(texnikaviy) yog‘, vazelin yoki serezin bilan yupqa qi-
lib moylanadi.
Bankalar artilmasdan issiq 0,5-1 foizli ishqor
eritmasi bilan yuvilsa ham bo‘ladi. Bunda ular yashik-
larga joylashtirilib
saqlash
omboriga jo ‘natiladi.
Omborda konservalar yashiklarda yoki yashiksiz
saqlanishi mumkin. Barcha bankalar 1,75—2,5 m ba-
landlikda «piramida» usulida teriladi. Bunda pastki
qatordagi bankalar yog‘och panjaralar ustiga terilishi
mumkin. Shuningdek, yashiklar orasini 0,5 m dan qilib
bir-birining ustiga 8-10 qatordan terish tavsiya etiladi.
Ombor qish vaqtida issiq bo‘lishi uchun yaxshilab
berkitilishi, havo issiq bo‘lganida sovitilib turilishi
lozim. Ombordagi harorat 0° dan +6° gacha va havo
namligi 75-80 foiz b oiishi maqsadga muvofiq hisob-
lanadi.
Dostları ilə paylaş: