“Bahor kechasi” deb atalgan she’-
rida ko‘klam tunini hech bir ijodkor nazari
ilg‘amagan yo‘sinda tasvirlaydi:
“Quyosh botib ketdi. Bir tutam nuri Varrak dumlariga ilashib qoldi”. Milliy poeziyamizda Toshkent ko‘kla-
mining bundan ham samimiy va koloritli
qilib chizilgan she’riy manzarasi yo‘qdir. Shoir
bu she’rida poetik kayfiyatidan kelib chiqib,
ko‘klamgi tafsillarning hammasi va har birida
go‘zallik, nur, ezgulik ko‘radi va o‘z tuyg‘usini
o‘quvchilarga ham yuqtiradi. She’rni:
“Qanday odam sevmas umr bahorin! Qalblarni bir umr tark etma, sevgi!” − tarzidagi da’vat bilan tuga-
tadi. Bu ifodada yalang‘och chaqiriq bo‘lmagani
uchun ham o‘quvchiga kuchli ta’sir qiladi.
Shukrullo ko‘p qirrali shaxsiyat egasi edi.
Demakki, uning ijodi ham serqirra bo‘lgan.
Adibning dostonlari, romanlari, publitsistik
maqolalari, esselari, son-sanoqsiz suhbatlari
atroflicha ilmiy tahlilga munosib. Biz otaxon
shoirimizning birgina she’riyati yuzasidan o‘z
qarashlarimizni bayon etdik. O‘ylaymizki, um
-
rining so‘nggi daqiqasiga qadar faqat Haq va
xalqni degan, har qanday sharoitda ham adolat
va haqiqatga xiyonat qilmagan ijodkorning
barcha qirralari tadqiq etiladi. Zero, Shukrullo
manfaatga egilmagani, o‘z iste’dodini nafsi
-
ga xizmat qildirmagani bilan Qaysin Quliyev,
Mustay Karim, Rasul Hamzat, Chingiz Aytma
-
tov singari badiiy so‘z gigantlarining hurmatiga
sazovor bo‘lgan, 2015-yili Turk dunyosining yil
odami deb rasman tan olingan yirik shaxsiyat
egasi edi.
Shukrullo ijodini o‘rganish, adabiyot tanuv
ilmi uchun foydali bo‘lganidek, juda uzoq yillar
taqiq va cheklovlar sharoitida yashagan san’at
-
korning bitiklariga xos qirralarni anglab yetish
o‘qirmanlarga yoqimli tuyg‘ular bag‘ishlaydi va
keksa adibning navqiron poetik bog‘i mevalari
-
dan bahramandlik ularda shaxslik tuyg‘ularini
kuchaytiradi. Haq yo‘lida bir asr yo‘l bosgan
shoir Shukrullo shaxsiyati va ijodi bilan avlod
-
larga o‘rnak bo‘lajak.
27
adabiy-ijtimoiy jurnal
Haq va xalqni degan, har qanday sharoitda ham adolat va haqiqatga xiyonat qilmagan ijodkorning barcha qirralari tadqiq etiladi. “ www.ziyouz.com kutubxonasi