62
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
qayrilib qaramas, go‘yo unutgandek, uzoq-uzoqlarga termulib
nuqul ko‘z yosh to‘kadi. Otasi jahl otiga mingan. Lekin otasining
tushunarsiz nafratga to‘la gaplarini onasi tinglab o‘tiraveradi.
Birgina tushungani “majruh... qanday tarbiyalaymiz...”
degan gapini eslab qolgan. Demak, ularni qayergadir olib
borishmoqchimi? Er-xotin baqirishib urishib ketishadi.
Kerakmas, kerakmas... ota-onasining gaplaridan g‘ira-shira
esida qolgani shu... Kim kerakmas, nima kerakmas?
“
Nomard!
”
degan chinqiriqdan hushdan ketgan va bir noma’lum joyda
ko‘zini ochganini biladi. Uni akasi aravaga solib ko‘chaga
chiqib
ketgan. Shu zahotimi, yoki oradan oylar, yillar o‘tdimi – buning
farqiga bormaydi. Bir necha kun daydib yurib, o‘zining dardga
chalingani-yu, akasining koyinishlarini anglab turibdi, xolos.
Qiz tun zulmatiga beparvo tikilib o‘tiribdi, hamon hech narsani
anglamas, quloqlari ostidan akasining
alamzada ovozi jaranglab
turar, tobora borliq xiralashib qorong‘ilikka g‘arq bo‘lmoqda. Ular
izlayotgan binoning qarshisida
to‘xtashdi, ichkaridan chalingan
ovozlar bolaning nochor qalbiga
umid urug‘larini sepdi. Bola
singlisining mayin, ozg‘in
qo‘llarini kaftlari orasiga olib
o‘pdi. “Sabr qil, Zahro. Axiyri
dorixonani topdik. Hozir tezda
olib chiqaman,
faqat uxlab
qolmagin… Agar uxlab qolsang,
sendan xafa bo‘laman-a”, dedi
mehr bilan tikilgan ko‘yi.
Dorixonadan chiqib
kelgan er-xotinning shovqini
tun sukunatini uyg‘otib
yuborgandek bo‘ldi. Ular
o‘n-o‘n besh qadam narida
turgan bolalarni ko‘rishmadi
hisob, dunyoni unutgan holda
qo‘ltiqlashgancha o‘z yo‘llariga
ravona bo‘lishdi. Bola toshdek
qotgan oyoqlarini zo‘rg‘a sudrab,
eshik tomon yurdi. Ichkari
issiqqina ekan,
bolaning vujudi
biram yayrab ketdi. Bir lahzada
butun azoblar unutilgandek
bo‘ldi. Qo‘llarini bir-biriga
ishqay-ishqay dorilarga bir qur
nazar soldi, go‘yo dorilar ko‘ziga
najotkor mo‘jizadek tuyuldi.
Oyna ortidagi oq xalatli ayol
ekrandan diqqatini uzib bolaga
qaradi. Bolaga nigohi tushishi
bilan
kiyim-boshi kir-chirligidan
ochiqchasiga ijirg‘andi.
– Xo‘sh, senga nima kerak?
Bolaning vujudini titroq
egallab, tili bazo‘r aylandi.
– Menga dorilar kerak,
singlimning ahvoli og‘ir. Tunda
kasali qo‘zg‘ab qoldi, hammayoq
yopiq ekan, izlab shu yerni
topdim. Bizni hech kim qabul
qilmayapti. Qaramasangiz,
o‘lib qoladi, undan bo‘lak hech
kimim yo‘q.
www.ziyouz.com kutubxonasi
63
adabiy-ijtimoiy
jurnal
Ayolning ensasi qotdi:
– Qiziq bola ekansan-ku, dorining
nomi bormi? Bilmasang, qanday topib
berishim mumkin.
Bu gapdan bolaning eti uyushib
qoldi.
– Z-zzahro bbeshush, – dedi
duduqlanib, – o‘zini bbbilmay yotibti,
dorilarni ichmasa o‘lib qoladi, nomi
esimda yo‘q.
Ayol hayron,
bu bola jinni-pinnimi,
yoki meni kalaka qilyaptimi deb o‘yladi.
– Loaqal nomini ayt...
– Iltimos, Zahroni qutqaring, o‘lib
qolishini istamayman. U ko‘chada...
Ayol bolani chindan ham kalaka
qilyapti deb o‘ylab, uni xonadan haydab
chiqardi.
Bola kattalar tomonidan har doim
itqitib tashlanayotganidan xo‘rligi
kelib nariroqda turgan aravachadagi
singlisiga bir dam tikilib turdi-da,
mung‘ayib u tomon yurar ekan,
yana “hoy nomard!” deya qichqirdi.
Zo‘rg‘a o‘tirgan Zahro bu qo‘rqinchli
hayqiriqdan bir titrab “voh”
dedi-yu
o‘zini yo‘qotdi. Bola yugurib kelib
singlisining qo‘llarini ushlaganida
ichidan nimadir uzilgandek bo‘ldi.
Qo‘llari muzdek, boshi yoniga osilib
qolgan. Bola bariga tushundi.
Shunda
ko‘zlari duv yoshga to‘ldi. Singlisining
yuzlarini ohista silab-silab, yana
hayot onlarini ko‘rishni istar, bino
ichkarisidagi dorilar uni qutqarib qolishi
mumkinligi haqida o‘ylardi. Shunda
birdan qoni olovdek qaynadi. Oyna
orqasida ko‘rinib turgan “dushman”ni
uzoq kuzatib g‘azab otiga mindi.
Paypaslab mushdek toshni topib,
mahkam changallagancha oyoqqa turdi.
Endi uning vujudini qo‘rquv tark etib,
shiddatli g‘azab qamrab olgandi. Eshik
ochildi, tun allamahalida ayolning jon
talvasasida chinqirganini hech kim
eshitmadi.
Dostları ilə paylaş: