Jamoliddin
BADALOV
1989-yili tug‘ilgan.
Farg‘ona davlat
universitetining O‘zbek
filologiyasi fakultetini
tamomlagan.
Respublika yosh
ijodkorlarining Zomin
seminari ishtirokchisi.
Tushlarimda
shovullar chinor...
Onam
Kelgunimcha yo‘l qarab,
Uyqusi o‘chgan onam.
Yarim tunmi yo sahar
Darvoza ochgan onam.
O‘lim – qisqa judolik,
Jovdirab jannatda ham
Bolam qani, Xudo, deb,
Darvoza ochgan onam.
Qanisan?
Kalta kiyib, lak qo‘yar dunyo,
Ko‘ylagi uzunim, qanisan?
Tillaman deb nak urar kimyo,
Qo‘llari uzugim, qanisan?
Bir zamon, bir vaqtlar ketgandim,
Qo‘lingni siltablar ketgandim,
Chaqirsang, ildamlab ketgandim,
Ovozi huzunim, qanisan?
Yosh edim, sho‘x edim, hovliqqan,
Yuragim zo‘riqqan, zoriqqan.
Yo‘l qarab ko‘zlarim toliqqan,
Ko‘zlari suzugim, qanisan?
Ko‘z tashlar do‘st-dushman nonimga,
Do‘st-dushman po‘st tashlar yonimda,
Hammasi yodimda, yodimda...
Jonimga kuyugim, qanisan?
Kiftimda shaytonmi bo‘ylagan?
Kaftida oltinmi o‘ynagan?
Oltinni oldimmi, o‘ylamay?..
So‘zlari tuzugim, qanisan?
Hayotim xattingdek qisqadir
Kiprigi uzunim, qanisan?
Odamdek yashashni istardim…
Hammadan luzumim, qanisan?
www.ziyouz.com kutubxonasi
45
adabiy-ijtimoiy jurnal
Maxtumquli – Haq qulin
Hiyla bilan yengdi Xon.
Yulib ketdilar gulin,
Gulira’no – Menglixon.
“Dedim: – Mohitobonim!
Dedi: – Go‘yo Menglixon!”
Ko‘zasi ketdi oqib,
Daryoda qalqib ketdi.
Menglixonni yuz otliq
Saroyga olib ketdi.
“Dedim: – Qo‘yding armonga,
Dedi: – Ko‘ngildur vayron”.
G‘aflatda qoldi qizlar,
Na dodga ulgurdilar.
Sho‘rlik yigitni izlab,
Qishloqqa yugurdilar.
“Dedim: – O‘larman endi,
Dedi: – Qolarsan omon”.
Manglaydagi bitikda
Har bandaning a’moli.
Keltirdilar yigitga
Menglixonning ro‘ymolin.
“Dedim: – Kipriklaring o‘q,
Dedi: – Qoshlarim kamon!”
To‘lgani shu paymona,
Ro‘yo desa, rostdirkim.
Mushtin siqib, ro‘ymolni
Lablariga bosdi jim.
“Dedimki: – Libos kiymish,
Dedi: – To‘ni zarafshon!”
Boshdan qum sochdi sahro,
Amudaryo to‘lg‘ondi.
Ko‘rib qo‘y, beor dunyo,
Yig‘ladi mard o‘g‘loning!
“Dedim: – Tovus na joydan?
Dedi: – Joyi Hindiston”.
Judo bo‘lib yoridan,
Elkezar oshiq qoldi.
Hasratidan, dog‘idan
Bir mungli qo‘shiq qoldi.
“Dedim: – Undan ber manga,
Dedi: – Istarmish bejon”.
Bu dunyoning koriga
Bardosh berar jonim yo‘q.
Menglixonning holidan
So‘z aytgali holim yo‘q.
“Dedim: – O‘lim bor senga,
Dedi: – Senga ham farmon!”
Hijroningda o‘ldim-ay!
Yoshim artsam, yengim qon.
Kimga cho‘ri bo‘lding-ay!
Mungli xonim, Menglixon!
“Dedim: – Endi ketarman
Dedi: – Ketsang – bor omon!”
Savol
Yodingdami paxta, Yozyovon?!
Eslaysanmi eski shiyponni?
Shtab, qizlar, qiy-chuv, to‘polon,
Dala-dashtlar yodingda bormi?
Mo‘yqalamda chizilgan shafaq,
Bilqillagan dala yo‘llari.
O, o‘shanday zarif manzara
Hayotimda qaytib ko‘rmadim!
Tutqatorlar qolganmi hozir,
Tebranarmi tunda shuvoqlar?
Olis-olis yoqlarda yonib,
O‘charmikan milt-milt chiroqlar?
Esingdami, balog‘at fasli,
Qizil boshmoq, sariq ko‘ylaging.
Qo‘ytikandan ayiqcha yasab,
Etagingga solib qo‘yganim...
Quvonchimga qorishiq g‘ussa,
O‘ttizimda sochim oqardi.
Birov seni uchratdim desa
Ishongisi kelmas odamni.
Men nahotki aqldan ozdim,
Haqiqatan bormiding, nigor?!
O‘sha kunlar bo‘lganday rostdan
Tushlarimda shovullar chinor...
Menglixon qissasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
46
TALABANING KO‘NGIL DAFTARI
Til – millatning ruhi, ko‘zgu
-
si, g‘ururi!
Ko‘chalarda qator tizilgan
ovqatlanish shaxobchalari,
do‘konlar, go‘zallik salonlari,
barcha-barchasining nomi chet
tilida. Nega? O‘z tilimizdan
shunchalik or qilamizmi? O‘z
yurtimizda chiqayotgan avtoulov
nomlari biz tushunmaydigan
so‘zlarda. Nima uchun? Bizning
tilimiz shunchalik qashshoqmi
-
diki, hatto o‘z mahsulotimizga
ot qo‘ylmasak? Birgina Toshkent
shahridagi mashshur dam olish
markaz larini eslaylik: “Next”
– (keyingi) degan ma’noni an-
glatadi; “Mega planet” – “katta
sayyora” (mega – katta, planet –
sayyora); “Media park” – (omma-
viy axborot vositalari maydoni).
Bu manzillarni o‘zbek tilida nom
-
lashsa, odamlar borishmaydimi?
Unda nega “Samarqand darvoza”
Nega o‘z tilingizda
gapirmaysiz?..
Dostları ilə paylaş: |