Go‘zal
MATYOQUBOVA
1974-yili tug‘ilgan.
O‘zbekiston Milliy
universitetining O‘zbek
filologiyasi fakultetini
tamomlagan.
“Sukunat jarangi” ,
“Uchayotgan yaproq
soyasi” , “Shabada
qirg‘og‘i” nomli
she’riy kitoblari
chop etilgan. “O‘zbek
modern she’riyati”,
“Yoshlar kitobi” ,
“Anor” to‘plamlariga
she’rlari kiritilgan.
tamoman boshqa bir odamga evrilamiz.
Biroq bizning bu mulohazalarimiz Rauf
Parfi shaxsiga tegishli emas. Chunki
Rauf Parfining she’rda hayotdagidek va
hayotda she’rdagidek yashab o‘tganini
tarixiy dalillar tasdiqlaydi.
Rauf Parfi ijodi davomida ozod
insonni kuylab o‘tgan shoirdir.
Uning she’rlarining tarhi, memorial
ko‘rinishi va ichki bezaklari ham
ozodlik, erk, vatan, umumturkiylik
degan yaxlit bir chiziqdan o‘tadi.
Rauf Parfining she’rlarini kuzatar
ekansiz, erk va ozodlik kurashchilari
bo‘lgan jadidlarga bag‘ishlangan
asarlarga tez-tez duch kelamiz.
Shoir dunyoning qaysi burchida
bo‘lmasin, vatan uchun kurashgan,
Ozodlik uchun jon bergan insonlarga
bag‘ishlab asarlar bitadi.
“Rauf Parfi she’riyatining asosiy
mavzusi bu – shaxs erki, Vatan
mustaqilligi va Turkiston, turk
dunyosining birligidir; XX asr turk
odamining abadiy shuurini, keskin
foje ruhiyatini muqaddas turkiy tilda
ifodalashga jazm etgan va murodiga
yetgan jasoratli she’riyatdir”, – deydi
filolgiya fanlari doktori, professor
No‘mon Rahimjonov “Sakina” kitobiga
yozgan so‘zboshisida.
Rauf Parfi xalqning bir bo‘lagi sifatida,
olov ichida turib olov haqida she’r bitgan
shoirdir.
40
TADQIQOT
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mana shoirning “Vatan haqida Bernd Iyentshga
maktubim” she’ri:
Vatan haqida senga, Bernd,
Shu maktubni yozayotgan paytim
Tashqarida qor yog‘moqda ezgin-ezgin,
Oppoq-oppoq, lo‘ppi-lo‘ppi. Nelarni yog‘ar qor?
Taxayyul yog‘ar. Taxayyul otiga mingan osmon.
Bernd, bunday yashash axir, ko‘p qiyindir balkim.
Bernd, balkim xastalagan bizni bemavrid
Yigirmanchi asr, deb nomlangan og‘riq.
O‘tinaman, balandparvoz so‘zlar, deb o‘ylama tag‘in,
Ehtimol, yechib tashlashimiz kerakdir qora ro‘molini
dardli xotirotning munglug‘ boshidan.
Bu minbarlarda hayqirib o‘qilgan she’rlardan
keskin farq qiladi: misralarda og‘riq bor, dard bor,
iztirob bor. Go‘yoki shoir olmon ijodkori bilan
hasratlashuv bahonasida Vatanning o‘tmishini,
kechmishini, u haqdagi tushunchalarini she’rga
singdiradi. Bu she’rning tag ma’nosida otlarning
dupuri, odamlarning hayqiriqlari, tanklarning ovozi
bor. Oppoq, lo‘ppi-lo‘ppi yog‘ayotgan qor ertangi baxtli
va osuda hayot uchun bashoratday taassurot qoldiradi.
Xullas, Vatan haqida hayqirmasdan turib ham go‘zal
va ichkin she’r yozish mumkinligini Rauf Parfining
ushbu she’ri isbotlab beradi.
Rauf Parfi ijodida o‘tgan asr jadidlariga
bag‘ishlangan yoki bevosita ulardan iqtibos keltirib
yozilgan she’rlar anchagina. Shularning o‘ziyoq Rauf
Parfi fikran va ruhan jadidlarga yaqin ekanini, jadidlar
davomchisi sifatida maydonga otilib chiqqanini
anglatadi.
Uning millat dardida yozilgan she’rlarining
har birida o‘zining shoirlik, insonlik e’tiqodiga
qarshi bormagan. Shu bois bularni chin ma’nodagi
qahramonlik va jasorat namunalari deyish mumkin.
Rauf Parfi nima uchun o‘z she’rlarida jadid adabiyoti
va jadid namoyandalariga tez-tez murojaat
qiladi? Avvalo, g‘oyaviy maslakdoshlik, tafakkur
davomchiligi maqomi va qaysidir jihatdan buni
tasavvufdagi uvaysiylikka qiyos qilish mumkin.
Olim Ibrohim Usmonov “Tasavvufda
uvaysiylik yo‘li” nomli maqolasida uvaysiylik
haqida shunday yozadi: “Uvaysiylik
– bir kishining o‘zi zohiran
ko‘rmagan shaxs yoki bir guruh
shaxslardan ma’naviy bog‘lanish
orqali ilm olishi va buning
natijasida paydo bo‘lgan yo‘nalishni
anglatuvchi tasavvuf istilohi,
tariqatlarda sayr-u suluk bir shayx
rahbarligida amalga oshiriladi. Shu
bilan birga, istisno hollarda shayxsiz
ham Haqqa erishish mumkin. Bu
yo‘lga uvaysiylik deyiladi.”
Rauf Parfi ijodda, adabiyot va
millat yo‘lidagi amallarida jadidlar
ruhoniyatiga g‘oyibona bog‘lanishni
kuzatish mumkin.
Shoirning “Abdulhamid
Sulaymon Cho‘lpon” “Usmon Nosir”,
“Ona Turkiston”, “Abdurauf Fitrat”
kabi she’rlari jadidlarga, ya’ni jadidlar
ilgari surgan ma’naviy-ma’rifiy, milliy
g‘oyalarga bag‘ishlangan. Ularning
har birida millatni asrlar davomida
tashvishlantirib kelgan o‘ylar she’rning
o‘q chizig‘idan o‘tadi. Shoirning
“Abdulhamid Sulaymon Cho‘lpon” deb
nomlangan she’ri:
41
adabiy-ijtimoiy jurnal
www.ziyouz.com kutubxonasi
|