Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

suyuq muhitda, 
ya’ni dengiz suvi yoki 
namakobda sovutish 
mumkin. Bu usul, mahsulotni 
texnologik jihatdan qayta ishlash talab etilsa, shundagi- 
na qo‘llanishi mumkin. Masalan, baliq ovlash kemalari- 
da baliqlami sovutish uchun ko‘pincha 
dengiz sovuq
suvidan 
foydalaniladi. Dengiz qirg‘oqlariga yaqin 
joylashgan korxonalarda harorati -3 ° dan -4°C gacha 
bo‘lgan osh tuzining 3—5%li eritmasidan foydalaniladi. 
Ayrim hollarda sovutish samaradorligini oshirish maq- 
sadida sovuq suyuqlikka antibiotiklar va antiseptiklar 
solinadi.
Baliqlarni namakobda sovutish 
- oddiy usullar- 
dan biri, faqat baliqlar kelgusida tuzlash uchun mo‘l- 
jallangan holdagina qo‘llaniladi. Bunda agar havo haro- 
rati 5° dan 20°C gacha bo‘lsa, 80 foiz baliq massasiga 
20 foiz osh tuzi solish tavsiya qilinadi.
Umuman, baliqlar sovutilganda ularda bir qancha 
fizik va biokimyoviy o ‘zgarishlar ro‘y beradi. Jumla- 
dan, muskul to‘qimalarining zichligi birmuncha ortadi, 
to ‘qimalar sharbatining yopishqoqligi ortadi, ma'lum 
miqdorda parchalanish natijasida baliq massasi biroz 
kamayadi, bakteriyalar faoliyati keskin kamayadi, 
biokimyoviy jarayonlaming faolligi susayadi, baliq 
moyining taxirlanishiga barham beriladi, vitaminlar 
parchalanishi to‘xtaydi va h.k. Bulaming hammasi sovu- 
tilgan baliqlaming m a’lum vaqt davomida buzilishiga 
barham beradi va baliqlami sifati buzilmagan holda 
mo‘ljallangan yerlarga jo ‘natish imkonini beradi.
193
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sovutilgan baliqlar sifatiga boMgan asosiy
talablar
Barcha turdagi ovlangan baliqlar savdo korxona- 
lariga turli ko‘rinishda, ya'ni shunday butunligicha, 
ayrim hollarda boshi olingan holda chiqariladi. So- 
vutilgan baliqlar maxsus standart talabiga ko‘ra ulaming 
vazni va uzunligiga qarab: yirik, o ‘rtacha va mayda 
baliqlarga bo‘linadi. Sovutilgan baliqlaming sifati 
asosan ulaming organoleptik ko‘rsatkichlariga qarab 
belgilanadi. Faqat ayrim hollardagina fizik-kimyoviy 
va biokimyoviy hamda mikrobiologik ko‘rsatkichlari 
hisobga olinadi.
Sovutilgan baliqlar navlarga ajratilmaydi. Bashar- 
ti, ular standart talabiga javob bera olsa, bas, yetarli 
hisoblanadi. Baliqlaming jabrasi kulrang - yer rangida 
bo‘lsa, ko‘zi xiralashgan, nordon va chirigan hidli, anal 
teshigi halqasimon shishgan, konsistentsiyasi buzilgan 
bo‘lsa, u standart talabiga javob bera olmaydi, degan 
xulosaga kelinadi va mahsulot sotishga chiqarilmaydi.
Sifatli sovutilgan baliqlaming tanasi toza, o‘zining 
tabiiy rangiga ega, jarohatlanmagan bo‘lishi kerak. 
Shuningdek, jabrasi to‘q qizil yoki pushti rangda
konsistentsiyasi zich, hidi tabiiy, toza bo‘lishi va, 
umuman, salbiy holatlari bo‘lmasligi talab etiladi.
Baliqlarni joylash ishlarida asosan sig‘imi 80 kg 
li yog‘och yashiklardan va 150 1 li bochkalardan 
foydalaniladi. Agar baliqlar 50 sm uzunlikda bo‘lsa, u 
holda sig‘imi 250 1 li bochkalar ishlatiladi. Shuning- 
dek, polimer materiallardan tayyorlangan yashiklardan 
va bochkalardan foydalaniladi. Ular chidamli, yengil va 
gigiyena jihatidan qulay hisoblanadi.
B aliqlarni tashish ishlari asosan maxsus izotermik 
vagonlarda, suv va avtomobil transportlari yordamida 
amalga oshiriladi. Buning uchun ularda havo harorati 
+5° dan -1°C gacha bo‘lishi talab etiladi.
194
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin