baquvvat bo‘lib o'sishlarida muhim omil hisoblanadi.
Mamlakatimizda «sog‘lom avlod>» siyosati yuritilishi
ham bu tadbiming yanada muhimligidan va uni so‘zsiz
amalga oshirish lozimligidan dalolat beradi.
Yosh bolalar ozig‘ida ko‘p miqdorda to‘la qimmatli
oqsil, yetarli darajada aminokislotalar, mineral mod-
dalar, vitaminlar bo‘lishi lozim. Shunga ko‘ra
ular-
ni balanslashtirish maqsadida go‘shtga ma'lum sub-
produktlar, yog‘i olingan va olinmagan sut, sarimoy,
kungaboqar yog‘i kabilami qo‘shish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Bolalar va xastalar oziqlari yuqori darajada mayda-
langan bo'lishi, tez va yaxshi hazm bo‘lish imkonini
beradi. Eng asosiy oziq turlari: buzoq go‘shti, 11
kategoriyali jo ‘ja go'shti, mol jigari, tili va qo‘shimcha
mahsulotlar sifatida: sarimoy, o ‘simlik moyi, sho'rva
va kraxmal,
qovurilgan piyoz, turli dorivorlar va tuz
kabilardan iborat.
Keyingi yillarda ma'lum, zamonaviy texnologik
usullarda turli taomlar (oziqlar), jumladan, 5-7 oylik
bolalar uchun: «malish», «gerku!es», «vini-pux», «mal-
yutka», «bezzubka», «skazka», «nejenka», «detskoye»,
«zdorovye» kabi konservalar ishlab chiqarilmoqda.
7-9 oylik bolalar uchun
maydalangan mahsulot -
bo‘tqa (pyurcobraznie)lari («malishok» va «ptenchik»)
va 9-12 oyli bolalar uchun «yazichok», «butuz» deb
nomlanuvchi mahsulotlar tayyonlanmoqda.
Tcxnologiya talabiga ko'ra «malish» konservasi
mol go'shtidan, «gerkules» - jigardan, «vinni-pux» mol
go‘shti va tvorogdan, «kroshka», «ptenchik» va «butuz»
konscrvalari parranda go‘shtidan, «malyutka» - mol
go‘shti
va mol miyasidan, «bczzubka» jigar, miya va
tvorog aralashmasidan, «malishok» - buzoq go'shtidan,
«yazichok» tildan, «skazka» jigardan, «nejenka» mi-
yadan, «detskoye» jigar va miyadan, «zdorovye» tildan
tayyorlanadi va sotuvga chiqariladi.
H4
www.ziyouz.com kutubxonasi
Oshqozon-ichak kasalliklariga
chalingan bemorlar
uchun «myasnoy» va «pechenochniy» deb nomlangan
pashtetlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ulaming
tarkibida 15-20 foiz sarimoy va 50 foiz - go‘sht, jigar
va o ‘simlik mahsulotlari mavjud. Shuningdek, m a’lum
miqdorda turli dorivorlar bo‘lganligi uchun ular xush-
xo‘r va sifatlidir.
Dostları ilə paylaş: