Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor



Yüklə 3,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/44
tarix28.11.2023
ölçüsü3,67 Mb.
#168157
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
Yoshlik - 2021 9-10 (2)

“Qarg‘alar”
deb atalgan 
she’rining na nomi va na tasvir yo‘nalishi 
unda gap mehr-oqibat haqida borishini 
anglatadi. Shukrullo she’rda qo‘rqinchli 
mozor va uning tegrasidagi og‘ochlar 
boshiga qo‘ngan qar g‘alarning ko‘ngillar
-
ga titroq solguvchi manzarasini chizadi:
G‘arib oqshom cho‘kdi asta mozorga,
Hatto ma’yus kabi bulutli osmon.
Terak tepasida o‘ltirar qarg‘a
So‘nib qolgan shamning so‘xtasisimon.
Shoirning ruhini bezovta qilib, qo‘liga 
qalam tutqazib, shunday sovuq manzarani 
chizishga undagan narsa
“So‘nib qolgan sham-
ning so‘xtasisimon”
qarg‘a timsolidir. She’rda 
bir-biriga tiriklikda mehr ko‘rsatmay, o‘lgandan 
keyin qo‘rqinchli go‘ristonga ham keladigan 
odamlar qarg‘aga o‘xshatiladi: 
“Ammo o‘lgan-
da-chi, bo‘lib mehribon, Mozorga kelamiz qarg‘a 
singari”. 
Aytish kerakki, bu she’rda badiiy tasvir 
va undan kelib chiqadigan poetik ma’no asosli 
uyg‘unlashtirilgan.
Shukrullo aka izlanishdan bo‘yin tovlama
-
gani, o‘rganishdan qochmagani uchun ham 
bugungi she’riyatga xos tasvir uslubini bir 
qadar o‘zlashtira bildi. Bu hol uning insoniy 
sezim va ruhoniy tuyg‘ularni moddiylashtirib 
ko‘rsatishda yangicha yo‘llar ochganida na-
moyon bo‘ldi. Shoir ba’zi she’rlarida sababni 
ko‘rsatib o‘tirmay, oqibatni tasvirlaydi. Chunki 
u haqiqiy sababni bilish ko‘p hollarda inson
-
ga buyurilmay, faqat Yaratganning o‘zigagina 
ma’lumligini anglab yetadi. Bu xil anglash uni-
ng ko‘ngliga qanoat tuyg‘usini soladi. Shu bois 
“Iz” 
she’rida: 
“Yana bahor keldi! Qolgan umr 
ham O‘tadi sezdirmay, erigandek qor”,
der ekan, 
ko‘klam kelganda, qorning sezdirmay erishini 
inson umrining bildirmay o‘tib borayotganiga 
o‘xshatadi.
Shukrullo qator she’rlarida ijtimoiy ta
-
fakkuri yangilangan millatning sezimlari-
ni, tuyg‘ularini anglashga, buning uchun 
o‘zgalarning hissiyotini ular kabi tuyish va 
ifodalashga intiladi. Bu hol undan shu vaqtga 
qadar o‘z ijodiy tajribasida foydalanib kelgan 
tasvir vositalarini yangilash, ifoda yo‘sinlarini 
tubdan o‘zgartirishni talab qildi. Ma’naviy-ax-
loqiy evrilishlar kesishgan davrning talabini 
to‘g‘ri anglagan shoir she’rlarining ifoda tarzini 
yangilashdan og‘rinmaydi. Quyidagi tasvirlar 
ana shu yangilanishlar mevasi o‘laroq paydo 
bo‘lgan:
Quyosh botib shafaqdan
Olam yonardi go‘yo.
Ayriliqdan, firoqdan
Senga tor bo‘ldi dunyo.
Yig‘lama, ko‘zyoshingdan
Ko‘ksimga tushdi otash.
Olam shafaqdan emas,
Uni yondirgan ko‘z yosh.
Bu o‘rinda shoirning majoz bilan fikrlayot-
gani, borliqni ko‘ringaniday emas, balki tuyil
-
23
adabiy-ijtimoiy jurnal
“Senga hech kim bo‘hton ham 
qilmaydi, Sen hali yolg‘on nimaligin 
bilmaysan, qalbing pok. Sen 
uxlaganingda hech kim seni bezovta 
qilmaydi, Men yig‘lashim kerak-ku” 

www.ziyouz.com kutubxonasi


ganiday aks ettirishga uringani yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. Shoir 
“Rashk”
she’rida: 
“Shaftoli 
gulining rangi oq pushti, Oshiqlar qalbiga endi 
o‘t tushdi”,
deb yozar ekan, misralarda aks 
etgan holatni hamma uchun yagona univer
-
sal hayotiy reallik deb da’vo qilmay, qismda 
butunni, tomchida daryoni aks ettirishga 
urinadi.
Shoir ruhida nafaqat odamlar, balki 
bepoyon olamdagi barcha narsalar zohir 
etgani kabi o‘zini ham hech narsadan ayro 
ko‘rmaydi. Shu bois hech ikkilanmay, da
-
raxtning yaproq larini o‘zi bitgan maktublar, 
ularning sirli shitirlashini esa, dard-u se-
vinchlari sifatida taqdim etaveradi:
Sen meni sog‘insang, daraxtlarga boq,
Yelpingan har yaproq mening xatlarim.
Quloq sol. Kuylagan yaproqmas mutloq,
Mehr qo‘y, u mening sevinch, dardlarim.
Ma’lumki, ijodkor qanday obrazni 
qalamga olmasin, aslida, o‘zini tasvirlay
-
di. Har bir odamga olam boriday emas, 
balki o‘sha odamning holat-u kayfiyati 
ko‘targaniday ko‘rinadi. Nitshe aytmoqchi: 
“Dunyoda mening tasavvurlarimdan o‘zga 
hech narsa yo‘q”.
Shu bois ham insonning 
haqiqat haqidagi to‘xtamlari o‘ta nisbiydir. 
Binobarin, keksa odam nafaqat yoshligi, 
balki bolaligini yozayotganda ham keksalig
-
ini ifodalayotgan bo‘laveradi va aksincha. 
Shukrulloning 
“Kayf”
she’ridan olingan 
quyidagi qatorlarda keksalikdan ozorlangan 
kishining yoshlikdagi go‘zallikni qo‘msagan 
kayfiyati muhrlangan:
Qushlar ovoziga hamohang, hamroz,
Qani chuldiragan tiniq ariqlar?
Qani o‘sha yillar, qani o‘sha yoz?
Nazarimda, qushlar kuylamas, yig‘lar.
Bu parchada yoshligi olislarda qolgan kishi 
holati aks etgan. Shuning uchun ham bir zamon 
bog‘dan o‘tgan qizlar sochining hididan 
mast bo‘lib yurgan ta’sirchan lirik qahra
-
monga bugun qushlarning shodon sayrashi 
yig‘i bo‘lib tuyiladi. Chunki u – qaytmas 
bo‘lib ketgan yillarni qo‘msayotgan o‘ksik 
qalb egasi. She’rda ijtimoiy fojia yo‘q, lekin 
shaxsiy yo‘qotishning juda ulkan va samimiy, 
ortiqcha navozishlardan xoli chin ifodasi bor.
Ayni vaqtda, ko‘pni ko‘rgan oqsoqol shoir 
dunyoning bevafoligi, umrning o‘tkinchiligiga 
kayvonilarcha bag‘rikenglik bilan yondashadi. 
Qalamga olinayotgan tuyg‘ular g‘oyat chi
-
gal, ruhiy vaziyat qaltis, lekin Shukrullo atay 
sodda ifoda yo‘sinini tanlaydi. Hayotning ko‘p 
sinovlaridan o‘tgan tajribali odam sifatida o‘qir
-
manni:
“Dunyo go‘yo qizil yo sariq olma, Bu yax-
shi, yomon deb yonini olma. ...Ko‘ngildagin aytib 
baloga qolma!”
deya ogohlantiradi.
Shoir she’rlarida tabiatni tasvirlar ekan, 
avvalo, odam ko‘nglini, sezimlarini ko‘zda tu-
tadi. Shoir uchun kuz shunchaki fasl emas, u 
inson umrining muayyan bosqichi ramzi. Shu 
bois Shukrullo kuz manzarasi tasviriga kutil
-
magan qo‘shimcha ma’nolar yuklaydi. Kuzning 
tarovatsizgina ko‘rinadigan belgilaridan go‘zal 
joziba, epkinli harorat topadi:
Yaproqlarni to‘kdi ertangi shamol,
Dimoqqa urildi kuzning havosi.
So‘ramasdan kelar ba’zida ne hol?
Boshlanib qoladi tarnov navosi.
She’rda kuzga o‘zbek dehqonining 
nazari bilan qaralganligi uchun yomg‘ir 
bevaqt yoq qanday tuyulgani aks etadi. 
Shukrullo ayrim she’rlarida yilning xazon 
fasli bo‘l mish kuzni inson umrining xa
-
zon pallasiga muvoziy sanamaydi. Uni 
g‘oyat jozibali, tarovat-u husnga to‘la 
bir fursat tarzida tasvir etadi. Zero, na
-
faqat yilning, balki umrning kuzi ham 
o‘ziga xos go‘zallikka to‘la ekanidan 
bo‘lsa kerak, odam ning yashagani sari 
yashagisi kelaveradi.
24
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shoir g‘oyat ingichka bir nigoh bilan og‘och larni 
tark etishga tayyor bo‘lib turgan omonat yaproq-
larni ketayotgan qo‘noqqa o‘x shatadi:
Tizilishib turar kuzgi yaproqlar,
Go‘yo bular yo‘lga otlangan karvon.
Yozgi safarini tugatdi ular,
Bog‘larimda bo‘lib yoz bo‘yi mehmon.
Nekbin tuyg‘uli shoir ketish fasli bo‘l-
mish kuzning tarovati tasviriga hayotga 
muhabbat, kechirilayotgan kundan rozilik 
tuyg‘ularini joylay biladi:
“Bezanish, muhab-
bat, atrof oltin rang, Bir nafas quvonib kim 
olmas bahra? Kuzgi yaproqlarda bir dunyo 
ohang, Go‘yo olam qo‘shiq, rang to‘la sahna”.
Shukrullo ayriliq tufayli chekkan 
chuqur iztiroblarini ham ta’sirchan yo‘sinda 
poetik ifodalay biladi. Chunonchi, shior-
ning 

Yüklə 3,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin