G o‘sht konservalari
Go‘sht konservalari iste'mol uchun tayyor holda
bo‘lgan, asosan go‘sht va go‘sht mahsulotlaridan ye-
tishtirilgan, maxsus idishlarda qadoqlangan oziq-ovqat
hisoblanadi.
Konserva maxsus idishlarda germetik yopilganligi
va sterilizatsiya qilinganligi uchun bu mahsulotlaming
sifati sezilarli darajada o ‘zgarmagan holda uzoq vaqt
saqlanishi mumkin.
Go‘sht konservalari nihoyatda to'yimli va sifatli ov-
qat hisoblanadi. Ulami tayyorlashda go‘sht tarkibidan
suyak, kemirchak, pay va iste’mol uchun yaroqsiz
qismlar olib tashlanadi.
Kuzatishlardan ma'lum bo‘lishicha, 100 g go‘sht va
kalla-pocha konservasida 250-350 kkal, go‘sht-o‘sim-
lik konservalarida 138-144 kkal bo‘lar ekan. Konser-
valar tayyorlash jarayonida ayrim vitaminlar (v2 va rr)
saqlanib qolsa, ayrimlari (v, va s) yo‘qolar ekan.
Umuman, hozirgi vaqtda yuzdan ortiq turli go‘sht
konservalari ishlab chiqarilmoqda.
G o‘sht konservalarini ishlab chiqarish tartibi quyi-
dagicha:
72
www.ziyouz.com kutubxonasi
• Xom ashyoni tayyorlash, unga ishlov berish;
• G o‘shtni bo‘laklarga bo‘lish;
• Banka ichidagi havoni chiqarish;
• Banka og‘zini germetik holda yopish va tekshirib
ko‘rish;
• Sterilizatsiya qilish;
• Navlarga ajratish;
• Sovutish;
• M a'lum haroratda saqlash;
• Sterilizatsiya to iiq boiishini tekshirish shular
jumlasidandir.
G o‘sht konservalarini tayyorlash. Bunday konser-
valar xom go‘shtdan, qaynatilgan, qovurilgan va tuzlan-
gan go‘shtdan tayyorlanadi.
Dimlangan mol go‘shti, qo‘y go‘shti va cho‘chqa
go‘shti konservalari nisbatan keng tarqalgan. Bunday
konservalar xom yoki qizdirilgan yog‘, tuz, piyoz va
dorivorlar solingan holda tayyorlanadi.
Dimlangan mol va qo‘y go'shti konservalarida
kamida 54-56 foiz go‘sht, 8-10 foiz yog‘ bo‘lishi
kerak.
A ’lo navli konservalar I kategoriya semizlikdagi
mol va qo‘y go‘shtidan hamda yog‘dan; I navli konser-
valar esa II kategoriya semizlikdagi mol va qo‘y go‘sh-
tidan qizdirilgan yog‘ qo‘shib tayyorlanadi.
Qovurilgan cho‘chqa, mol, qo‘y go‘shti konser-
valari ilik yog‘ida qovurilganda chiqqan sardakni ustiga
quyib tayyorlanadi. Bunda go‘sht 87 foiz, piyoz aralash
sous 13 foizni tashkil qiladi. Bunday konservalami
hidi, mazasi va rangi qovurilgan go‘shnikiga o'xshash
b o ‘ladi.
0 ‘z suvida qaynatilgan mol go‘shti konservasi.
Ulami tayyorlashda o ‘z suvida oldin qaynatib olingan
go‘shtni bankalarga solib, ustidan yog‘li sho‘rvasi
quyiladi. Bunda go‘sht va yog‘ 72 foiz shu jumladan
73
www.ziyouz.com kutubxonasi
yog‘ 10 foiz bo‘lishi mumkin. Bu konservada dorivor
solib qaynatilgan mol go‘shti hidi va mazasini eslatadi.
Dostları ilə paylaş: |