
Burunni suv bilan chayqash.
5.
Tirnoqni olish.
6.
Bo’g’im va kovak oralarini yuvish.
7.
Qo’ltiq yungini olish.
8.
Kindik osti mo’ylarini tozalash.
9.
Najosat maxrajlariga suv sepish.
10.
Xatna qildirish.
383.
Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir.
*
Kechirim so’rash.