Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash


Konservalar omborda saqlanganda



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Konservalar omborda saqlanganda 
yiliga ikki 
marta (bahor va kuz oylarida) tekshirib ko‘riladi. Bunda 
konservalaming ostki ikki qatorining buzilganligi 
(ayrim hollarda) aniqlaniladi. Binobarin, ular birinc- 
hi navbatda tekshiriladi. Ayrim yashiklar ochilib 
har bir banka sinchiklab tekshirib ko‘riladi. Bunda 
buzilgan bankalar agar ovqatga yaroqli bo‘lsa, tezlik 
bilan realizatsiya qilinadi, aks holda ulami tekshirib 
cho‘chqalarga yedirish uchun jo ‘natiladi.
Konservalarni saqlash ishlari 
ulaming xiliga, 
texnologik va sanitariya-gigiyena rejimiga, tayyorlash 
va saqlash sharoitiga qarab 1-2 yildan ko‘proq bo‘lishi 
mumkin. 
Sovitish omborlarida 
konservalar 12 oy 
saqlanishi mumkin. Bunda havo harorati 0-2 gradus, 
havo namligi 75-80% bo‘lib, har sutkada havo ikki 
marta almashtiriladi. Agar muzlagan bankalar bo‘lsa, 
ulami 15 gradusda 24 soat davomida eritish mumkin.
Konservalarni tashish ishlari 
ko‘pincha oddiy 
mol-tovar vagonlarida bajarilishi mumkin. Bunda kon- 
servalar yashiklarga joylashtirilgan bo‘lishi lozim.
79
www.ziyouz.com kutubxonasi


Go‘sht va o ‘simliklardan (mevalardan) tayyorlangan 
barcha konservalar qish vaqtida izotermik vagonlarda 
tashiladi. Lekin, bunda konservalami muzlab qolishdan 
saqlash talab etiladi.
K onservalarni organoleptik tekshirish ishlarini 
olib borish talab etiladi. Bunda birinchi galda konserva 
bankalarining shakliga tashqaridan nazar tashlanadi. 
Ulaming zanglagan yoki zanglamaganligi tekshiriladi. 
Hamda pachoq joylari, banka qopqog‘ining chuqur 
yoki qavariq bo‘lganligi holatiga e’tibor beriladi. Ayrim 
hollarda konserva bankasining qopqog‘i biroz chuqur 
bo‘lishi mumkin, lekin barmoq bilan bosganda u o ‘z 
holatini oladi. Bunday holat ba’zan sifatli konservalarda 
ham uchrashi mumkin. Lekin konserva bankasi 
qopqog‘ining juda ko‘p qavarishi banka ichidagi 
mahsulotining buzilishiga bog‘liq bo‘lib, turli xil gazlar 
(H2C, C 0 2 va boshqalar) hosil bo‘lishin natijasida kelib 
chiqadi, bunda ham banka otib yuboradi. Bu holat yuz 
berganda mahsulot sifati pastligi aniqlaniladi.
K onserva sifati buzilishi sabablari - bir qancha. 
Masalan, konserva bankasida qavariq paydo bo‘lishiga 
konserva ichida qolgan yoki zanaglashi natijasida paydo 
boig an teshik orqali tashqaridan havo bilan birgalikda 
mikroblaming tushib rivojlanishi, konservada b o ig an
mahsulot bilan banka devori orasida boradigan kim- 
yoviy reaksiya natijasida H2C paydo boiadi. Ayrim 
vaqtlarda mexanik ta’sirlar ham sabab b o iish i aniq- 
langan. Masalan, bankalaming me'yoridan ortiq to i-
dirib yuborilishi, uzoq muddat muzlatilishi va h.k.lar 
shular jumlasidandir. Binobarin, qavariq paydo b o ii- 
shini aniqlash, tekshirib ko‘rish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi.
K onserva bankasining butunligi - uning ijobiy 
tomonlaridan biri hisoblanadi. Uni aniqlash uchun 
etiketkasi olinadi, banka yuviladi va harorati 80-85 
gradus bo‘lgan suvga 5-7 minut solib qo‘yiladi. Bunda
80
www.ziyouz.com kutubxonasi


agar bankaning biror joyidan havo pufakchalari chiqsa, 
demak, u zich yopilmagan hisoblanadi.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin