Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash


K onserva tayyorlash texnologiyasi



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

K onserva tayyorlash texnologiyasi
Konserva tayyorlashda turli xil banka idishlardan 
foydalaniladi. Sanitariya-gigiyena talablariga ko‘ra 
shisha idishlar birmuncha qulay hisoblanadi. Lekin 
ular osonlik bilan sinadi. Ayrim m a’lumotlarga ko‘ra, 
konserva bankalarini tayyorlash uchun oqartirilgan 
yupqa tunuka nihoyat qulay va yaxshi material hisob- 
lanadi.
Oqartirish uchun ishlatiladigan qalayning tarkibida 
qo‘rg‘oshin 0,5 foizdan va margimush 0,001 foizdan 
ko‘p bo‘lmasligi talab etiladi. 
Konserva uchun 
foydalaniladigan tunika bankalar har xil shaklda bo‘ladi. 
Bankalami avtoklavlagan vaqtda hajmi kengayishini 
hisobga olib, ulaming tag tomonida shtampovka qilish 
natijasida ariqcha (goffirovka)lar hosil qilinadi.
Bankalaming sirtqi tomoni konservalar sterillangan- 
dan keyin ham 
loklanishi 
mumkin. Vazelin, serezin, 
lok yoki yog‘li bo‘yoqlar bilan qoplangan bankalar bir 
necha yillab zanglamaydi.
Veterinariya va sanitariya nazoratidan o‘tkazilgan 
har xil semizlikdagi qoramol, qo‘y, cho‘chqa, bug‘u va 
tovuq go‘shtlari go‘sht konservalari tayyorlash uchun 
asosiy xom ashyo hisoblanadi. Bulardan tashqari, 
hayvonlaming qo‘shimcha mahsulot (kalla-pocha)lari- 
dan ham konservalar tayyorlanadi.
Konserva uchun go‘sht tayyorlash. 
G o'sht aso- 
san quyidagicha tayyorlanadi: dastavval go‘sht su- 
yaklardan, qon tomirlardan va pay-chandirlardan 
ajratib olinadi. Ayrim hollarda oldindan pishiriladi 
va porsiyalarga bo‘lib, bankalarga solib berkitiladi,
75
www.ziyouz.com kutubxonasi


so‘ngra bankalaming zich yopilganligi, sterillanganligi 
va navlarga bo‘linganligi tekshiriladi.
Go‘shtni suyak va pay-chandirdan ajratish xuddi 
kolbasa tayyorlashdagi kabi usulda olib boriladi. Go‘sht 
oldindan pishirilganda ancha suv yo‘qotadi. Lekin unda 
quruq moddalar ko‘payadi. Jumladan, qoramol go‘shti 
pishirilganda 23-28 foiz suv yo‘qotadi.
Go‘sht pishirilganda undan qisman 

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin