Ayniqsa, moyda eruvchi vitamin (A, D)lar hamda E
va K vitaminlar kamroq bo‘lishi aniqlangan. Jumladan,
oriq baliqlarda a vitamin bo‘lmas ekan.
Lekin baliq se-
miz bo‘lsa, bu vitaminlar 0,1-0,9 mg% gacha bo‘lishi
mumkin. A vitaminga nihoyatda boy (160-490 mg%)
bo‘lgan organ jigar hisoblanib, u ayrim dengiz baliqlari
orasida (treska, makrurus, okun, skumbriya, akula va
h.k.) salmoqli o‘rin egallar ekan.
Tibbiyotda treska
balig‘i moyidan keng foydalaniladi.
Suvda eriydigan vitaminlardan B, B,, B2, B6, Bs, B(
guruhlari hamda N, C, RR pantoten kislotasi va inozit
kabilar ham uchrar ekan. Baliq go‘shti uzoq saqlansa,
iming tarkibidagi vitaminlarda ayrim o ‘zgarishlar yuz
berib, uning mazasi, rangi,
hidi va biologik qiymati
o ‘zgarar ekan.
Ferm entlar - biologik katalizator hisoblanadi, oqsil,
uglevod, yog‘ almashinuvida kimyoviy jarayonlami
tezlashtiradi. Fermentlar faqat tirik baliqlar organizmida
boiadi. Shuning uchun ham ular baliq to‘qimasi tarki-
bidagi ayrim moddalaming almashinuvida, parcha-
lanishida va tiklanishida faol qatnashadi.
Suv - baliq go'shtida
erkin va b o g iiq holda
boiadi. Erkin holdagi suv ikki xil: 1. T arkibiy-erkln
va 2. Imm obil formada uchraydi. Birinchisi asosan
hujayralararo bo‘shliqlarda uchraydi va u qon hamda
limfa tarkibiga ham kiradi. U baliq tanasida o ‘rtacha
5-10% boiishi mumkin. Ikkinchisi - baliqning tanasida
65-70% b o iib , hujayra membranalari
oraligida,
mikropora va mikrokapillyarlarda uchrashi aniqlangan.
U baliq to‘qimalarida osmotik bosim va adsorbsiya
hisobiga saqlanar ekan. Umuman, baliq go‘shtidagi
suv miqdori uning oziqaviy qiymatiga bog‘liq bo‘ladi.
Binobarin, baliqlar muzlatilsa, qaynatilsa, qovurilsa,
quritilsa, tuzlansa, uning
tarkibidagi suv miqdorida
ko‘plab texnologik o‘zgarishlar yuz beradi.
190
www.ziyouz.com kutubxonasi