Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor



Yüklə 3,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/44
tarix28.11.2023
ölçüsü3,67 Mb.
#168157
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44
Yoshlik - 2021 9-10 (2)

Nazar
ESHONQUL
Milliy adabiyotdagi har bir ijodiy 
hodisaning sababini tashqi omillardan 
emas, avvalo, shu milliy zaminning 
o‘zidan, real voqelikdan, zamona 
ehtiyojlaridan izlamoq darkor... Bu 
tamoyillar, ayniqsa, Nazar Eshonqul 
ijodida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 
Muallifning “Maymun yetaklagan 
odam” va “Muolaja” asarlaridan tortib 
“Bevaqt chalingan bong”, “Istilo”, “Tobut” 
hikoyalarigacha 
– 
barchasi ifoda va talqin 
yo‘sini jihatidan o‘zbek adabiyotida yangi 
hodisa bo‘ldi.
Umarali NORMATOV
64
“YOSH KITOBXON” YON DAFTARI
www.ziyouz.com kutubxonasi


BULGAKOV
Mixail 
Bulgakov saxiy iste’dodida, 
ehtimol yozuvchining butun 
adabiy faoliyati davomidadir, uch 
turdagi iqtidor – satirik iqtidori, 
fantast iqtidori va o‘ta aniq 
psixologik tahlilga suyangan realist 
iqtidori qo‘shnichilik qilib, bir-
biridan ustunlikka erishish uchun 
bahslashib kelgan, desak xato 
bo‘lmaydi. 
Konstantin SIMONOV
65
“YOSH KITOBXON” YON DAFTARI
Mixail Bulgakov faqat rus adabiyotida emas, 
balki jahon adabiyotida ham munosib o‘ringa ega 
buyuk yozuvchilardan. 
Mixail Afanasevich Bulgakov 1891-yili 
Ukrainaning Kiyev shahrida tug‘ilgan. 1916-
yili Kiyev universitetining Tibbiyot fakultetini 
tamomlagan. 1925-yili adibning ilk to‘plami 
– “Iblisnoma” nashr etilgan. Bu to‘plamda 
jamlangan hajviyotlari o‘sha davr matbuotida 
katta shov-shuvga sabab bo‘ladi. “Oq gvardiya” 
tugallanmagan romani mavzuyi asosida 
“Turbinlar kuni” pyesasini yozadi. Bu pyesada rus 
ziyolilari kayfiyatidagi keskin o‘zgarish, “oqlar” 
harakati g‘oyasi, muhojirlik yo‘lining samarasizligi 
aks etgan. “Zoykaning uyi”, “Baxmal orol” 
komediyalarida Bulgakov yangi iqtisodiy siyosat 
tarafdorlarining turmush va axloqini mazax 
qiladi, biqiq teatr muhitidagi urf-odatlar ustidan 
kuladi. 20-yillar oxirida rus adabiy tanqidi 
Bulgakov ijodini salbiy baholaydi, uning asarlari 
nashr etilmaydi, pyesalari teatr sahnalaridan 
olib tashlanadi. 30-yillar boshlaridan Bulgakov 
teatrda rejissyor yordamchisi bo‘lib ishlaydi, 
Gogolning “O‘lik jonlar” (1932) asarini 
sahnalashtiradi. 30-yillardan umrining oxirigacha 
Bulgakov “Usta va Margarita” romani ustida 
ishlaydi (1966

67-yillarda nashr etilgan). Bu 
asar 1987-yili Qodir Mirmuhamedov tomonidan 
o‘zbek tiliga tarjima qilingan. “Usta va Margarita” 
romani bilan Bulgakov dunyo romanchiligini 
bir pog‘ona yuksaltirgan. “Yoshlik” jurnalida 
bundan roppa-rosa 30 yil oldin (1989-yil 12-son) 
Hojiakbar Shayxov va Gulchehra Nishonovalar 
tarjimasi bilan “Ityurak” qissasi o‘quvchilar 
hukmiga havola etilgan. 
Adib 1940-yili vafot etgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


* * *
Atirgulning qatlarida
Titrab turgan, shabnam – Sog‘inch
Nafasimdan hasratimdan 
to‘kilmasmi, to‘kilmasmi?!
Oshiq ahli, javob aylang,
sizlarning ham qismatingiz to‘kismasmi?!
Tongni kutgum, bir musaffo tongni kutgum,
Inonganim kelg‘usi bir onni kutgum
Qulog‘iga azon aytgan Tangri azal,
Ishqim haqqi boshimni man baland tutgum.
Subhidamda quloq osdim shiviriga,
Maloiklar kuylamishdir bizning haqda.
Qo‘rg‘on qadar mustahkam shul irodamni
Toblamish-chun yuborilmish musibatlar.
Egilganim singanimmas, ay g‘animim,
Qaddim shamshod, boshimni man baland tutgum
Atirgulning qatlarida saqlab yoshim
Inonganim kelg‘usi bir onni kutgum.
Bir musaffo tongni kutgum....
Tun
Kunduzlar nuradi tunning ustiga 
Quyosh yulduzlarga ketdi bo‘linib
Qay zamon dog‘ tushdi oyning husniga
Mug‘anniy qo‘lida soz qotib qolgan
Azador holda ham yig‘lolmadi tun
Bo‘g‘zida alamli so‘z qotib qolgan
Oqizib ketadi domiga girdob
Xayollar quyunday kelar bostirib
Mum tishlagan ko‘yi turar iztirob
Ta’biri teskari tushlar uyg‘onsin
Tirilsin tomoqqa tiqilgan so‘zlar
Aksi, bo‘g‘zing bilan barobar yonsin
Siniq nurlarini yiqqancha mag‘rur
Kechaning bag‘riga o‘t yoqar nogoh
Kunduzni orqalab kelgan oppoq nur
– Tong
66

Yüklə 3,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin