49
adabiy-ijtimoiy jurnal
Bekatda avtobusni kutib turgandim... Avtobus
kutibmi yoki boshqa biron sabab bilanmi yonimda
ikki nafar o‘zbek suhbatlashib o‘tirar edi. Biri faqat
o‘zbekcha so‘zlar, ikkinchisi esa har ikki gapning biri
-
da “зачем, зато, где, причом, дальше, дальни...” kabi
so‘zlarni ishlatardi. Biroq ruscha so‘zlarni ham to‘g‘ri
talaffuz qilolmayotgandi.
Ammo yonidagi o‘zbekchani maromiga yetka
-
zib so‘zlayotgan suhbatdoshining oxirgi so‘zlari tar
-
sakidan ham battar bo‘ldi:
– Men o‘n besh yildan buyon Moskvada edim...
Har kuni o‘zbek tili yodimdan chiqmasligi uchun
o‘zbek tilida kitob o‘qidim.
Mening anglaganim: uyg‘oq yuraklarda Ona
Vatan ham, ona tili ham hech qachon unutilmas
ekan.
Avtobusim keldi. “Assalomu alaykum”, – deb hay
-
dovchiga salom berib, o‘rindiqqa o‘tirdim.
Dostları ilə paylaş: